181
➢
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada atrofdagilar bilan o`zaro bir-
birini tushunish ehtiyoji vujudga keladi.
Muloqotga kirisha olmaslikning asosiy sababi - bu o`zini-o`zi
ortiqcha
yoki past baholash tufayli o`ziga va uni qurshab turgan odamlarga noto`g`ri
munosabatdir. Buning oldini olish imkoniyatlari mavjud bo`lib, asosan
quyidagilarga ahamiyat berish ijobiy samaralar sari yetaklaydi:
hamkorlik
faoliyatida, muloqotlar tizimi orqali muloqot jarayonining
barcha a’zolari o`rtasida insonparvarlik
munosabatlarini tashkil qilish,
emotsional muhitni taqqoslash imkoniyatini yuzaga keltirish;
muloqotda
ichki munosabatlar tizimida har bir a’zoning qulay pozitsiyasini
tahminlashga qaratilgan
tadbirlarni amalga oshirish;
insonning muloqot
xususiyatlari, maromi, usullari, shakllari to`g`risidagi
axborotni egallashga oid maxsus mashg`ulotlarni
uyushtirish;
shaxslararo
munosabatlar va muloqot usullariga mo`ljallangan ishbilarmonlik
o`yinlari, psixodrama, trening tizimini yaratish.
Agar biz suhbatdoshimizni yaxshi, diqqat bilan tinglasak, bu bilan biz unda
o‘zo‘ziga xurmatni xam tarbiyalaymiz.
Demak, tinglash jarayoni ko‘pchilik tasavvur qilgani kabi unchalik passiv
jarayon emas ekan. Uning muloqotning samarali bo‘lishidagi
axamiyati
nihoyatda katta. Chunki tinglash qobiliyati gapiruvchini ilhomlantiradi, uni
ruhlantiradi,
yangi fikrlar, g‘oyalarning shakllanishiga sharoit yaratadi.
Shuning uchun ma’ruzachi professorning xar bir chiqishi va ma’ruzasi agar
talabalar tomonidan diqqat bilan tinglansa, bu
pedagogik muloqotdan ikkala
tomon xam teng yutadi.
Muloqot tashqi ta’sirlar, namunalar asosida o`zini-o`zi tuzatish,
qayta
tarbiyalash, shaxsiy imkoniyatini ruyobga chiqarish uchun puxta zamin
hozirlaydi, komillik sari yetaklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: