Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologika yo’nalishi 55-18 guruh talabasi abdulakimova hulkar


Nutqning anatomik-fiziologik mexanizmlari


Download 73.34 Kb.
bet8/19
Sana09.04.2023
Hajmi73.34 Kb.
#1347207
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
hulkar kurs ishi

Nutqning anatomik-fiziologik mexanizmlari. Nutq jarayoni periferik organlarning ishi bilan ham, bosh miya po‘sti faoliyati bilan ham bog‘liq ravishda sodir bo‘ladi. Nutq apparatning periferik qismiga nutq organlari, eshitish va ko‘rish organlari kiradi. Nafas olish organlari (o‘pka, bronxlar, nafas olinadigan bo‘g‘iz), ovoz vibratori (bo‘g‘izning ovoz muskullari) va ovoz muskullarining tebranishi natijasida hosil bo‘ladigan ovozni kuchaytiruvchi rezonator (og‘iz, burun bo‘shliqlari, halqum) nutq organlari hisoblanadi. Eshitish organi nutqni, ko‘rish organi yozma nutq­ni, shuningdek, og‘zaki nutqni to‘ldiruvchi imo-ishoralarni id­rok etishni ta’minlaydi. Yozishda (ko‘zi ko‘rmaydigan kishilarnio‘qitishda) nutq apparatiga qo‘lning muskul-harakat sezgilari ham qo‘shiladi. Bola dastlab nutqni egallayotgan davrida uning nutq tovushlariga bo‘lgan rеaksiyasi juda umumlashgan xaraktеrga ega bo‘ladi.
Masalan, agar soatni bolaga «chiq-chiq» dеb tushuntirilgan bo‘lsa u «tik-tik» dеgan so‘zga ham baribir soatni ko‘rsatavеradi. Bolalarda hali nutq tovushlari yaxshi diffеrеnsirovka qilinmagan bo‘ladi. I.P. Pavlov7 ta’limotiga ko‘ra, odamda muaffaqiyatli nerv bog‘lanishlari qo‘zg‘atuvchilarning faqat bevosita ta’sir ko‘rsatish natijasiga emas, balki ana shu bevosita qo‘zg‘atuvchilar o‘rniga keluvchi so‘z ta’sirida ham paydo bo‘ladi. Bunda so‘z bevosita qo‘zg‘ovchilar bilan, voqelikning birinchi signallari bilan uzviy bog‘lanishi tufayli, ya’ni o‘zining ma’nosiga ko‘ra qimmati tufay­ligina voqelikning signali bo‘lib xizmat qiladi. Odam so‘zni voqe­lik bilan bog‘lay olgan taqdirdagina uning ma’nosiga tushunadi.
Nutq turlari: Ovoz chiqarib talaffiiz etiladigan nutq tashqi nutq deb ata­ladi. Lekin biz yuqorida aytib o‘tdik-ki, o‘ylayotgan paytimiz­da ovoz chiqarmasdan ham nutqdan foydalanamiz. Tashqi nutq og‘zaki va yozma bo‘ladi. Og‘zaki nutq monologik va dialogik nutq bo‘lishi mumkin. Monologik nutq, nomining o‘zi ko‘rsatib turganidek bitta odamning nutqidir. U ko‘pincha boshqa kishi­tinglovchilarga (ma’ruza, hikoya, majlisda so‘zga chiqish va hokazolar tarzida) qaratilgan bo‘ladi, lekin tinglash paytida ham o‘zi uchun ovoz chiqarib talaffuz etilishi mumkin. Monologik nutq tinglovchilarga qarata aytilayotgan vaqtda ular uchun tushunarli bo‘lishi kerak. Shuning uchun boshqalarga qarata gapirayotgan odam o‘zining nutqi qanday idrok etilayotganini hisobga olib borishi zarur. Shuni aytish kerak-ki boshlang‘ich sinfda nutqning monologik shaklini suiiste’mol qilmaslik lozim, kichik yoshdagi o‘quvchilar jonli suhbat jarayonida aytil­gan matnni ma’ruza tarzida bayon etilgan matnga qaragan­da ancha durustroq idrok etadilar, tushunadilar va o‘zlashtirib oladilar.
Diologik nutq ikki yoki undan ko‘proq kishining suhbatidan iborat bo‘ladi. Har bir so‘zlovchining fikrlari odatda almashinib turadi va monologik nutqdek ancha davomli bo‘lmaydi. Ba’zan dialogik nutq biror masala aniqlab beriladigan disput, munozara formasini kasb etadi. Yozma nutqqa alohida talablar qo‘yiladi. Kitobxon, odatda avtor yo‘qligida nutq mazmuni bilan tanisha­di, shuning uchun nutq juda
tushunarli, aniq bo‘lishi kerak. Bundan tashqari yozma nutqda nutqni aniqroq qilishga yor­dam beradigan tegishli intonatsiya, mimika, imo-ishoralardan foydalanish imkonini bermaydi. Shu munosabat bilan yozma nutq ancha qiyinchilik tug‘diradi. Og‘zaki nutq ancha qiziqroq bo‘lishi mumkin, tinglovchi suhbatdoshidan tushunarsiz narsa­ni hamisha aniqlab olishi imkoniga ega bo‘ladi, yozma nutq­ni esa to‘liq, kengaygan holda tuzish zarur. Og‘zaki yoki yozma nutq odamga har xil talablar qo‘yadi. Bir xil kishilar yaxshi ga­pira oladilar-u yomon yozadilar, boshqalari o‘z fikrlarini yoz­ma ravishda yaxshi bayon qiladilar-u, lekin ularning og‘zaki nutqlarida (ayniqsa ko‘pchilik oldida gapirishga to‘g‘ri kelsa) nuqsonlar bo‘ladi. Nutqning aytib o‘tilgan hamma turlari faol nutq tushunchasiga kiradi. Ammo passiv nutq ham bo‘ladi, bun­da odam gapirmay (yozmay) faqat tinglaydi. Passiv nutq boshqa kishining nutqini idrok etish va tushunishini o‘z icniga oladi. Buning uchun til vositalarini (tovushlar, so‘zlar ularning birik­malarini), ana shu vositalar bilan ifodalanadigan fikrlarni ham aniqlab olish zarur.
17



Download 73.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling