Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


faoliyat deb yuritiladi. Faoliyat -


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

faoliyat
deb yuritiladi.
Faoliyat -
inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-
tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan hamda tashqi olamni va o‘z-o‘zini 
o‘zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o‘ziga xos faollik shaklidir.
Shaxs o’zining faolligi bilan hayvonot olamidan farqli o’laroq ajralib 
turadi, mazkur harakatlantiruvchi kuch (faollik) ilk bolalik yoshidan e’tiboran 
ijtimoiy tarixiy taraqqiyot davomida to’plangan insoniyatning tajribasiga va 
jamiyatning qonun-qoidalarini egallashga yo’naltirilgan bo’ladi. Uzoq davrlar 
davom etgan maxsus jarayonning ta’sirida sodda tarzdagi xatti-harakatda 
faollik ustuvorlik qilganligi tufayli o’zining yuqori bosqichiga o’sib o’tib, 
yangicha mazmun, mohiyat, shakl va sifat kashf etgan. Faollik negizida paydo 
bo’luvchi o’zgacha sifatni, o’ziga xoslikni egallagan xatti-harakatning yuksak 
ko’rinishi, faqat insongagina taalluqliligi orqali u psixologiya fanida faoliyat 
deb nomlana boshlandi.
 55-rasm
Faoliyat
 - inson ongi va tafakkuri bilan
boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan 
kelib chiqadigan, hamda tashqi olamni va o’z-
o’zini 
o’zgartirish 
va 
takomillashtirishga 
qaratilgan o’ziga xos faollik shaklidir.
 
Bu - yosh bolaning real predmetlar mohiyatini o’z tasavvurlari doirasida 
bilishga qaratilgan o’yin faoliyati, moddiy ne’matlar yaratishga qaratilgan 
mehnat faoliyati, yangi kashfiyotlar ochishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotchilik 
faoliyati, rekordlarni ko’paytirishga qaratilgan sportchining mahorati va shunga 


207
o’xshash. Shunisi xarakterliki, inson har daqiqada qandaydir faoliyat turi bilan 
mashg’ul bo’lib turadi.
Fikr mulohazani amalga oshirishning har qanday usuli avvalo kerakli 
axborotni izohlash va analiz qilishdan boshlanadi. Ba’zi uslublar esa 
mulohazani avvaldan tayyor bolgan toifaga qarab yaratadi,lekin savol javob 
varaqalari oquvchining aniq tushinishi yoki b’azi joylarda markaziy madad 
xizmatining jarayonlariga moslab yaratiladi. Web dasturga asoslangan 
sistema ommaga tanishtirilmoqda, unda taklif qilingan oquvchilar bir qancha 
variantlardan birini tanlab javob berishlari yoki mahsus izoh qoldirish 
joylariga o’zlarining fikrlarini kiritishlari mumkin. Aynan shu yo’l orqali turli 
xil hisobotlar yuzaga keladi. Ammo garchi bunday harakatlar vaqtni 
tejasada,bundan kamroq va tezroq vaqt ichida amalga oshiriladigan analiz va 
tahlil jarayonlari yo’q, chunki yagona shaxs boshqalar uchun vakil sifatida 
jarayonga javob bera olmaydi. Blix aytganidek leksiya jaraoni va leksiyadagi 
o’quvchining ustozga beradigan barcha javoblari tashqaridagi boshqa bir 
kuzatuvchi yoki baholovchiga oshkor emas, va aynan shuning uchun u o’z 
dunyo qarashi orqali ularning leksiya jarayonidagi mulohazalarini tushuna 
olmasligi mumkin. Aynan shu holatni yanada noziklashishiga sabab bo’ladi va 
bir fikrni ilgari suradi: kurs oqituvchisi oquvchilarning mavzuni mulohaza 
qilishida, mavzu borasidagi qiziqishlarini uyg’otishda, va aynan shu mavzuga 
muhabbat qoyishida asosiy qurol vazifasini bajaradi.
111
  

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling