Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamoa faoliyatini va o`z faoliyatini rejal ashtirish qobiliyati rahbar uchun muhim bo`lgan talabalardan biridir.
tashabbuskorlik - yangicha ishlash va harakatlarga ehtiyojni
anglash qobiliyati va shunga mos motivlar kiradi. Oddiy rahbar yoki liderning superliderga aylanishi bir necha bosqichlarda kechadi: o`zi uchun lider bo`lish, ya’ni shaxsiy maqsad va maslaklar, o`zini-o`zi kuzatish, o`zini-o`zi rag`batlantirish, hayoliy repititsiyalar va kognitiv tahlillar orqali o`zining mustaqil inson, shaxs ekanligini, o`zida boshqalarga o`rnak bo`luvchi sifatlar borligini anglash; yuqorida qayd etilgan sifatlarning afzalliklarini o`zgalarga namoyish etib, uning afzalliklariga ishontira olish; xodimlariga o`zlarida tashabbus va o`ziga ishonchni namoyon etish uchun sharoit yaratish; mustaqil qobiliyat egalari bo`lgan xodimlarni rag`batlantirish, kerak bo`lganda, faqat konstruktiv tanbehlar berish; o`z-o`zini boshqarishga asoslangan ijtimoiy faoliyatni tashkil etish va ishlarga hadeb aralashaverishdan o`zini tiyish. 174-rasm Chunki rejalashtirish asosida o`z-o`ztni boshqara olish va boshqarishni tashqi faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda boshqara olishni ta’minlovchi muhim psixologik xususiyat yotadi. Rahbar o`z ishini puxta rejalashtirish qobiliyatiga ega bo`lgan realistik tafakkurga ega bo`lmog`i, ya’ni har qanday sharoitlarda ham o`sha muammo yoki ishga taalluqli barcha alternativ variantlardan eng to`g`risi va maqsadga muvofiqligini tanlab oladigan, ishni to`g`ri tashkil eta bilgan, ya’ni kam vaqt sarflab ishni uddalay olgan, noaniq yoki tasodifiy vaziyatlarda ham ish taktikasini to`g`ri yo`lga yo`naltira oladigan odam bo`lishi kerak. Jamoa faoliyatini va o`z faoliyatini rejal ashtirish qobiliyati rahbar uchun muhim bo`lgan talabalardan biridir. 203 Yuqorida baho berilgan boshqarish uslublari ko`proq liderlikka emas, balki rahbarlikka taalluqli, lekin ilmiy adabiyotlarda bu ikki ibora, ko`pincha sinonimday ishlatiladi. Aslida, eng yaxshi rahbar o`zida barcha liderlik sifatlarini ham mujassamlashtirgan bo`ladi. Chunki sof ijtimoiy-psixologik ma’nodagi liderning turlari har xil sharoitlarda o`zida ko`proq namoyon etadigan shaxsiy sifatlarga ko`ra, tabaqalanadi. Rahbarda tug`ma qobiliyat bo`ladi, rahbar vaziyatga qarab stixiyali tarzda tarbiyalanib ketaveradi deb aytib bo`lmaydi. Minglab shaxs sifatlari ichida ko`plari rahbarlik uchun qulay va ma’quldir. Psixolog A.V.Petrovskiy ana shunday ijobiy sifatlarning bir yarim mingini sanab chiqqan. Lekin ularning barchasini umumlashtiradigan ayrim qobiliyatlar borki, shular haqida qisqacha to`xtalib o`tmoq lozim. Avvalo, har qanday rahbarda intellekt - aql-zakovatning mahlum normasi bo`lishi kerak. Bu norma yaxshi rahbar uchun o`rtadan yuqori bo`lmog`i muvofiqdir. Chunki geniy darajadagi intellektga ega bo`lgan rahbar bilan ishlash odamlar uchun qator noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin, bunday aql-zakovat qolganlarning ijobiy rivojlanishiga psixologik to`siq bo`lishini amaliyot va hayot ko`rsatadi. Rahbardagi o`rtadan yuqori intelektni qo’llab ketadigan yana boshqa muhim sifatlar borki, ular boshqarish ishining samarasiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling