Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya


Adaptatsiya darajasi fenomeni


Download 1.08 Mb.
bet40/92
Sana13.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1771025
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   92
Bog'liq
Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya

Adaptatsiya darajasi fenomeni - qo‘zg‘ovchilarning aniq darajasiga moslashish tendensiyasi va uning natijasida ayni shu darajada ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga e’tiborini qaratish va javob berish. Bu nazariyaga ko‘ra muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik, qoniqish va qoniqmaslik hissi bizning oldingi erishgan yutuqlarimiz bilan bog‘liq. Agar bizning muvaffaqiyatlarimiz oldingi erishgan darajamizga etmasa, bizda qoniqmaslik va frustratsiya xissi paydo bo‘ladi, agar ular bu darajadan ortib ketsa bizda qoniqish va muvaffaqiyat xissi paydo bo‘ladi. Biroq oldinga harakatchanlikni davom ettiraversak, biz albatta tezda moslashamiz.
Ilgari farovonlik xissini tug‘dirgan narsaning neytral bo‘lib qolishi deprivatsiyani paydo qiladi. Eng yangi kir yuvish mashinasiga ega bo‘lish, ilmiy karera qilish, yangi ijtimoiy maqomga ko‘tarilish dastavval kuchli qoniqish xissini ta’minlaydi. Lekin bu xissiyot tezda o‘chadi. Endi yana shu xisni ichdan kechirish uchun yangi pog‘onaga ko‘tarilish kerak bo‘ladi.
YAngi muvaffaqiyatlarga moslashish bilan paydo bo‘ladigan qoniqmaslik xissidan odamlar o‘zlarini boshqalarga taqqoslab qutulishga harakat qiladilar.
Qiyosiy deprivatsiya - o‘z holatini boshqalarning holatiga nisbatan yomonroq deb idrok qilishdir.
Sotsial psixologlar agressiyani ichkaridan instinktlar va frustratsiya itarib chiqarishidan tashqari, odamlar o‘z agressiyalarini tashqariga olib chiqishni ham o‘rganadilar deb hisoblaydilar.
Hayvonlarni kuzatsangiz eng urushqog‘i asta-sekin yo‘lboshchiga aylanishini ko‘rish mumkin. Odamlar ham agressiyaning taqdirlanishiga o‘rganadilar. Boshqa bolalarni o‘z agressivligi bilan qo‘rqitadigan bola asta-sekin yanada agressivroq bo‘la boradi. Kuzatish orqali o‘rganish. Albert Banduraning fikricha, biz agressiyani boshqalarni kuzatish orqali xulq modelini o‘zlashtirib ham o‘rganamiz. SHunday tajriba o‘tkazilgan, xonada bola o‘yinchoq o‘ynab o‘tiribdi. Boshqa burchakda katta yoshdagi odamning oldida o‘yinchoq mashinalar, shishiriladigan qo‘g‘irchoq va yog‘och bolg‘a turibdi. U birdan bolg‘ani olib shishiriladigan qo‘g‘irchoqni ura ketadi va "ur", "tep", "basharasiga tushir" deb xitob qiladi. Bola bu holatni kuzatib o‘yinchoqlar bilan to‘la boshqa xonaga chiqib ketadi. Eksperimentator ayol bu o‘yinchoqlar eng yaxshilari ekanligi va ularni boshqa bolalar uchun asrab qo‘yganligini aytadi, shu yo‘l bilan unda frustratsiya holatini yaratadi. Frustratsiyalashgan bola o‘yinchoqlar ichidan yog‘och bolg‘a va shishirilgan qo‘g‘irchoqni olib boshqa xonaga chiqib ketadi. Qo‘liga yog‘och bolg‘ani olib, shishirilgan qo‘g‘irchoqni ura ketadi. Aksariyat bolalar shungacha kuzatgan katta odamning harakatlarini, balki so‘zlarini ham aynan takrorlashadi. Banduraning fikricha, bolalar agressiv xulq modelini oiladan, submadaniyatdan va ommaviy axborot vositalaridan o‘rganishadi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling