Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

hodisaning qonuniyati
deyiladi. Ularda o’zgarmas 
xususiyatlar va qonuniyatlarning mavjudligi o’zgarishlarni oldindan payqash, 
harakatlarni muvofiq yo’naltirish imkonini vujudga keltiradi.
Borliqdagi jonli mavjudotlarning o’ziga xos tarzda, muayyan 
yo’nalishda, ma’lum darajadagi kuch bilan xatti-harakatni amalga oshirishga 
undovchi ehtiyojlar ular uchun faollik manbai vazifasini bajaradi.
Amerika, Lotin Amerika va Afrika davlatlarida agar o’smir bola gapirib 
turgan bo’lsa, kichiklar uni hurmat qilib eshitishlari va gapini bo’lmasligi 
kerak (TorresGuzman, 1998). Sinfxonada o’qituvchi o’quvchilarning ko’zlari 
unga yo’naltirilmagan (hammagni ko’zlaring menda bo’lsin yoki doskada 
bo’lsin degablaridek) bo’lsa yoki e’tibor berilmayotgan bo’lsa, o’qituvchi bu 
holatni o’qiga bo’lgan hurmatsizlik deb qabul qiladi.  
➢ 
Ijtimoiy masofa farq ma’daniy tarzda turlicha bo’ladi.Ba’zi joylarda 
suhbat bo’layotgan paytda bir-biriga yaqin turish oddiy ma’daniyatdek 
qaraladi;boshqalarida bo’lsa, bir biridan uzoqda turish oddiy hol ko’rinadi 
(Beaulieu, 2004). Agar o’quvchi va o’quvchi turli xil ijtimoiy masofa tanlasa 
muammolar yuzaga kelishi mumkin. Masalan o’quvchi yaqin masofani afzal 
ko’rsa o’qituvchi buning teskarisini xohlasa bu shilqimlikka o’xshab 
ko’rinadi, yoki bo’lmasam o’qituvchi yaqin masofani xohlab o’quvchi 
xohlamasa bu ortiqch rasmiylik yoki ikkilanishdek tuyiladi.  
➢ 
Kutish vaqti madaniy ravishda turlicha bo’ladi.Kutish vaqti bir insonning 
savoli va ikkinchisining javobi o’rtasidagi oraliq hisoblanadi. Ba’zi 
ma’daniyatda kutish vaqti nisbatan uzoq uch yoki to’rt sekund bo’ladi (Tharp 
& Gallimore, 1989). Boshqa birlarida bo’lsa, inson gapini tugatib olishidan 
oldin unga javob berib bezovta qilish (manfiy) oddiy hol sanaladi. Sinfxonada, 
kutish vaqti nisbiy olganda bir sekundni tashkil qiladi; undan keyin o’qituvchi 
boshqa o’quvchiga yuzlanib boshqa savol beradi.Agar oquvchi bir sekunddan 
uzoq o’tib javob bersa u ikkilanganga o’xshab tuyuladi. Agar o’quvchi manfiy 
kutish vaqtiga moyil bo’lsa, u biroz qo’pol va hovliqma bo’lib ko’rinadi.  
112
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] Heather Fry, 
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm. pp: 77.


210
➢ 
Angliya madaniyati, savollar odatda biror ma’lumot olish uchun beriladi 
va savol so’rayotgan insonda haqiqattan ham so’ralgan ma’lumot yo’q 
bo’ladi. (Rogoff, 2003). Ko’plab sinfxonalarda, o’qituvchi odatda 
o’quvchilardan savol so’raydi va javobini o’qituvchi allaqachon bilgan 
bo’ladi, u shunchaki o’quvchi javobni biladimi yoki yo’q shuni tekshiradi 
(Macbeth, 2003). Savol: “2 + 2 nechchi bo’ladi?” misol bo’ladi.Agar 
o’quvchi bu tekshirilish maqsadni bilmasa chalg’ib ketishi yoki o’qituvchi 
chindan ham e’tiborsiz deb o’ylashi turgan gap. Bundanda yomonio’qituvchi 
xuddi o’quvchining bilmasligini boshqalarga oshkora qilib uni sharmanda 
qilayotganga o’xshaydi.
113
  
Insonning faolligi boshqa mavjudotlardan tub darajada ham mohiyat, 
ham shakl jihatdan tafovutga ega bo’lib, yuzaga kelgan ehtiyojlarning turli 
vaziyatlarda qondirilishida o’z ifodasini topadi.
Jumladan, mavjudotlar va hayvonlar o’zlarining tanasi va uning a’zolari 
tuzilishiga, instinktlarning turli-tumanligiga binoan, o’z o’ljasini tutib olishga 
nisbatan intilishni vujudga keltiruvchi tabiiy imkoniyati uni oldindan payqash 
sezgirligi orqali zudlik bilan faol harakat qiladi.
Hayvonlar ehtiyojlarining qondirilishi jarayoni qanchalik maqsadga 
muvofiq ravishda kechgan bo’lsa, bu esa o’z navbatida, ularning qurshab olgan 
yashash muhitiga engillik bilan moslashuvini ta’minlaydi.
Masalan, asalari xatti-harakatining tug’ma, irsiy dasturi uning gulshira 
(nektar) yig’ish ehtiyojlari bilan cheklanib qolmasdan, balki bu ehtiyojlarni 
qondirish obyektlari (gullarning navlari, ularning uzoq va yaqinligi, qaysi 
tomonda joylashganligi, mo’l-ko’lligi kabilar ham) aks etadi. Shu boisdan 
mavjudotlarning ehtiyojlarida ularning faolligi omili sifatida tabiiy alomatlar, 
instinktlar, shartsiz reflekslar va hokazolar bevosita qatnashadi.
56-rasm  
Inson faoliyati shakllari, turlari, avvalo, mehnat 
taqsimoti, odamlar, jamiyat ehtiyojining oʻsishi 
jarayonida oʻzgarib, rivojlanib boradi. Faoliyat 
elementlarini insonlar, inson ehtiyojlari va 
manfaatlari, faoliyat predmeti, motivlari, faoliyatning 
maqsadlari, amalga oshirish yoʻllari, vositalari va 
usullarini tashkil etadi.
113
David G. Mаyers Psychology,© 2010 by Worth Publishers. 81-83b.


211
Faoliyat muayyan yaxlit jarayon sifatida oʻzida mavjud olamni, ijtimoiy 
borliqni, amaliyotni oʻzgartirish va tushuntirish dasturi hamda undan kelib 
chiqadigan harakatlar majmuini mujassamlashtiradi.
Keyingi 
davrlarda 
faoliyat 
funksiyalarining 
murakkablashuvi, 
turlarining ortishi va chuqurlashishi kuzatilib, u ilmiy, amaliy, ijtimoiy 
ahamiyatga molik masalaga aylandi. Shu bois, faoliyat bir qancha fanlar: 
psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ekologiya, iqtisodiy nazariya, 
huquqshunoslik, xususan, falsafaning ham maxsus tadqiqot obʼyekti sanaladi.
Inson faoliyati murakkab va o’ziga xos jarayon bo’lib, shunchaki 
ehtiyojlarni qondirishdan iborat emas, balki ko’pincha jamiyatning maqsadi va 
talablari bilan belgilanadi. Xuddi shu boisdan qo’yilgan maqsadning 
anglanilganligi, unga erishish bo’yicha ish harakatlari tajribasi anglanilganligi 
va bog’liq ekanligi inson faoliyatining o’ziga xos belgisi bo’lishini 
tasdiqlaydi.
  
57-rasm  


212
Odatda faoliyatga ta’rif berilganda, birinchi galda anglanilgan maqsad 
bilan boshqarilishi, so’ngra psixik (ichki) va jismoniy (tashqi) faollikdan 
iborat ekanligi ta’kidlab o’tiladi. Lekin ushbu belgilar faoliyat ta’rifini 
mukammal tarzda ochib bermaydi. Ilmiy matnlar tahlilining ko’rsatishicha, 
faoliyat tushunchasi falsafa, fiziologiya, sotsiologiya, psixologiya fanlari 
predmetidan kelib chiqib, o’zaro qorishish oqibatida mehnat, ish, aktivlik, 
xulq singari to’rt xil tavsifga ega bo’lgan.
Yuqorida zikr etilgan tashqi va ichki faoliyatdan tashqari psixologiyada 
tarkib nuqtai nazaridan 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling