Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

Boshqarish
 - o’ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu
tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir.  
Boshqarishdan maqsad - 
muddao, maqsad, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq 
uchun ko’zda tutilgan mushtarak orzularning amalga oshishidir. Maqsadning ilmiy 
asoslanganligi muhimdir, shunga ko’ra:
boshqarish funksiyalari; boshqarish usullari; boshqarish strukturasi;
lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash muhim masalalar hal 
etiladi.
Zamonaviy boshqaruvda rahbar salohiyati yuksak bo’lmog’i lozim. 
Boshqaruv uslubi rahbarning individual xususiyatlaridan kelib chiqadi. Lekin shu 
bilan birga boshqarish qonunlari, tamoyillari, rahbarlarga bo’lgan umumiy talab
jamoadagi sotsial-ruhiy (ijtimoiy-psixologik) muhit kabi obyektiv omillar ham bor.
Bundan tashqari, psixologiyadagi qator psixodiagnostik uslublar, konkret 
metodikalar ham borki, rahbarning ish stolida ulardan eng qulay va ishonchlilari 
turishi, inson faoliyatini to`g`ri tashkil etishga bevosita aloqador bo`lgan allomalar 
va taniqli arboblarining asarlaridan ham bo`lishi uning ishiga faqat ijobiy tapsir 
ko`rsatadi. Bir qator taniqli psixolog-olimlarning mashhur asarlari va ularning 
insonlar bilan muloqotda bo`lish san’ati har bir mutaxassisning o`z ishini tashkil 
etishida ko`makchi bo`lishi mumkin.
2. Boshqaruv psixologiyasida
motivlashtirish va ehtiyoj. 
  
Oldingi mavzularda to`xtalib o`tganimizdek, motivatsiya - biror ish yoki 
harakatning yuzaga kelishiga sababchi bo`lgan motivlar, dalillar baholar, vajlar 
yoki sabablar majmui ma’nosida talqin etiladi. Bu tushuncha bevosita inson omili 
bilan chambarchas bog`liqdir. Shu nuqtai nazardan: 
motivlashtirish 
- bu ruhiy 
omil bo`lib, shaxs faolligining manbai, sababi, dalili va har xil turli ehtimollaridir.
Boshqaruv 
psixologiyasida 

xodimlarni 
jonli 
mehnat 
faoliyatiga 
rag`batlantiruvchi kuchli vositadir. Boshqacha qilib aytganda, motivlashtirish - bu 
kishilar faoliyatini ruhiy yo`llar bilan maqsadga muvofiq yo`naltirishdir. U 
muayyan ehtiyojni qondirish bilan bog`liq. Ehtiyoj esa sabablarda namoyon 
bo`ladi. Inson tirik jon sifatida ovqat yeyish, uxlash, dam olib o`z kuchini tiklash, 
o`zini issiq-sovuqdan asrash ehtiyojlariga ega. Mazkur ehtiyojlar moddiy, ya’ni 
kiyim-kechak, oziq-ovqat, turar-joy va boshqalar shaklida ifoda etiladi. Insonning 
103
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, 
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 369.


187
moddiy ehtiyojlari bilan birga ijtimoiy ehtiyojlari ham borki, bularga bilim olish, 
madaniy saviyani oshirish, malaka, mahoratga ega bo`lish va sog`lom hayot 
kechirib, uzoq umr ko`rish kiradi. Aytilgan ehtiyojlar moddiy shaklga ega 
bo`lmagan har xil xizmatlar ko`rsatish orqali qondiriladi. Umuman, ehtiyoj - 
odamlarni harakatga intiltiruvchi, qo`zg`atuchi motivdir. Ehtiyoj qat’iyan 
tabaqalashgan bo`ladi. Ya’ni, u kishilarning: odati, didi, ruhiyati, yoshi, jinsi, 
oilaviy ahvoli, millati, mehnati, yashash sharoitlari va hokazolarga ham bog`liq 
bo`ladi.
Masalan, maktab o`quvchisi bilan talabaning, yosh yigit bilan pensionerning, 
dehqon bilan iqtisodchining ehtiyoji bir xil emas. Hatto kishilarning jismoniy 
tuzilishi ham, ehtiyojlarda faqrlarni hosil qiladi. Aytaylik, gavdasi yirik, devqomat 
kishining ehtiyoji bilan jussasi kichik kishining ehtiyoji bir emas. Eng muhimi 
xilma-xil ehtiyojni qondirish uchun xilma-xil faoliyat va uni muvofiqlashtiruvchi 
boshqaruv talab qilinadi.
Ta’lim sohasidagi aksariyat olimlar maqsadli motivatsiyaga faqat toʻgʻri 
yoʻnaltiruvchi kuch deb emas, balki motivatsiya qudratini oʻlchovchi koʻrsatkich 
sifatida ham qarashadi (Entwistle va Ramsden, 1983). Maqsadli motivatsiyaga ega 
talaba maqsadsiz motivatsiyasiga ega talabadan tubdan farqlanadi. Ushbu 
tushunchalar ilgari oʻrganilgan yondashuvlar bilan oʻzaro bogʻliq boʻlib, ichki va 
tashqi motivatsiya turkumidagi talabalar maqsadli motivatsiyada yuqori yoki past 
natijani qayd etishlari ehtimoldan holi emas.
104
  
Shuni ta’kidlab oʻtish joizki, talaba axloqiy va ruhiy taraqqiyot borasida ichki 
motivatsiyani shakllantirsada, akademik yoʻnalish hisoblanmish insho yozish 
borasida toʻliq ishonch va kutilgan natijani namoyon eta olmasligi mumkin. Demak, 
talabalarda yuqori darajadagi maqsadli motivatsiyani ragʻbatlantirish va qoʻllab 
quvvatlashda muvofiq baholash tizimini yoʻlga qoʻyish muhim ahamiyat kasb etib
ularning ilm olish harakatlarida ijobiy samarani berishda katta rol oʻynaydi.
105
 
Ko`rinib turibdiki motivatsiya jarayoni qandaydir (bilib yoki bilmay orzu 
qilinayotgan) ehtiyojga bo`lgan yetishmovchilikdan yoki qoniqishning yetarli, 
yohud umuman yo`qligidan boshlanadi. So`ngra shu qoniqishga erishish uchun 
maqsad sari harakat qilinadi. Ehtiyojning qondirilish darajasi kishini kelajak sari 
intilishini belgilab beradi. Agar u muayyan narsadan qoniqish hosil qilsa, u holda 
keyingi motiv uni boshqa yuqoriroq ehtiyojga rag`batlantiradi.
Jahon amaliyotida motivatsiya vositasida unumli mehnatga undovchi turli 
nazariyalari mavjud.
104
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry,
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 29.
105
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, 
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 30.


188
Bular jumlasiga:

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling