Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni
. Aslida har bir 
insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, hattoki, 
nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan
muloqotda bo‘lish imkoniyatidan maxrum bo‘lgan odam o‘zida individ 
sifatlarini saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs bo‘la olmaydi. Shuning uchun 
muloqotning shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning 
funksiyalarini tahlil qilamiz.
Har qanday muloqotning eng
birinchi elementar funksiyasi - 
suhbatdoshlarning o‘zaro bir-birini tushunishlarini ta’minlashdir.
Bu 
o‘zbeklarda samimiy salom-alik, ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. 
O‘zbek xalqining eng nodir va buyuk xislatlaridan biri ham shuki, uyiga birov 
kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan kutib oladi, ko‘rishadi, so‘rashadi, xol-axvol 
so‘raydi. Shunisi xarakterliki, ta’ziyaga borgan chog‘da xam ana shunday 
samimiyatli qabulni his qilamiz. Bu kabi birlamchi kontakt usullari boshqa 
millat va xalqlarda ham bor, ya’ni bu jihat milliy o‘ziga xoslikka ega.
Muloqotning ikkinchi muhim funksiyasi - ijtimoiy tajribaga asos 
 
solishdir.
Odam bolasi faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o‘ziga zarur 
insoniy xususiyatlarni shakllantiradi. Odam bolasining yirtqich xayvonlar 
tomonidan o‘g‘rilanib ketilishi, so‘ng ma’lum muddatdan keyin yana odamlar 
orasida paydo bo‘lishi faktlari shuni ko‘rsatganki, «mauglilar» biologik 
mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin ijtimoiylashuvda ortda qolib ketadi. 
Bundan tashqari, bunday xolat boladagi bilish qobiliyatlarini xam cheklashi 
ko‘plab psixologik eksperimentlarda o‘z isbotini topdi.
O‘z-o‘ziga isonch, jamoaviy ishlashga qobiliyat va o‘zaro muloqat 
munosabatlari ayni guruhlarda rivojlanadi va yaxshilanadi. Talabalar habar 
qilishicha, ular o‘z o‘qish usullarini kuzatish, ushbu usullarni ma’lum 
topshiriqlarga moslash va o‘z o‘rganyotgan fani mohiyatiga yanada 
chuqurroq kirishish uchun sharoitni guruh bo‘lib ishlash va boshqa 
ko‘nikmalarning rivoji ta’minlab berdi (Griffiths et al., 1996). Bu oxirga 
hislatlar o‘qishga chuqur yondashuvga zamin sifatida tez-tez tilga olinadi.
95
 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling