Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

“kommunikativ bilimdonlik”
tushunchasi bilan sinonim sifatida ham ishlatiladi. 
Rahbarlikka loyiq mezonlar asosida liderlikning vazifalari quyidagilar:
Lider
ma’mur, rejalashtiruvchi, siyosatchi, baholovchi ekspert, jamoning 
vakolatli vakili, rag`batlantirish va jazolash tashabbuskori, hukm chiqaruvchi va 
yarashtiruvchi, namuna “Ota”, jamoaning ramzi – referent, individual mashullikni 
cheklovchi, dunyoqarashlar shakllantiruvchi, “balogardon”.
Liderlik va superliderlik
 - ijtimoiy-psixologik hodisalardan muhimi hisoblanib, 
bu muammoni aynan bizning sharoitimizdagi talqini, ya’ni mardlik va jasorat 
ko`rsatish uchun ochiq maydonlar yo`q bo`lgan sharoitda liderlik hislatlarining 
namoyon bo`lish xususiyatlarini ko`rib chiqish mumkin. Zamonaviy ishlab 
chiqarishning samaradorligi eng avvalo rahbarni lider fenomeni doirasida - 
guruhning samarali faoliyat ko`rsatish yo`llarini belgilab berishdir. 
Eng yaxshi 
lider – bu «superliderdir»
. U o`z xodimlarining aksariyatini birinchi navbatda 
o`zlari uchun liderlarga aylantira oladi. Asosiy g`oya shundan iboratki, agar odam 
eng avvalo o`zi uchun lider bo`la olsa, o`zidagi bu malaka yoki mahoratni 
boshqalarga yetkaza oladi, jamoa o`zi mustaqil ishlaydigan, bevosita tepasida turib 
boshqarib turadigan insonga muhtoj bo`lmagan mexanizmga aylanadi. 
Bu – 
superliderlikdir.
173-rasm  


202
Har qanday faoliyatda muvaffaqiyatni ta’minlovchi sifatlar e’tirof etiladi. 
Ularning orasida eng ko`p marta takrorlanadiganlar: 
intellekt - odamning murakkab va mavhum muammolarni yecha 
olish qobiliyati, u o`ta yuqori bo`lmasligi, aksincha, o`rtachadan 
yuqori bo`lishi kerak; 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling