Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik talab
Pedagogik ta’sir ko’rsatish
- pedagogik faoliyatda o’quvchilarning ijtimoiyfoydali faoliyatini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda tashkil 91 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, p. cm. p: 91. Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p 161 etishga xizmat qiladigan vositalar tizimidan iboratdir. Bu vazifalar tarbiyalanuvchi shaxsiga qaratilgan bo’lib, o’quvchilarning xulq-atvorini rag’batlantiradi, qiyin va murakkab vazifalarni quvonch, ijodiy zavq-shavq manbaiga, har bir o’quvchining shaxsiy muddaosiga aylantiradi. Talabalar mavzuni mazmuniga tushunishlari uchun ma’ruza toʻgʻri shakllantirilgan boʻlishi kerak. Ma’ruza yoki taqdimotlardagi aksariyat matnlar mavzuning boshlanishi, oʻrta qismi va oxirgi qismini (masalan, ma’ruzaning umumiy jihatini) e’tiborga olishi lozim. Bu jihatlar talaygina ma’ruzachilarni asosiy yondashuvni amalga oshiruvchi jihatlar hisoblanadi. Quyidagi keys stadilar mutaxassislar tomonidan ma’ruzalarni shakllantirish borasida amalga oshirilgan strategiyalarni izohlaydi. Shunday boʻlishiga qaramasdan, ayrim ma’ruzachilar ma’qul topgan ma’ruza strukturalarini talabalar gohida anglamay qolishlari ham mumkin. Bu holat ma’ruzachi mavzuni yaxshi bilsada, undagi mazmun mohiyatni talabalarga yetkazib bera olmay qolishida sodir boʻlishi ehtimoldan holi emas. Shu tariqa talaba asosiy masalani yoki jihatni tushunmay qolishi muammosi tugʻiladi. Brown (1987) talabalarga ma’ruza mazmunini tushuntirishga oid bir necha yoʻllarni ta’kidlab oʻtgan. 92 Pedagogik talab - ta’lim-tarbiya jarayonida ko’p qo’llaniladigan usullardan biri bo’lib, u tarbiyachi va tarbiyalanuvchi orasidagi shaxsiy munosabatlarda individual yondashuvlar namoyon bo’ladi. Individual yondashuvning mohiyati shundaki, u ta’lim tizimida o‘quvchidan o‘quv fani tomonga harakatlanishni taqozo etadi, o‘quvchilarning mavjud imkoniyatlarini inobatga olib, ularni rivojlantirish, takomillashtirish va boyitishga qaratilgan bo‘ladi. Individual yondashuvning zamonaviy yangi talqini quyidagilardan iborat: ✓ o‘rtacha o‘quvchiga yo‘naltirishdan voz kechish; ✓ shaxsning yaxshi xislatlarini izlash; ✓ shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish. SHaxsiy yondashishda birinchi navbatda quyidagilar zarur bo‘ladi: ➢ har bir o‘quvchi qiyofasida noyob shaxsni ko‘rish, uni hurmat qilish, tushunish, qabul qilish, unga ishonish. Pedagogda barcha o‘quvchilar iste’dodli degan ishonch bo‘lishi kerak; ➢ shaxsga yutuqni ma’qullovchi, qo‘llab-quvvatlovchi, xayrixoh vaziyatlar yaratish, ya’ni o‘qish qoniqish va xursandchilikni olib kelishi kerak; ➢ bevosita majburlashga yo‘l qo‘ymaslik, qoloqlikka va boshqa kamchiliklarga urg‘u bermaslik, uning nafsoniyatiga tegmaslik; 92 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, p. cm. p: 61. Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p 162 ➢ pedagogik jarayonda, o‘quvchilarga o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratish va ko‘maklashish. SHaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari ilmiy-texnikaviy taraqqiyot jadallashtirilgan davrda rivojlangan davlatlarda shakllantirilganligini inobatga olgan holda ular chuqur ildizlarga ega ekanligini ta’kidlash to‘g‘ri bo‘lar edi. SHaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar insonning aqliy qobiliyatlarini ochishiga xizmat qiladi Agar inson muntazam tayyor bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga o‘rgatilgan bo‘lsa, uning tabiiy ijodiy qobiliyatini so‘ndirish ham mumkin; u mustaqil fikrlashni «esdan chiqaradi» fikrlash jarayoni muammoli masalalarni echishda a’lo darajada namoyon bo‘ladi va rivojlanadi. Pedagogik bilimlar o‘qituvchi kasbiy mahoratining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. SHunga qaramay, ko‘pgina tadqiqotchilar o‘qituvchining kasbiy tayyorgarlik darajasi, ayniqsa, uning pedagogik bilimlari hozirga davr talablariga 163 mos kelmasligini ta’kidlaydilar. Pedagogik amaliyotdagi ko‘pgina kamchiliklar o‘qituvchining nazariya bilan qiziqmasligi natijasida ro‘y beradi. O‘qituvchilar bilan o‘tkazilgan suhbatlar ularning o‘z faoliyatlarini psixologik va pedagogik jihatdan asoslab bera olmasliklarini ko‘rsatadi. Talabalarda oʻqishga boʻlgan qiziqishni uygʻotish va shakllantirish ta’lim olishga boʻlgan motivatsiyani kuchaytirishi ehtimoldan holi emas. Ma’ruzalarning boshlangʻich qismi eng muhim masala hisoblanib, talabalarni ishontiruvchi va ushbu ma’ruzani eshitishlari kerakligini ifodalaydi. 93 Pedagogik bilimlar pedagogik madaniyat va pedagogik mahoratning muhim tarkibiy qismiga aylanmog‘i lozim, chunki, ularsiz pedagogik ko‘nikmalar shakllanmaydi. Ma’lumki, bilim va ko‘nikmalar o‘rtasidagi dialektik bog‘lanish mavjud. Ko‘nikmalar zamirida bilimlar yotadi, lekin ko‘nikmalar taqlid qilish, o‘rganish mexanizmi asosida, lozim darajada tushunib etmasdan shakllanishi ham mumkin. Boshqa tomondan, ko‘nikmalar bilim manbai hisoblanadi. SHaxsining pedagogik qobiliyati va kasbiy jihatdan shakllanishi muammolari bo‘yicha o‘tkazilgan pedagogik-psixologik tadqiqotlarda “professionalizm” tushunchasi “shaxsning kasb mahorati” sifatida o‘rganiladi. Uning tarkibiga pedagogik faoliyatni amalga oshirish jarayonida shakllangan muhim kasbiy sifatlar hamda shaxsiy kasbiy salohiyatni tashkil etgan pedagogik qobiliyat va mahorat, intellektual, motivatsion, kommunikativlik, kreativlik-ijodiy, perseptiv hamda shaxs dinamizmi ya’ni emotsional-irodaviy irodaviy ta’sir o‘tkazish va mantiqiy ishontira olish) qobiliyatlar kompleksi kiradi. O‘qituvchining professionallik darajasi bir necha omillar bilan bevosita bog‘liq. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling