Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya
Vahima, uning turlari, o‘ziga xosligi
Download 1.08 Mb.
|
Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya
Vahima, uning turlari, o‘ziga xosligi.
Vahima — his-tuygʻu va kayfiyatning buzilish turlaridan biri; V.da odamni asossiz qoʻrquv bosadi, kishi nimadandir xavotirlanib, hadiksiraydi, bezovta boʻladi, koʻngli gʻashlanib, oromi yoʻqoladi, ruhan azob chekadi. Unga kelajakda falokat boʻlishi muqarrardek, oʻzi yoki yaqinlarining hayoti xavf ostida turgandek tuyuladi. V. har xil ruhiy holatlarda turlicha namoyon boʻladi: 1) yosh bolalarda voqealarni toʻgʻri anglash va tushunish qobiliyati zaif boʻlib, baʼzan ular xonada yakka qolishdan, tunda yurishdan, tushida qurqishadi; yosh ulgʻaygan sari bu alomatlar oʻz-oʻzidan yoʻqolib ketadi; 2) kishi biror nojoʻya xatti-harakat qilsa, oʻz qilmishidan xavotirlanib, V.ga tushadi, qamalish yoki jazolanishdan qoʻrqadi, tunni bedor oʻtkazib, har narsadan hadiksiraydi, oromi yoʻqolib, koʻngli gʻash boʻlib yuradi, iztirob chekadi. Tabiiy ofatlar (suv toshqini, yongʻin, zilzila va h. k.)da ham baʼzilar V.ga tushishi mumkin, ularni qoʻrquv bosadi, oʻzi yoki yaqinlarining hayotini oʻylab, bezovta boʻladi, oromi yoʻqoladi. Bunday V. sabablari bartaraf etilgach, ular tuzalib ketadi; nerv sistemasi zaif yoki kasallikka moyil odamlarda V. surunkali ruhiy kasallikka aylanib ketishi, gipertoniya yoki ayrim ichki kasalliklarga sabab boʻlishi mumkin; 3) baʼzi yuqumli kasalliklar, toʻsatdan zaharlanib, alahlashda yoki birdan boshlangan ruhiy kasalliklarda ham V. belgilari namoyon boʻladi — bemor sababsiz qoʻrqib, qattiq bezovtalanadi; 4) yoshi qaytgan (koʻpincha 50—60 yashar) kishilarda V. ruhiy kasallikning asosiy belgilaridan boʻlib, uzoq davom etadi, bemor gʻamgin yuradi, qattiq qoʻrqadi, bezovtalanadi, oʻzini qoʻygani joy topolmaydi, kelajak fojiali, falokatli, oʻzi yoki yaqinlariga qandaydir xavf tugʻilayotgandek tuyuladi. Bunday V. oʻz-oʻzini ayblash vasvasasi bilan birga uchraydi, ehtiyot choralari koʻrilmasa, bemor oʻzini halok qilishi mumkin. V. avj olganda vegetativ nerv sistemasi faoliyati buzilib, organizmda har xil biokimyoviy oʻzgarishlar roʻy beradi, qonda adrenalin, noradrenalin va qand koʻpayadi, meʼda shirasida xlorid kislota kamayadi, qon bosimi oshadi, dil oʻynaydi. V. boʻlib qolgan kishi ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanadi. Nyu Yorkdagi One World Counselling psixologik yordam markazi mutaxasisi Gulshoda Osterga ko‘ra, yaqin orada ruhiy muammolar hozirda eng ko‘p tarqalgan, deya hisoblanadigan yurak hastaliklaridan so‘ng ikkinchi o‘ringa chiqishi haqidagi bashoratlarga qo‘shiladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda o‘rtacha har 4 insondan bittasi ruhiy muammoga yuza tutadi. Bu holat keng tarqalganligiga qaramay, unga chalinganlarni kamsitish yoda ularga yovqarash hanuz saqlanib qolgan. Tushkunlikka tushganlar "zaif inson" sifatida ko‘riladi. Insonlar tobora ko‘p chalinayotgan ruhiy holatlar orasida esa hozirda eng ko‘p tarqalayotgani - depressiya, ruhiy tushkunlik. Inson borki, hayotida kayfiyati tushib, qayg‘uga botgan vaqtlari bo‘ladi. Lekin shifokorlar bong urayotgan depressiya bilan shunchaki qayg‘uga botish orasida farq nima va qanday Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling