Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologika yo’nalishi 55-18 guruh talabasi abdulakimova hulkar
I Bob. Maktabgacha tarbiya yoshida rivojlanishning ijtimoiy shart-sharoitlari
Download 73.34 Kb.
|
hulkar kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lesgaftning 2
I Bob. Maktabgacha tarbiya yoshida rivojlanishning ijtimoiy shart-sharoitlari.
1.1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning psixologik rivojlanishi va nutqning anatomik-fiziologik mexanizmlari. Ontogenezda 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davr bog'cha Yoshi davri yoki maktabgacha yosh davri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o‘zgarishlari bolishini inobatga olgan holda 3 davrga: (3—4 yosh) kichik maktabgacha davr, (kichik bog‘cha yoshi), (4—5 yosh) o‘rta maktab- gacha davr, (o‘rta bog'cha yoshi), (6—7 yosh) katta maktabgacha davr (katta bog‘cha yoshi)ga ajratish mumkin. Bola rivojlanish jarayonida kishilik avlodi tomonidan yaratilgan predmet va hodisalar olami bilan munosabatga kirishadi. Bola insoniyat qolga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda oezlashtirib, egallab boradi. Bunda predmetlar olamini, ular yordamida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o‘sib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilmog‘i kerak. Asosan, shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi. Mashhur rus pedagogi Lesgaftning2 fikricha, insonning bog‘cha yoshidagi davr shunday bir bosqichki, bu davrda bolalarda xarakter xislatlarining namunalari shakllanib, axloqiy xarakterning asoslari yuzaga keladi. P.F. Lesgaftning bu fikri buyuk rus pedagogi A.S. Makarenkoning quyidagi fikriga to‘la mos keladi. A.S. Makarenko bolalarni juda kichik davridan boshlab tarbiyalash zarurligi haqida gapirib, tarbiyaning eng muhim asoslari bolaning besh yoshgacha bo‘lgan davri mobaynida yuzaga keltiriladi. Mana shu davrda qilingan butun tarbiya, tarbiya jarayonining 90% ini tashkil etadi, degan edi. Haqiqatan ham bolaning maktabgacha yoshidagi davri shu qadar mazmundor va faol davrdirki, bu davr bolaning kelgusi o‘sishida albatta o‘z aksini qoldiradi. Shuning uchun maktabgacha yoshidagi davr ta’sir o‘tkazish kuchi jihatidan g‘oyat mas’uliyatlidir.Bola ilk yoshdan maktabgacha davrga o‘tgach, uning butun yashash sharoitida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Birinchidan, bola bog‘cha yoshiga o‘tgach, uning faoliyat doirasi ancha kengayib, mustaqilligi yanada ortadi. Uning o‘yinlari, xatti-harakatlari ham boshqacha mazmunga ega bo‘la boshlaydi. Ikkinchidan, bolaning butun faoliyatida nutqning roli orta boradi. Uchinchidan, bola maktabgacha yoshga o‘tgach, muayyan dastur asosida maxsus pedagog tomonidan tarbiyalana boshlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolaning yashash sharoitida yuzaga kelgan bu o‘zgarishlar uning jismoniy va psixik jihatdan o‘sib kamol topishniga ta’sir etmay qolmaydi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlari jadal ravishda ortib boradi. 3—7 yoshli davrida bolalarning asosiy faoliyati quyidagi ketma-ketlikda kechadi: — predmetlarni o‘rganishi; — individual predmetli o‘yinlar, jamoa sujetli-rolli o'yinlar; — individual va guruhiy ijod; — musobaqa o‘yinlari; — muloqot o‘yinlari; — uy mehnati. Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqni birmuncha to‘la o‘zlashtirganlari va haddan tashqari harakatchanliklari tufayli ularda o‘zlariga yaqin bolgan katta odamlar va tengdoshlari bilan munosabatda bolish ehtiyoji tuglladi. Ular tor doiradan kengroq doiradagi munosabatlarga intila boshlaydilar. Ular endi bog‘chadagi o‘rtoqlari va qo‘ni-qo‘shnilarning bolalari bilan ham jamoa bolib o‘ynashga harakat qiladilar. Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy jihatdan rivojlanishi: Yuqorida aytib o‘tganimizdek, bolaning jismoniy jihatdan eng tez o‘sadigan davri bir-ikki yoshligiga to‘g‘ri keladi. Bola uch yoshga to‘lib maktabgacha yoshiga 9 o‘tgandan so‘ng uning jismoniy jihatdan o‘sishi bir qadar sekinlashadi. Bolaning jismoniy jihatdan o‘sishidagi notekislik bu davrda ham davom etaveradi. Masalan, bola tug‘ilgandan bir yoshga to‘lguncha bo‘yining o‘sishini quyidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin.
Download 73.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling