Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologika yo’nalishi 55-18 guruh talabasi abdulakimova hulkar
Download 73.34 Kb.
|
hulkar kurs ishi
Tarbiyachining nutqi nutq talablariga rioya qilingan holda bo‘lishi kerak. Ya’ni nutqning tushunarliligi, soddaligi, ta’sirchanligi, boyligi, ravonligi, sofligi, ifodaliligi, mazmundorligi, aniqligi, chiroyliligi, to‘g‘riligi bilan ajralib turishi kerak. Ba’zi tarbiyachilarning nutqi juda ta’sirchan bo‘ladi. Bunday tarbiyachilar nutqi his-tuyg‘u bilan sug‘orilgan bo‘lib, ular o‘zlari gapirayotgan gaplardan o‘zlari ta’sirlanadilar, ana shundagina bolalarga ham muayyan kayfiyatni «yuqtiradilar». O‘tkazmoqchi bo‘lgan mashg‘ulotiga tarbiyachining o‘zi qiziqishi va uning o‘zida ham samimiy his-tuyg‘u hosil bo‘lishi shart. Tajribali bir pedagog yosh tarbiyachilarga shunday deydi: «Bolalarga hikoyani shunday so‘zlab beringki, go‘yo o‘sha voqealarda o‘zingiz ham qatnashgandek bo‘ling…». Lekin hamma tarbiyachilar ham obrazga kirib hikoya yoki ertakni aytib bera olmaydilar. Ba’zi tarbiyachilarda esa nutq ancha ohista, ta’sirsiz, kam ifodali, qat’iy izchillikka rioya qilingan holda, dalilli va mantiqiy bo‘ladi. Bunday nutq biroz zerikarli bo‘lib bolalarni mashg‘ulotga diqqatini jamlab olishi qiyinroq kechadi. Bunday nutq yo‘naltirilgan yoki boshqacha aytganda undalma nutqdan iboratdir.
28 Yana shunday tarbiyachilar ham borki, ularning nutqi emotsional ham, mulohazali ham emas, ammo bolalar ular nutqini yaxshi o‘zlashtiradilar. Bunday nutqlarda zo‘r ishonch kuchi yangraydi, gapirilayotgan gapga chuqur ishonch paydo qiluvchi kishining irodasi borligi sezilib turadi, o‘z bolalarida ixtiyorsiz ishonch hosil qiladi. Tarbiyachi o‘z fikrlarini haqchanligiga, bolalarni ishontirishga qattiq kirishganligi o‘z-o‘zidan ko‘rinib turadi. Ularning to‘g‘riligi va muhimligiga ishonch ixtiyorsiz ravishda bolalarga o‘tadi. Bu katta ishonch va ta’sir kuchiga ega bo‘lgan irodali nutq deyiladi. Lekin bunday nutq avtoritar xarakterga ega bo‘lib bolalardagi mustaqil fikrlashni cheklab qo‘yadi. Zarur iboralarni tez tanlay olish: so‘z boyligiga, fikrlash jarayonining tezligiga, gapirilayotgan mavzuni yaxshi bilgan bo‘lishiga, topqirligiga, kishining shu paytgacha umumiy holatiga va boshqa ko‘pgina sabablarga bog‘liqdir. O‘z nutqini qulay va to‘g‘ri tuza bilishda badiiy adabiyotni o‘qib turish katta ahamiyatga ega. Kitob o‘qiganda shaxsda lug‘at boyligi ko‘payadi, fikrining obrazliligi ortadi, nutq ravshan, chiroyli va adabiy bo‘ladi. Nutqda murakkab jumlalar va notanish qiyin so‘zlar bo‘lmasa, u ham ravshan, ham tushunarli bo‘ladi. Murakkab bo‘lmagan qisqa jumlalar bayon etiladigan ma’lumotni tez tushunib olishga yordam beradi. Ammo fikrni bayon etishda juda ezmalanish ham bo‘lmaydi. Nutqning juda qisqaligi, mavzuning haddan tashqari ko‘pligi, hodisalarni ko‘p keltirish bolalarning tushunmay qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bayon etish aniq, ifodalar ravshan, xulosa va umumlashtirishlar aniq bo‘lsa, tarbiyachining bayoni tushunarli hamda tez esda qoladigan bo‘ladi. Tarbiyachi nutqining sodda bo‘lishini unior mazmunga aylantirib yubormasligi kerak. U yetarli mazmunga ega bo‘lishi kerak. Uning murakkablashib ketishidan, bolalarning charchab qolishidan qochish kerak. Tarbiyachi nutqining tashqi shakli: tarbiyachi ovozining yoqimliligi (uning bo‘yoqliligi va kuchi), ravonligi, ohangdor bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Nutqning bu tomonini yaxshilash ustida ishlash har bir pedagog uchun juda muhimdir. Tarbiyachining ovoz tembri juda past va juda yuqori ham bo‘lmasligi kerak. U bir tekis baland ovoz bilan gapirganda fikrni bo‘rttirib ko‘rsatish uchun ovozini goh 29 baland, goh past qilib gapirish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Bundan tashqari, tarbiyachining baland ovozi bolalarni asabiylashtiradi, shu bilan birga tarbiyachi sinfdagi shovqinni ham eshita olmaydi. Juda past ovoz bilan gapirilgan nutq ham bolalarga yaxshi eshitilmaydi. Eng yaxshi pedagoglarning tajribasi mavzuni o‘tishda bolalarning bilim darajasiga, yoshiga, o‘tiladigan o‘quv materialining mazmuniga, tarbiyachi tomonidan qo‘yiladigan vazifaga, ishning boshqa sharoitlariga qarab nutqning biror shaklidan maqsadga muvofiq foydalanish lozimligini ko‘rsatadi Tarbiyachining vazifasi o‘quvchilarga faqat ta’lim berish bilan chegaralanib qolmay, balki ularni har bir hikoya ustida o‘ylashga, uni emotsional his qilishga o‘rgatishdan iboratdir. Download 73.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling