Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
Birinchidan,
pedagogik faoliyati jarayonida individual xususiyatlarning mavjudligi, ularni tuzatish va takomillashtirish, ikkinchidan, pedagogning ijtimoiymadaniy muhitga singishi, ta’lim-tarbiya jarayonida ijtimiy-madaniy me’yorlari va kasbiy mahoratini namoyon etishi. O‘qituvchining kasbiy professionalizmi - pedagogik mahorati va o‘z kasbiy faoliyatini yuqori saviyada tashkil qila olishni ta’minlovchi, o‘qituvchi-pedagog shaxs xususiyatlarini yig‘indisidir. SHunday muhim xususiyatlarga o‘qituvchi faoliyatining insonparvarlikka yo‘naltirilganligi, uning kasbiy bilimlari, pedagogik qobiliyatlari va pedagogik mahorati (o‘z- 93 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 59. 164 o‘zini boshqara olish ko‘nikmalari va o‘quvchi-talabalar bilan o‘zaro hamkorlik qila olish malakasi) kiradi. SHundan kelib chiqqan holda ta’kidlash mumkinki, o‘qituvchi professionalizmi - bu shaxs va faoliyat sub’ektining murakkab va ko‘p qirrali integral xususiyatlari kompleksi bo‘lib, uning tuzilmasi quyidagilardan iborat: o‘qituvchi professionalizmini tashkil etuvchi yaxlit komponentlar; o‘qituvchi faoliyati va shaxsiga qo‘yilgan me’yoriy talablar bilan belgilangan umumiy yoki tipik xususiyatlar; o‘qituvchi sub’ekt sifatida pedagogik faoliyat va muloqotda namoyon bo‘luvchi individual-psixologik va tipologik xususiyatlari. O‘qituvchining pedagogik professionalizmiga doir ma’lumotlar va tushunchalar bo‘yicha tizimli yondashuv nazariyasi nuqtai nazaridan o‘tkazilgan qiyosiy tahlillarimiz professionalizmining nafaqat mazmun, faoliyat va pedagog shaxsiga tegishli jihatlari, balki uning yaxlit (integral) komponentlarini ham belgilash imkoniyatini beradi. Mazkur komponentlar quyidagilar: ✓ umumiy va maxsus qobiliyatlar; ✓ o‘qituvchi shaxsning pedagogik yo‘naltirilganligi; ✓ kasbiy- pedagogik jihatdan komponentlik; ✓ o‘qituvchi-shaxsning kasbiy muhim sifatlari; ✓ pedagogik faoliyat va muloqotdagi individual uslubiy xususiyatlari; ✓ pedagogik mahorat; ✓ kasbiy-pedagogik tajriba; ✓ kasbiy-shaxsiy va ijodiy slohiyat. Biz har bir komponent o‘qituvchi professionalizmi shakllanishi va rivojlanishining individual xususiyatlari bilan, ya’ni o‘qituvchining o‘z kasbining ustasi bo‘lib etishishiga bevosita ta’sir etadi. Umuman, bu fikrlar hozirgi zamon pedagogika va psixologiyasida ilgari surilayotgan metodologik tamoyillar sub’ekt yondashuvi g‘oyalariga asoslanadi va kelajakda bu muammo yanada chuqurroq tadqiqotlarni talab etadi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling