Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Muloqotning uchinchi muhim vazifasi - u odamni u yoki bu
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
Muloqotning uchinchi muhim vazifasi - u odamni u yoki bu
faoliyatga hozirlaydi, ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan qolgan odamning qo‘li ishga ham bormaydi, borsa ham jamiyatga 95 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 78. 169 emas, balki faqat o‘zigagina manfaat keltiradigan ishlarni qilishi mumkin. Ko‘plab tadqiqotlarda izolyatsiya, ya’ni odamni yolg‘izlatib qo‘yishning uning ruhiyatiga ta’siri o‘rganilgan. Masalan, uzoq vaqt termokamerada bo‘lgan odamda idrok, tafakkur, hotira, xissiy holatlarning buzilishi qayd etilgan. Lekin ataylab emas, taqdir taqozosi bilan yolg‘izlikka mahkum etilgan odamlarning maqsadli faoliyatlar bilan o‘zlarini band etishlari u qadar katta salbiy o‘zgarishlarga olib kelmasligini ham olimlar o‘rganishgan. Lekin baribir xar qanday yolg‘izlik va muloqotning etishmasligi odamda muvozanatsizlik, xissiyotga beriluvchanlik, xadiksirash, xavotirlanish, o‘ziga ishonchsizlik, qayg‘u, tashvish xislarini keltirib chiqaradi. Shunisi qiziqki, yolg‘izlikka maxkum bo‘lganlar ma’lum vaqt o‘tgach ovoz chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu avval biror ko‘rgan yoki xis qilayotgan narsasi xususidagi gaplar bo‘lsa, keyinchalik nimagadir qarab gapiraverish extiyoji paydo bo‘lar ekan. Masalan, M. Sifr degan olim ilmiy maqsadlarini amalga oshirish uchun 63 kun g‘or ichida yashagan ekan. Uning keyinchalik yozishicha, bir necha kun o‘tgach, u turgan erda bir o‘rgimchakni ushlab oladi va u bilan dialog boshlanadi. “Biz, deb yozadi u, shu hayotsiz g‘or ichidagi tanho tirik mavjudotlar edik. Men o‘rgimchak bilan gaplasha boshladim, uning taqdiri uchun qayg‘ura boshladim”. Shaxsning muloqotga bo‘lgan extiyojining to‘la qondirilishi uning ish faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Odamlar, ularning borligi, shu muhitda o‘zaro gaplashish imkoniyatining mavjudligi fakti ko‘pincha odamni ishlash qobiliyatini xam oshirarkan, ayniqsa, gaplashib o‘tirib qilinadigan ishlar, birgalikda yonma-yon turib bajariladigan operatsiyalarda odamlar o‘z oldida turgan hamkasbiga qarab ko‘proq, tezroq ishlashga kuch va qo‘shimcha iroda topadi. To‘g‘ri, bu hamkorlikda o‘sha yonidagi odam unga yoqsa, ular o‘rtasida o‘zaro simpatiya xissi bo‘lsa, unda odam ishga «bayramga kelganday» keladigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun xam amerikalik sotsiolog xamda psixolog Jon Moreno asrimiz boshidayoq ana shu omilning unumdorlikka bevosita ta’sirini o‘rganib, sotsiometrik texnologiyani, ya’ni so‘rovnoma asosida bir-birini yoqtirgan va bir-birini inkor qiluvchilarni aniqlagan va sotsiometriya metodikasiga asos solgan edi. Shunday qilib, muloqot odamlarning jamiyatda o‘zaro xamkorlikdagi faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil etadi. £olaversa, xozirgi yangi demokratik munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda emas, balki kollegial - birgalikda chiqarish extiyoji paydo bo‘lganligini hisobga olsak, odamlarning muomala madaniyati va muloqat texnikasi mehnat unumdorligi va samaradorlikning muhim omillaridandir. Shuni ta’kidlashimiz mumkinki, samarali ta’limda muluqot jarayoni tabiiyki ijtimoiy faoliyat bo’lib, uni biz eng yaxshisi bilimni ijtimoiy va 170 eksperimental tuzishdan o’rgana olamiz (Vigotski, 1978). Agar biz shuni tan olsak, unda biz faraz qilishimiz mumkinki, xar qanday samarali elektron ta’lim dasturni ijtimoiy tarzda qo’llaydi, shuning uchun o’tgan asrni oxiridagi suxbat xonalari qo’llanmasi qaysidir ma’noda bugungi yangirog’ini, ijtimoiy foyjalanuvchi tarafdan boshqariladigan Vebni nishonasi xisoblanadi. Boshqa tarafdan bu katta imkoniyatlar yaratadi, chunki bu bizga doimo bunday turdagi o’’zaro aloqadan o’zimizni chetga olmaslikka yo’l qo’yadi, va ularni kuchini jilovlab, bizni talabalarimiz birgalikda va o’z xollaricha ishlab, biroq o’qituvchi raxnamoligida, biz ularni o’z mavzularini keraklicha tushunishlariga va akademik texnikalarini rivojlantirishga yordam beramiz. 96 Odamlar bir-birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy ko‘zlagan maqsadlaridan biri - o‘zaro bir-birlariga ta’sir ko‘rsatish, ya’ni fikr- g‘oyalariga ko‘ndirish, xarakatga chorlash, ustanovkalarni o‘zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Psixologik ta’sir - bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, xissiyotlari va xatti-xarakatlariga ta’sir ko‘rsata olishdir. Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta’sirning asosan uch vositasi farqlanadi: 65-ra sm Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling