172
yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydalanadi. Agar boshliq ishi tushib,
biror
xodimni xonasiga taklif etsa, u o‘rnidan turib kutib oladi, iltifot ko‘rsatadi, xol-
axvolni xam quyuqroq so‘raydi va so‘ngra gapning asosiy qismiga o‘tadi.
Ta’sirning
adresati
-
ta’sir
yo‘naltirilgan
shaxs.
Lekin
tashabbuskorning suxbatga tayyorgarligi yaxshi bo‘lmasa, yoki adresat
tajribaliroq sherik bo‘lsa, u tashabbusni o‘z qo‘liga olishi va ta’sir kuchini qayta
egasiga qaytarishi mumkin bo‘ladi. Muloqot aniq ijtimoiy
munosabatlar tizimi
orqali belgilanadi. U ijtimoiy ahloq normalari asosida tartibga solinadi.
Muloqotning psixologik vazifalari
turlichadir. Ya’ni:
informatsion vazifa - axborotni qabul qilish va uni tarqatishdir;
regulyativ vazifa - muloqotni tartibga
solish va boshqalar bilan
to`g`ri munosabatni tashkil qilishdan iborat;
signal vazifasining ko`magida katta ahamiyatga ega voqea va hodisalar
haqidagi signalni qabul qilish va uzatish;
nazorat vazifasi - axborotni qabul qilish va
tarqatish jarayoni nazorat
qilinadi; tarbiya qilish vazifasi - muloqot orqali shaxsni shakllantirish
jarayoni bo`lib,
nihoyat darajada muhim omil hisoblanadi.
✓
moddiy muloqot
deganda subyektni dolzarb ehtiyojlarni qondirish
vositasi
sifatida, ayni paytda shug`ullanayotgan faoliyatining mahsulotlari va
predmetlarini ayirboshlash tushuniladi;
✓
kognitiv muloqot
deb shaxslarning hamkorlikdagi
faoliyatida narsa va
hodisalarni o`rganish, ma’lumotlarni bilib olish jarayonida o`zaro bilim
almashinuviga aytiladi;
✓
konditsion muloqotda
psixologik va fiziologik holatlar
ayirboshlanadi. Masalan, shifokor bemorning tushkun kayfiyatini ko`tarishi
yoki
aksincha, ona qizining o`ksinib yig`layotgan holatiga yig`i bilan
munosabat bildirishi;
16
- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: