Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
moyillik
- kishi faoliyatini mahlum zo`r berish yoki kuch bilan majbur etishga, ma’lum harakat qilishi natijasida va ma’lum darajada qat’iyatlilik, halollik bilan maqsadlarga erishishga qaratilgan kuchlardir. Zamonaviy boshqarish ma’rifatli, o`z kasbini keng va chuqur egallagan, yuqori axloq me’yorlariga amal qilishni talab etadi. Ma’rifat va axloq orqali kishilarning iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarini, xulqini o`rganish va tashkilot faoliyatida qo`llash katta muvaffaqiyatlarga olib keladi. 165-rasm Boshqaruv psixologiyasida zamonaviy rahbarga qo`yiladigan talablardan biri shuki, u hozirgi zamon psixologiyasining o`zi uchun ma’qul barcha uslublaridan foydalangan holda, eng avvalo o`zi to`g`risida, qolaversa, qo`l ostidagilarning shaxsi to`g`risida bilimlar va ma’lumotlarga ega bo`lishi kerak. 102 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 367. 185 Ya’ni, ma’lum ma’noda rahbar psixodiagnost bo`lishi, o`z faoliyatida psixodiagnostik metodlarni qo`llay olishi kerak. Chunki, o`zgalar psixologiyasini yaxshi bilish - ular ustidan hokimlikning usuli bo`lgani kabi, o`z shaxsiy fazilatlari va kamchiliklarini bilish, turli vaziyatlarda to`g`ri yo`l tutish zarurdir. Eng avvalo rahbar o`zining boshqaruvchilik faoliyatiga qanchalik loyiq ekanliginginzni aniqlab olishi kerak. Lavozimni egallashdan avval, u quyidagi sifatlarga ma’lum darajada ega bo`lishi lozim: rahbar tub ma’noda realist bo`lish kerak, ya’ni uning barcha harakatlari o`zi boshqarayotgan korxona yoki tashkilot manfaatlariga mos kelib, unga foyda keltirishi lozim; rahbarning umuman odamlar haqida qanday tasavvurda ekanligi, ular to`g`risida nima deb o`ylashi, bu boradagi bilimlari juda muhim. Bu savolga agar u obyektiv, to`g`ri javob topolgandagina, uning o`zi haqidagi fikrlarini taxminan bilish mumkin bo`ladi. Shu kabi savollarga aniq javoblarning bo`lishi dastlabki paytda uning muvaffaqiyati va odamlar bilan ishlab ketishining real asosidir; o`zgalar faoliyati va jamoa ishini yaxlit tarzda boshqara olish, kerak bo`lsa hamma bajarayotgan ishni birgalikda hamma qatori bajara olishga tayyor bo`lishi lozim. Buning uchun u qatg’iy harakatlarga tayyor bo`lishi zarur. Har qanday topshirilgan vazifani oxiriga yetkazish va bundan ma’lum bir qoniqish hissi hosil qilish uchun rahbar o`zida qobiliyat va kuch-quvvat zahirasiga ega bo`lishi shart. Buning uchun: ➢ o`z kuchi, salohiyati va qobiliyatlarini eng asosiy maqsadga qaratish va irodani aynan shunga sarf qilish; ➢ doimo tetik va sog`lom bo`lib, har doim ham ishga yaroqli ekanligini ko`rsata olish; ➢ boshqa xodimlar ham bajara olishi mumkin bo`lgan e’tiborsiz ishlarga qo`l urmay, ularning nazoratiga e’tiborni qarata olish (“delegirovanie”); ➢ yon-atrofdagi boshqa tashkilot va korxonalardagi boshqaruv uslublari haqida ham ma’lumotga ega bo`lib, boshqaruvda ulardan ortda qolib ketmaslikka harakat qilish, korporatsiya usulidan unumli foydalanish. Yuqorida sanab o`tilgan holatlar, albatta, rahbarning o`z ish faoliyatini samarali tashkil etish va dastlabki onlardanoq muvaffaqiyatlarga erishishga yordam beradi. Rahbarlik bu – professional munosabatdir. Rahbarlar talabalari bilan ishlash tarzi urf-odatlar, tajriba va fan turiga ko’ra farqlanadi. Sharqiy Angliya Universiteti (2007), ilmiy izlanish bosqichidagi rahbarlar uchun mo’ljallangan o’zining asosiy tamoyillarida bayon etishicha: “Rahbarlik faoliyati munosabatlardagi to’g’riso’zlik, adolatlilik, javobgarlilik, hurmat, vazifalarga yondashish, talabaning mustaqil ishlay olishi hamda talabaning qiziqishlari ustida ishlash kabi intelektual tamoyillari yordamida boshqariladi”. Rahbar-talaba 186 munosabatlarini umumlashtiruvchi muhokama usullari Taylor va Beasley tomonidan taqdim etilgan (2005). 103 Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling