Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologika yo’nalishi 55-18 guruh talabasi abdulakimova hulkar


Download 73.34 Kb.
bet11/19
Sana09.04.2023
Hajmi73.34 Kb.
#1347207
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
hulkar kurs ishi

O‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalari o‘yinchoqlar bilan o‘ynaganlarida ham guruh bo‘lib o‘ynashni yoqtiradilar. Chun­ki ularni kichik guruh bolalari kabi ayrim narsalar emas, balki atroflaridagi eng yaqin odamlarning onasi, otasi, tarbiyachisi, mudira kabilarning qanday ishlar bilan mashg‘ul bo‘layotganliklari ko‘proq qiziqtiradi. Binobarin, ular o‘zlarining o‘yinlarida hattoki, o‘yinchoqlar bilan o‘ynaydigan o‘yinlarida ham kattalarning turli faoliyatlarini taqlidan takrorlaydilar. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarga mazmunli-rolli o‘yinlarga, uy-ro‘zg‘or ishlariga, mehnat qurollariga doir o‘yinchoqlarni berish maqsadga muvofiqdir. Bu yoshda xayol taraqqiy eta boradi. Qalam – sehrli cho‘pga, barglar – pulga, qog‘ozga chizilgan naqsh – qo‘g‘irchoqlar gilami­ga aylanadi. Masalan, 4 yoshli bolalar o‘yini kuzatilganda Habiba legolarni bir idishga solib qoshiq bilan aralashtirib bo‘tqa tayyorlab, qog‘ozga chizib singlisini ovqatlantirgan. Shuning uchun bu yosh­dagi bolalar o‘yinchoq talab qilavermaydilar, balki o‘z qo‘llari bi­lan o‘yinchoq yaratishni xohlaydilar. 5 yoshli bolalar katta hajmdagi o‘yinchoqlarni o‘ynamay qo‘yadilar. Hayvonlar to‘plami, oila qo‘g‘irchoqlari, soldatchalar bilan turli ko‘rinishgadi o‘yinlarni o‘ylab topadilar. Bunday o‘yinlar boladagi xayol, idrokning rivojlanayotganini, konkret tafakkurdan ijodiy fikrlashga o‘tayotganini ko‘rsatadi, bolaning emotsional hayotini boyitadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berish shakllari nati­jalarga erishish emas, balki bilim, mahorat va ko‘nikmalar hosil qilish o‘quv faoliyatining maqsadidir. Bu maqsad uning asosiy xususiyatini belgilaydi.

21


Bola rasm chizish jarayoniga qiziqsa va chiroyli chizishga harakat qilsa, bunday jarayon o‘yin yoki samarali harakat hisoblanadi. Lekin qachonki bola rasm mashg‘uloti vaqtida o‘z oldiga ma’lum maqsad qo‘ysa, bu harakatlar ta’lim ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Ma­salan, avvalgilardan yaxshiroq rasm chizish, tasvirni to‘g‘ri bo‘yash yoki tekis chiziqlar chizish ham shunday harakat turlariga kiradi.
Ta’lim olish vaqtida va bolaga oldingi avlod tomonidan qoldirilgan tajribani yetkazib berishda bolaning psixik rivojlanishi amalga oshsada, bilim va ko‘nikmalarni aksariyat qismini u kattalar bilan muloqotda, ularning talablarini, maslahatlarini va ko‘rsatmalarini bajarish davomida o‘zlashtiradi. Shuningdek o‘yin faoliyati, rasm chizish, buyumlar yasash va turli xil faoli­yatlarda vujudga kelgan kundalik muloqot ham bolaning bilim va ko‘nikmalarini kengaytirib boradi. Kattalarning bola bilan bo‘lgan har xil uslubdagi muloqot negizida ta’lim yotadi.
Ammo u bolaning rivojlanishiga qarab sistematik xarakterga ega bo‘ladi. Bolalar ijtimoiy maktabgacha tarbiya sharoitida muayyan dasturlar asosida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda ta’lim oladi­lar. O‘yin usullari va samarali topshiriqlardan foydalanish bundayhollarda muhim o‘rin egallaydi. Shu bilan birga mashg‘ulotlar vaqtida bolalarga tanish bo‘lgan talablar qo‘yiladi: to‘liq va si­fatli bilim va ko‘nikmalar hosil qilish, tarbiyachini tinglash va uning ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajarish. Mashg‘ulotlar orqali bilim berish o‘quv faoliyatini boshlang‘ich qoidalarini egallashda muhim ahamiyatga ega. O‘quv faoliyatini boshlang‘ich qoidasi bilim olishga bo‘lgan qiziqishni shakllanishini va o‘rganish qobiliyatini o‘zlashtirishni o‘z ichiga oladi.
Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda qiziquvchanlikning o‘sishi, aksariyat hollarda ular tomondan berilayotgan savollar soni va ularning turini o‘zgarishida namoyon bo‘ladi. Uch-to‘rt yoshli bolalar savollari yangi bilim olishga, tushunarsiz narsalarni aniqlashtirishga qaratilgan bo‘lsa, maktab yoshiga yaqinlashgan bola­lar
savollarini aksariyat qismini shunday savollar tashkil qiladigan bo‘ladi. Turli xil hodisa sabablariga, ular orasidagi bog‘liqlikka qiziqadilar. «Nimaga yomg‘ir yog‘yapti?»; «Nima uchun o‘simliklarni sug‘orish kerak?»; «Nimaga doktor kasalni
22
urib, eshitib ko‘radi?»; «Yulduzlar qayerdan paydo bo‘ladi?»; «Traktorga kichik uyni joy­lashtirsa olib keta oladimi?»; «Agar barcha suvlar dengizga quyilsa, keyin ular qayerga g‘oyib bo‘ladi?». Bu olti yoshlik bolaning doim berishi mumkin bo‘lgan savollarining kichik ro‘yxatidir.

Download 73.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling