Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
aqliy va jismoniyfaoliyat turlari
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faoliyat turlari
aqliy va jismoniyfaoliyat turlari
farqlanadi. Aqliy faoliyat aqliy, intellektual harakatlarga asoslanadi va shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan harakatlarini o‘z ichiga oladi. Undan farqli, jismoniy faoliyat motor harakatlarga tayanadi. 58-rasm Faoliyat turlari Predmetli harakatlarning nimalarga yo’naltirilganligiga qarab Tashqi faoliyat Ichki faoliyat Aqliy harakatlar Perseptiv faoliyat Mnemik faoliyat Fikrlash faoliyati Imalitiv faoliyat Eksteriorizasiya Interiorizasiya Ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko’ra Malaka Ko’nikm a Insonlarning xosligi bo’yicha Muloqot O’yin O’qish Mehnat qilish 213 Faoliyatga yo’nalgan maqsad, odatda, yo ko’proq, yo ozroq darajada uzoqlashgan bo’ladi. Kishi ana shu maqsad yo’lida harakat qilgan sari uning oldida paydo bo’ladigan qator juz’iy vazifalarning kishi tomonidan izchillik bilan xal etila borishidan tarkib topadi. Faoliyatning yolg’iz bitta oddiy joriy vazifani bajarishga yo’naltirilgan nisbatan tugallangan har bir shunday qismi harakat deb ataladi. Harakat tarkibiga kiruvchi sa’i-harakatlar sistemasi pirovard natijasida ushbu harakatning maqsadi bilan boshqariladi va yo’naltiriladi. Masalan, ma’ruzani konspekt qilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo’lib, u avvalo o’sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o’zgarishlar qilish orqali bilimlar zahirasini boyitayotgan bo’ladi. Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ham ichki - psixologik, ham tashqi - muvofiqlik nuqtai nazaridan ong tomonidan boshqarilib boradi. Har qanday faoliyat tarkibida ham aqliy, ham jismoniy - motor harakatlar mujassam bo’ladi. Masalan, fikrlayotgan, o’ylanayotgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz, undagi etakchi faoliyat aqliy bo’lgani bilan uning peshonalari, ko’zlari, xattoki, tana va qo’l harakatlari juda muhim va jiddiy fikr xususida bir to’xtamga kelolmayotganidan, yoki yangi fikrni topib, undan mamnuniyat his qilayotganligidan darak beradi. Bir qarashda tashqi elementar ishni amalga oshirayotgan - misol uchun, uzum ko’chatini ortiqcha barglardan xalos etayotgan bog’bon harakatlari ham aqliy komponentlardan xoli emas, u qaysi bargning va nima uchun ortiqcha ekanligidan anglab, bilib turib olib tashlaydi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday faoliyat ham tashqi harakatlar asosida shakllanadi va motor komponentlardan iborat bo’lishi Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling