Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya
Download 1.08 Mb.
|
Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kognitiv yondashuv.
Psixoanalitik yondashuv. Psixoanalizning otasi Zigmund Freyd instinktlar to‘g‘risidagi nazariyasida, agressiyaning tug‘ma, biologik tabiatga egaligini ta’kidlaydi. U har qanday agressivlik reaksiyasining namoyon bo‘lishiga agressiv energiya, ya’ni ortiqcha bosimning “portlash” darajasiga etib borishi ta’sir ko‘rsatishini e’tirof etadi. Bu konsepsiya psixodinamik yoki gidravlik model nomi bilan ataladi. Freyd o‘zining ikki faktorli instinktlar nazariyasida, odam tabiati o‘ziga xos ikki ayrilmas qismdan: “Eros” hayot va “Tanatos” o‘lim instinktidan iboratligini tahlil qiladi. Uning fikricha “eros” odamlarni xuzur-xalovatga va rohat-farog‘atga undaydi, “tanatos” esa o‘z-o‘zini buzish, xalok qilish, yo‘q qilishga qaratilgan bo‘lib, ular odamda ichki psixologik kelishmovchiliklarni yuzaga keltiradi. Bu boshqa insonlarga nisbatan destriktiv kuch bilan agressivlikni namoyon bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi. SHunday qilib, boshqa insonga qaratilgan agressiv harakat xuddi buzg‘unchilik (energiya kuchini ozod qiluvchi) mexanizmga o‘xshaydiki, harakatdagi insonning ichki psixologik tengligini (barqarorligini) saqlab qoladi. Z.Freyd agressiv energiyalardan xalos bo‘lishda katarsis holat yordam berishi mumkinligini ta’kidlaydi. Hatarsis real, normal holatlarda har xil kuch talab etuvchi o‘yinlar (futbol, boks) yoki shu o‘yinlarni tomosha qilish orqali agressiv energiyadan xalos bo‘lishni ifodalaydi.
Freydning fikricha, agressiya kishilik tabiatining muqarrar holati ya’ni inson nazoratida turmaydigan holatdir. Kognitiv yondashuv. YAqinda ishlab chiqilgan agressivlikni o‘rganuvchi kognitiv modelning tahmin qilishicha, ilmiy kuzatishlar bilan bir qatorda individning kognitiv qobiliyati agressiv xulq-atvorni shakllanishida muhim ahamiyatga egadir. So‘nggi yillarda ikkita asosiy kognitiv model ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan biri Rauellom Xezmanning “Kognitiv ssenariy modeli” bo‘lsa, ikkinchisi “Kennetom Dodjemning dushmanlik alomati modeli”dir. Xezmanning ta’kidlashicha, ijtimoiy xulq-atvor, xususan, agressivlik kognitiv ssenariy asosida boshqariladi. Ssenariy yuz berishi mumkin bo‘lgan, tahmin qilinayotgan hodisani aks ettirib, bu hodisani qanday qabul qilinishi hamda uning natijasini ifodalaydi. Kennet Dodj haddan ortiq agressiv bo‘lgan bolalar dushmanlik xususiyatlariga ko‘proq moyil bo‘lishlarini ta’kidlaydi. Bu borada olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, agressiv o‘smirlarda ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun bilimlarni etishmasligi va agressivlikni qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan ishonchni ustunligi aniqlandi. Ayniqsa ularda muammoni dushmanlik asosida aniqlashga bo‘lgan moyillikni ajratib turishi, dushmanlik maqsadlarini o‘zlashtirish, alternativ qarorlarni kam mushohada qilish kuzatiladi. Agressiya nizo- kelishmovchiliklarni hal etishning oddiy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri usuli hisoblanadi. Agar inson o‘z istaqlarini o‘zi xohlagandek amalga oshira olmasa, u holda atrofidagi kishilarga tahdid qilish yoki dushmanlik harakatlarini qo‘llash orqali qarshi tomonga ta’sir ko‘rsatishi kuzatiladi. Xezmanning yigirma ikki yil davomida olib borgan langityud tadqiqotining natijasiga asoslanib shunday xulosaga keldi. U aqliy taraqqiyotning pastligi, o‘ta bilimdonlik yoki ijtimoiy bilimlarni yuzakiligi bolalarda nizolarni hal etish usuli sifatida agressiv xulq-atvorni o‘zlashtirishiga sabab bo‘lishini e’tirof etdi. Dolf Zilmann tomonidan ham kognitiv ssenariy modeliga o‘xshash variant taqlif qilindi. U qo‘zg‘alish jarayonining fiziologik ahamiyati va uni kognitiv jarayonlar bilan o‘zaro ta’sirini tushuntirishga harakat qildi. Zilmann kognitiv jarayonlar g‘azab, qo‘rquv va frustratsiyaning energetik samarasini yo‘naltirib tartibga solib boshqarishini ta’kidladi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling