Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya


Qo‘zg‘alishni ko‘chirish nazariyasi


Download 1.08 Mb.
bet45/92
Sana13.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1771025
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   92
Bog'liq
Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya

Qo‘zg‘alishni ko‘chirish nazariyasi. Zilmann qo‘zg‘alishning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishdagi umumiy fiziologik jarayonlarini tushuntirishga harakat qildi. Uning tadqiqotlari natijasi sifatida “qo‘zg‘alishni ko‘chirish nazariyasi” yaratildi. Bu konsepsiya quyidagi farazga asoslanadi: “Fiziologik qo‘zg‘alish qanday namoyon bo‘lishidan qat’iy nazar u shu zahoti yo‘q bo‘lmaydi, balki asta-sekin so‘nib boradi. Masalan, agar inson ishxonada o‘zi bajargan faoliyatiga nisbatan tanqidiy baho olsa, u holda uni jahli chiqishi yoki tushkun kayfiyatda bo‘lishi kuzatiladi. Xatto kechki tomon u uyiga qaytganda ham yuqoridagi holat natijasida kelib chiqqan qo‘zg‘alish ustun bo‘ladi. Agar uyda ham yoqimsiz holatga duch kelsa, u holda inson o‘zini boshqara olmaydi, “o‘zidan chiqishi” mumkin. Qo‘zg‘alish g‘azabni vujudga keltirib, agressiv xulq-atvorni yuzaga keltiradi.”
Ijtimoiy yondashuv. Nima uchun ayrim insonlar frustratsiya holatida o‘zlarini agressiv tutsalar, boshqa insonlar bu vaqtda odamovi, tinchlikni saqlovchi, o‘z uslublarini o‘zgartirishga intiluvchi bo‘lib qoladilar. Bu farqlarni aniqlovchi asosiy omil ilgari egallangan malaka hisoblanadi. Inson tirik mavjudot bo‘lib, u o‘rganishga, xulq-atvorni o‘zlashtirishga moyil bo‘ladi. Bolalar ko‘pincha xulq-atvor shakllarini ota-onalari yoki atrofidagi kishilarni oddiy kuzatish orqali o‘zlashtiradilar. Bir qancha olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bolalar agressiv xulq-atvor shakllarini quyidagi sharoitlarda samarali o‘zlashtirishlari kuzatiladi.
1. Agressiyani kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lganda.
2. Agressiv xulq-atvor qo‘llab-quvvatlanganda.
3. Ko‘pincha agressiya ob’ekti bo‘lganda.
SHu narsa alohida diqqatga moyilki, agressiv xulq-atvorning kelib chiqishi va namoyon bo‘lishida oila va oilaviy o‘zaro munosabatlar, tengqurlar guruhi hamda ommaviy axborot vositalarining roli katta ekanligi alohida e’tirof etiladi. Biologik omillar bilan bir qatorda ijtimoiy omillarning ham ta’siri sezilarli darajada namoyon bo‘ladi
Biz yuqorida agressiv xulqqa talluqli bo‘lgan asosiy nazariyalar bilan tanishib, ularning mazmun mohiyati, ahamiyati xususida qisqacha ma’lumotga ega bo‘ldik. Bu borada xorij olimlari, mutaxassis-psixologlarining agressiv xulq-atvorga oid qarashlarini ham tahlil qilish muhim ahamiyatga egadir. CHunki, ular tomonidan ishlab chiqilgan nazariy tadqiq etishda metodologik asos bo‘lib xizmat qilmoqda
Xorij psixologlarining (Y.Ilin va b.q.) ta’kidlashicha, eng avvalo agressiv xulq-atvor bo‘lishi uchun birinchi navbatda nizoli yoki odamni xavotirga soluvchi vaziyat bo‘lishi lozimdir. Lekin, vaziyatning mavjudligi hali insonda janjanlashishga moyillik holati paydo bo‘ldi, degan ma’noni anglatmaydi. Birinchidan, insonlarning o‘zaro muomalasida fikr-istaqlari, qiziqish-maqsadlarida tafovutlar bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, bu tafovutlar har bir kishi tomonidan, deyarli bir xil anglanishi lozim. Uchinchidan, bu holat hech bo‘lmaganda bir tomonning ikkinchi tomonni yoqtirmasligi, ko‘ra olmasligiga olib kelishi, fikrlar amalda to‘qnash kelishi kerakdir.
Agressivlik muammosi turli tadqiqotchilar tomonidan birday inson xulq-atvorining korreksiyasini taqozo qiluvchi, nomaqbul xulq shakli sifatida interpretatsiya qilinadi. Agressiyaning turli: bevosita kuch ishlatishdan, raqibni so‘z bilan haqoratlab, unga tahdid qilishdan tortib boshqa bir insonni yashirincha boshqarishga, kelgusida kutilayotgan noxushliklarga sha’ma qiluvchi bilvosita tanbehlar kabi shakllari mavjud. Agressiyaning ijtimoiylashuvga bo‘ysunmaydigan dardmandlik darajasidagi shakllari ham kuzatiladi. SHuningdek, shunday xatti-harakatlar ham mavjudki, ular guruhiy ixtiloflar qatnashchilarining ayrimlari tomonidan agressiya sifatida e’tirof etilsa, boshqa bir ishtirokchilar tomonidan qat’iylik, faollik, maqsadga erishishdagi izchillik sifatida tahlil qilinadi. B.Klayn agressivlikning salbiy jihatlarini inkor etmagan holda, agressiyada “ma’lum ma’nodagi sog‘lom jihatlar” ham mavjud bo‘lib, ular faol hayot kechirish uchun asqotishi mumkinligini ta’kidlaydi. Bu maqsadlarga erishish yo‘lidagi qat’iylik, tashabbuskorlik, shiddat, muvaffaqqiyatga erishish, to‘siqlarni engib o‘tish bilan belgilanadi. Mazkur sifatlar liderlar va g‘oliblarga xosdir. R.S.Xomans “agressiyani adolatni o‘rnatishga intilishi bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlar ham vujudga keltirishi mumkin”,- deb hisoblaydi. Adolatni o‘rnatish vaziyatida insonlar “taqsimlanuvchi adolatni” ya’ni mukofot va jazolarni xolis, teng taqsimlanishini qidirib qoladilar. Adolat mezonlari buzilayotgan damda, aksariyat hollarda insonlar yashirin nafratni his qilib, e’tiroz yoki asabiylik asosida javob reaksiyalarini qaytaradilar. Ijtimoiy muhitda agressivlik darajasi ijtimoiylashuv va etnomadaniy normalar bilan belgilanadi. X.Xekxauzen fikriga ko‘ra, madaniyat “norma”ni belgilaydi va xulq-atvorning agressiv shakllarini paydo bo‘lish chastotasiga ta’sir ko‘rsatadi. Biroq, inson qanchalar ijtimoiylashmasin o‘zining tabiatidan voz kecholmaydi
M.Ratter ijtimoiy dezadaptatsiya deb shunday vaziyatlarga aytadiki, bunda shaxsning asosiy muammosi xulq-atvorning ijtimoiy nomaqbul jihatlarini namoyon qilishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bularga janjallashish, urishish, betoqatlik, yolg‘onchilik, insonlar bilan yomon munosabatda bo‘lish taalluqlidir. Darslarni qoldirish, darslarni buzish, o‘g‘rilik, bezorilik kabi aksilijtimoiy xatti-harakatlar ham ijtimoiy dezadaptatsiyaga misol bo‘la oladi.
Aksilijtimoiy xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi omil sifatida agressivlikni M.Ratter boshqacha nuqtai-nazardan ko‘zdan kechiradi. M.Ratter agressivlikni oiladagi og‘ir sharoitlar, ko‘pbolalilik, maktab bilimlarini o‘zlashtirmaslik, oila va maktabdagi ta’lim va tarbiya uslublari kabi boshqa omillar bilan mushtaraqligini ta’kidlaydi.
Bugungi kunda agressiv xarakterli bolalar soni ortib borayotganligi psixologiyadagi dolzarb muammolardan joy egallashiga sabab bo‘ldi. Bolalarda agressiv xatti-harakatlarni vujudga kelishi murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unga ko‘pgina omillar o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Agressiv xatti-harakatlar oila, tengdoshlar guruhi, ommaviy axborot vositasi ta’sirida aniqlanadi. Bola agressiv xatti-harakat namunalarini quyidagi uch asosiy manbaga asoslanib to‘playdi:

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling