Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Identifikatsiya
biologik va ijtimoiy
ko`rinishda bo`ladi. Biologik muloqot nasl qoldirish, organizmni rivojlantirish, himoyalash kabi tabiiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog`liq bo`lsa, ijtimoiy muloqot esa shaxslararo munosabatlarni kengaytirish, mustahkamlash, takomillashtirish bilan bog`liq bo`lgan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida namoyon bo`ladi. Muloqot vositasiga ko`ra bevosita va bilvosita bo`lib, bunda jonli mavjudotning tabiiy organlari yordamida ya’ni qo`li, boshi, tanasi, tovushi yordamida axborot ayirboshlasa – bu bevosita bo`ladi, agar muloqotni tashkillashtirish va ma’lumot almashishda maxsus qurol va vositalardan foydalanilsa– bu muloqot bilvosita deyiladi. Muloqotning yuqorida mulohaza yuritilgan turlaridan tashqari ishbilarmonlik va shaxsiy turlari ham farqlanadi. Ishbilarmonlik muloqoti odamlarning turli xildagi qo`shma mahsuldor faoliyati va mazkur faoliyatining sifatini oshirish vositasi sifatida yuzaga keladi. Shaxsiy muloqot esa shaxs o`zining psixologik muammolariga, qiziqishlariga, ehtiyojlariga, o`z hayotiga, atrofida nimalar bo`layotganligiga bo`lgan munosabatini atrofdagilardan bilishga yo`naltirilgandir. 174 Muloqot jarayonida odamlar bir-birlari bilan ma’lumotlar almashib, o‘zaro ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, balki bir-birlarini to‘g‘ri va aniq anglashga, tushunishga va idrok qilishga harakat qiladilar. Bu tomon shaxsiy idrok va tushunish muammosi bilan bog‘liqdir. Birgalikdagi faoliyat jarayonida shaxslarning bir-birlarini to‘g‘ri tushunishlari va aniq idrok qilishlari muloqotning samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Rus psixologi A.A.Bodalev boshchiligidagi laboratoriya bir-birlarini idrok qilish mexanizmlarini aniqlash borasida qator psixologik qonuniyatlarini kuzatgan. Bunday mexanizmlarga quyidagilar kiradi: identifikatsiya; refleksiya; stereotipizatsiyalar. Identifikatsiya - shunday psixologik hodisaki, bunda suhbatdoshlar birbirlarini to‘g‘riroq idrok qilish uchun o‘zlarini bir-birlarining o‘rniga qo‘yib qo‘yishga harakat qiladilar. Ya’ni, o‘zidagi bilimlar, tasavvurlar, xislatlar orqali boshqa birovni tushunishga harakat qilish, o‘zini birov bilan solishtirish (ongli yoki ongsiz) identifikatsiyadir. Masalan, birinchi marta uchrashuvga ketayotgan yigitning ichki holatini uning o‘rtog‘i yoki akasi tushunishi mumkin. Refleksiya - muloqot jarayonida suhbatdoshning pozitsiyasidan turib, o‘zini tasavvur qilishdir, ya’ni refleksiya, boshqa odamning idrokiga taalluqli bo‘lib, o‘ziga birovning ko‘zi bilan qarashga intilish. Chunki, busiz odam muloqot jarayonida o‘zini aniq bilmasligi, noto‘g‘ri muloqot formalarini tanlashi mumkin. 6 7-rasm Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling