201
➢
adolatli qarorlar chiqarish orqali
xodimlarni joy-joyiga
qo`yish, ular imkoniyatlaridan to`la foydalanish;
➢
shaxsiy yoqimtoylik;
➢
jamoani tashkil etish va unda uyg`un muhitni ushlab tura
olish
qobiliyati.
Lekin barcha o`tkazilgan tadqiqotlar natijasida shu narsa ayon bo`ldiki,
rahbarlar ko`proq xodimlarning shaxsiy-individual tashabbuslar
ko`rsatishlariga
imkon beruvchi muhitning bo`lishi tarafdorlari bo`ladilar hamda xodimlarning
hamkorlikdagi faoliyatlari samarasini oshiruvchi sharoitlarni yaratishga e’tibor
beradilar.
Shuning uchun ham rahbarlik sifatlari haqida gap ketganda, shaxsning bir qator
bilimdonliklari nazarda tutiladi.
✓
professional bilimdonlik
- o`zi boshqarayotgan soha faoliyatini mukammal
yo`lga qo`yish uchun o`sha faoliyat borasida to`la ma’lumotlar,
bilim va
malakalarga ega bo`lishlikdir;
✓
uslubiy bilimdonlik
-
bilgan narsalari, shaxsiy malaka va ko`nikmalari, turli
loyihalar xususidagi ma’lumotlar, to’shiriqlarni tez, to`g`ri
va tushunarli tarzda
xodimlarga yetkaza olish qobiliyati;
✓
ijtimoiy-psixologik bilimdonlik
-
odamlar bilan ishlash, ular bilan til
topishish,
jamoani uyushtira olish, uni yaxshi ishlashga safarbar qilish, o`zidagi
liderlik sifatlarini to`la namoyon eta bilish qobiliyati. Bu tushuncha ko`pincha
Do'stlaringiz bilan baham: