Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix
Download 4.26 Mb.
|
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX
4-asosiy savolning bayoni:
Ruzvelt prezidentligi davrida ichki siyosatning liberallashtirilganligi tashqi siyosatda ham aks etdi. AQShning tashqi siyosati yanada moslashuvchan va haqqoniyroq bo’lib qoldi. Yangi ma’muriyatning tashqi siyosatdagi birinchi yirik ishi - 1933 yil noyabrida Sovet Ittifoqi bilan diplomatik munosabatlar o’rnatganligidir. Ikki mamlakat o’rtasida munosabatlar me’yorlashganligi ularning iqtisodiy aloqalarini faollashtirdi. 1935 va 1937 yillarda AQSh bilan SSSR o’rtasida ikki mamlakatning o’zaro foydali iqtisodiy munosabatlari rivojlanishiga imkon beruvchi savdo bitimlari tuzildi. 1933 yili AQSh hukumati Lotin Amerikasi mamlakatlariga nisbatan «yaxshi qo’shnichilik» siyosatini e’lon qildi. F.Ruzvelt Gaitidan Amerika qo’shinlarini chaqirib oldi. Kuba bilan shartnoma tuzilib, AQShning interventsiya huquqi bekor qilindi. Lotin Amerikasi davlatlari bilan ular uchun qulay savdo bitimlari tuzildi. Siyosatining yangi usullari tufayli AQSh Janubiy Amerikadagi asosiy raqiblar – Angliya va Germaniyani tezda qisib qo’yishga erishdi. 30-yillar o’rtalarida AQShdagi hukmron doiralarning diqqat markazini Evropa va Uzoq Sharq siyosati muammolari egalladi. Bu masalalar bo’yicha o’tkir siyosiy kurash avj oldi. Izolyatsionistlarning mavqei Amerikaning keng xalq doiralarida hukmron bo’lgan urushga qarshi kayfiyatlar, shuningdek, Demokratik partiyaning o’zida «betaraflik-urushga qarshi vositachi» shiorini ilgari suradigan kuchli senatorlar guruhi mavqei tufayli kuchaya bordi. Bu senatorlar guruhi ko’pgina holatlarda tashqi siyosat masalalari bo’yicha muhim qarorlar qabul qilinishiga faol ta’sir ko’rsatishga muvaffaq bo’ldi. 1935 yil avgustida ularning tazyiqi bilan betaraflik haqidagi qonun qabul qilindi. Bu qonun Evropa qit’asidagi urushayotgan mamlakatlarga qurol-aslaha va harbiy materiallar etkazilishini taqiqlardi. O’sha yillarda Xitoy va Uzoq Sharq rayonlarida AQSh bilan Yaponiya, Evropa va Lotin Amerikasida AQSh bilan Angliya, AQSh bilan Germaniya o’rtasidagi ziddiyatlar kuchayib bormoqda edi. Tashqi savdo, kapital chiqarish va neft mahsuloti ishlab chiqarish sohasida AQSh Angliyadan o’zib ketdi, lekin jahon neft boyligining 75%i Angliya nazoratida edi. Ruzvelt 1937 yil 5 oktyabr kuni Chikagoda so’zlagan nutqida agressorlar atrofida «karantin» o’rnatishga chaqirdi. U fashistik davlatlarning bosqinchilik harakatlarini ham keskin qoraladi. Shunday bo’lsada, AQSh davlat departamenti rahbarlari Myunxen bitimidan mamnun bo’lib, u «yangi xalqaro tartib» o’rnatadi, dedilar. Yirik monopolist Nudsen Gitlerni tabriklab telegramma yubordi. Reaktsion diplomat Bullit o’zining bir maktubida Sharqda Germaniya bilan Rossiya tezroq harbiy to’qnashuvini istayotganligini bildirdi. Myunxen bitimidan keyin Germaniya agressiyasining kengayishi va Yaponiya agressiyasini Xitoyning janubiy tomonlariga qaratilishi AQSh hukmron doiralarini ancha tashvishga solib qo’ydi. 1936 yil 26 iyul kuni AQSh Yaponiya bilan savdo shartnomasini bekor qildi. 1939 yil 4 noyabrda Ikkinchi jahon urushi boshlangandan so’ng betaraflik haqidagi qonun qayta ko’rib chiqildi va bu Angliya hamda Frantsiyaga AQShdan qurol-yarog’ sotib olish imkonini berdi. AQSh demokratik davlatlar tomonidagi o’z holatini qat’iy belgiladi. 1941 yil 11 martda Kongress AQSh mudofaasi uchun hayotiy muhim hisoblangan qurol va harbiy anjomlar qarzga (lend), yoki ijaraga (liz) berish uchun imkon yaratgan lend-liz haqidagi qonunni qabul qildi. AQSh lend-liz bo’yicha amalda Angliyaga, Sovet Ittifoqi va Xitoyga qurol bilan katta yordam berdi. Imperialistik ziddiyatlarning kuchayib borishi sharoitida AQSh hukumati Yaponiyaga diplomatik norozilik bildirdi. Amerika mahsulotlari uchun bozorlarni kengaytirishga urindi. Iqtisodiy va harbiy tayyorgarlik yanada kuchaytirildi. Tashqi siyosat masalalari yuzasidan AQShning hukmron lagerida munozara zo’raydi. Agressor davlatlarning, xususan Germaniyaning jahonda hukmronlik qilish uchun zo’r berib kurashayotganini hisobga olib va buning AQSh manfaatlariga xavfli ekanligini anglab prezident F.Ruzvelt 1939 yil martida «betaraflik» to’g’risidagi qonunni qayta ko’rib chiqishni taklif etdi. Bu masala kongressda qizg’in ravishda muhokama qilindi. Vakillar palatasida izolyatsionistlardan iborat ko’pchilik (188 ovozga qarshi 200 ovoz bilan) «betaraflik» to’g’risidagi qonunni o’z kuchida qoldirdi. Bu bilan fashist agressorlari uchun qulay sharoit saqlanib qoldi. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling