Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya


Agressiyaning biologik nazariyalari


Download 1.08 Mb.
bet43/92
Sana13.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1771025
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92
Bog'liq
Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya

Agressiyaning biologik nazariyalari.
Etimologik yondashuv. Etimologiya tabiiy sharoitdagi hayvonlarning xulq-atvorini o‘rganib, uni inson xulq-atvori bilan solishtirishni ifodalaydi. etimologiya va agressiyaning uyg‘unligini birinchilardan bo‘lib ta’kidlagan olim K.Lorensdir. U o‘zining 60-yil o‘rtalarida nashr qilgan “Agressiya” nomli kitobi orqali keng ommani bu masalaga jalb qilib, qiziqish uyg‘ota oldi. Nobel mukofotining sovrindori Lorensning ta’kidlashicha, “agressiya hayvon va insonlarda hali instinkt sifatida mavjud bo‘lib, avloddan-avlodga o‘tadi. Dushmanlik xususiyatlari uzun va murakkab evolyusiya jarayonining natijasi hisoblanadi”. Lorens va boshqa bir qancha insondagi agressivlikni o‘rganish kerak, chunki inson hayvonot olamining bir qismi hisoblanadi, degan fikrlarni bildiradilar. Etologik yondashuv garchan qiziqish uyg‘otsada, insonlardagi agressiv xulq-atvorni tadqiq qilinganda o‘z isbotini topa olmadi. Zoolog, biolog va psixologlarning har qancha urinishlariga qaramay muvaffaqqiyatsizlikka uchradi. Bunga sababchi bo‘lgan omillardan biri etologik holatni ko‘pincha hayvonlar va insonlarning o‘zaro o‘xshashligiga asoslanishidir. Lorens tadqiqotlarida dalil sifatida Evropadagi kulrang g‘ozni misol tariqasida keltirib, u “Homo sapiens”ga juda ham o‘xshashligini ta’kidlaydi. “Inson ongi, tafakkuri, o‘z-o‘zini, fikrini boshqara olishi, motivatsiyasi hamda xulq-atvori bilan hayvonot olamidan ajralib turadi”- deydi Bandura. U Lorensning xulq-atvor xususidagi qarashlarini inkor etadi
Sotsiobiologik va evolyusion yondashuv. Texas universitetining evolyusion psixologi Devid Bass sotsiobiologik va yuvolyusion yondashuvning mohiyatini quyidagicha tahlil qiladi: “Sotsiobiologiya psixikani inkor etib, diqqat-e’tiborini xulqqa qaratadi, evolyusion psixologiya esa psixikani (ya’ni bizda evolyusiya jarayonida shakllangan psixologik mexanizmlarni) adaptatsiyaning lokus markazi deb biladi” Bass ushbu ikki yondashuv o‘rtasidagi tafovutni tushuntirar ekan, sotsiobiologiya inson zoti atrof-muhitga eng yaxshi moslashgan turkumdir desa, evolyusion psixologiya odamlar o‘z zotiga xos evolyusiya natijasida moslashuvchanlikning oshishiga imkon bergan, biroq ko‘zlangan maqsadiga doim ham birday etmagan psixologik mexanizmlarga ega deb e’tirof etadi.
Psixologiyadagi evolyusion yondashuv paydo bo‘lganiga hech qancha bo‘lgani yo‘q. Biroq shu qisqa vaqt mobaynida evolyusion psixologiya nazariyalarining empirik bazasi betinim ko‘payib bordi. Uning adaptatsiyaga doir nazariyalari mukammallashgani aniq, tekshirishning imkoni mavjud bo‘lgan farazlarda o‘z aksini topgan. Ketelaar va Ellislarning e’tirof etishlaricha, evolyusion psixologiya progressiv ilmiy-tadqiqiy dasturning barcha talablariga javob beradi.
Kuzatish va tadqiqot natijalarini ma’lum qilishicha, agressivlik holatida shaxsning xulq-atvori va xatti-harakatlari o‘zgaradi. Bir qator ruhshunoslarning ta’kidlashicha, farzandi tomonidan qilingan noto‘g‘ri, yanglish xatti-harakatlarga nisbatan ota-onaning ta’sirlanishi ota-ona bilan bola o‘rtasidagi o‘zaro munosabat oiladagi iqlim, oilaviy hamohanglik yoki aksincha kelisha olmaslik, opa-singillari, aka-ukalari bilan yaqinlik darajasi oilada shakllanib kelayotgan bolaning agressiv xatti-harakatlarini belgilab beruvchi omillar bo‘lib hisoblanadi.
Hozirgi kunda bolalardagi agressiv xulq-atvorni o‘rganishda ikki xildagi nazariy yondashuvga asoslaniladi. Olueyz va Pattersonlarning nazariyalari agressiya haqidagi fan tadqiqotining metodologik asosi bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu nazariyada oilaning boshqaruv uslubi bilan agressivlik darajalarini bog‘liqligi o‘z aksini topgan. Olueyz ushbu ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘liqlik sabablarini izlash uchun doimiy va o‘zgaruvchan kattaliklarni tadqiq etdi. U ota-onalar bilan suhbat uyushtirib, bolalarning agressiyaga moyilligini nazariy va amaliy jihatdan bog‘liq bo‘lgan to‘rtta ko‘rsatkichga asoslanib bu jarayonni o‘rgandi
1. Onaning negativi – bolaga nisbatan hudbinlik, begonalashuv, beparvolik va ahamiyatsizlik.
2. Bolaning oila a’zolari va tengdoshlariga nisbatan agressiv xatti-harakatda bo‘lishiga onaning toqat bilan yondashishi.
3. Ota-ona tomonidan jismoniy jazo metodining qo‘llanishi.
4. Bolaning temparamentidagi faollik darajasi va tortinchoqlik.
Patterson va uning izdoshlari oilaviy munosabatlar modelini ishlab chiqdilar.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling