Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix
Download 4.26 Mb.
|
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX
3-asosiy savolning bayoni:
30-yillarda SSSR tashqi dunyo bilan aloqalarda ko’plab qiyinchiliklarga duch keldi. Jumladan, eng avvalo podsho hukumatining qarzlarini to’lash, xorijiy mulkni ularning eski egalariga qaytarish, xalqaro aloqalardagi teng huquqlilik va mustaqillik muammolari bilan bog’liq bo’ldi. Ammo bu qiyinchiliklarga qaramay, sovet diplomatiyasi tashqi munosabatlarni sekin-asta o’zgartirishga erishdi. 1941 yil arafasidayoq Sovet mamlakati bilan Estoniya, Latviya, Litva, Finlyadiya, Polsha o’rtasida diplomatik munosabatlar mavjud edi. Sovet davlati 1921 yil mart oyida Angliya bilan savdo bitimi tuzdi. Bu bitim Angliyaning haqiqatda Sovet hukumatini taniganligini bildirardi. Shundan keyin, ko’p vaqt o’tmay, 1921-1922 yillarda Germaniya, Norvegiya, Avstriya, Shvetsiya, Chexoslovakiya, Italiya bilan ham savdo bitimlari tuzildi. Evropa mamlakatlari va AQSh bilan iqtisodiy aloqalarning bir maromda rivojlanishiga tashqi savdoning davlat tomonidan monopoliyalashtirilgani to’g’anoq bo’ldi. Bu tufayli AQSh SSSR bilan savdo aloqalari o’rnatishni qat’iyan rad etdi. Sovet hukumati AQSh bilan SSSR o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga harakat qildi. 1921 yil 20 martda Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Komitetining raisi M.I.Kalinin Amerika kongressiga va AQShning yangi prezidenti Gardingga telegramma yuborib, Sovet hukumatining AQSh bilan do’stona munosabatlar o’rnatishga tayyorligini bildirdi. Shu maqsad bilan ikkala mamlakat o’rtasidagi hamma masalalarni, shu jumladan savdo munosabatlarini yangidan boshlash masalasini hal qilish uchun AQShga maxsus delegatsiya yuborish istagi borligi ma’lum qilindi. Ammo AQSh hukumati bu taklifni rad qildi. Sovet diplomatiyasi SSSR da kolonializmga qarshi kurashda o’z ittifoqchisini ko’rgan Osiyo mamlakatlari bilan do’stona munosabatlarni o’rnatishda ma’lum muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritdi. 1921 yilda Eron, Afg’oniston, Turkiya va Mongoliya bilan do’stlik va hamkorlik to’g’risida bitimlar tuzildi. 1921 yil 26 fevralda Moskva Eron bilan imzolagan shartnomada chor Rossiyasining Eron bilan tuzgan va Eron uchun asoratli bo’lgan hamma shartnoma va bitimlari bekor qilinganligi ta’kidlandi. RSFSR hukumati chor hukumatining Eron territoriyasidagi barcha kontsessiyalaridan, pul da’volaridan voz kechdi, Kaspiy dengizida Eronning o’z flotini saqlash huquqiga ega bo’lishiga rozi bo’ldi va hokazo. Shartnomaning 6-moddasi ayniqsa muhimdir. Bu modda qanday bo’lmasin biron davlat Eron territoriyasini bosib olish yoki Eron territoriyasini Sovet Rossiyasiga qarshi urush harakatlari bazasiga aylantirish maqsadida Eron territoriyasiga qurol kuchi bilan bostirib kirgan taqdirda Sovet hukumati o’zini mudofaa qilish manfaatlarini ko’zlab zarur choralar ko’rish uchun Eronga o’z qo’shinlarini kiritish huquqi borligi aytilgan. 1921 yil 28 fevralda Sovet Rossiyasi bilan Afg’oniston o’rtasida do’stlik shartnomasi imzolandi, bu shartnoma ikkala mamlakatning o’zaro mustahkam va do’stona munosabatlariga negiz bo’ldi. 1921 yil 16 martda RSFSR bilan Turkiya o’rtasida do’stlik va birodarlik haqida shartnoma imzolandi. Yakkalanib qolgan Turkiya o’z mustaqilligi uchun kurash olib borayotgan dolzarb vaqtda imzolangan bu sovet-turk shartnomasi milliy Turkiyaning xalqaro pozitsiyasini mustahkamlashga, uning dushman imperialistik davlatlar qurshovini yorib o’tishiga imkon berdi. Zakavkazedagi sovet respublikalari 1921 yilning oktyabrida Turkiya bilan shartnoma tuzdilar. 1921 yil martida Suxe-Bator boshchiligida tashkil topgan Mo’g’uliston xalq-revolyutsion hukumatining iltimosiga binoan, 1921 yilda RSFSR hukumati baron Ungernning bostirib kirgan oq gvardiyachi qo’shinlaridan Mo’g’ulistonni ozod qilish uchun kurashayotgan Mo’g’uliston xalq armiyasiga yordam berdi. Qizil Armiyaning yordami bilan 1921 yil yozida Ungren qo’shinlari tor-mor qilindi. Bir-birini tanish va bir-biriga elchi yuborish haqida 1921 yilning 5 noyabrida Mo’g’uliston Xalq Respublikasi bilan RSFSR o’rtasida shartnoma imzolandi. Sovet hukumati Xitoy bilan do’stona munosabatlar o’rnatishga intildi va chor hukumati bilan Xitoy o’rtasida tuzilgan, teng huquqlilikka asoslanmagan, Xitoy uchun asoratli bo’lgan hamma shartnomalardan voz kechganligini necha martalab bildirdi. Ammo 1920-1921 yillarda olib borilgan Sovet-Xitoy muzokaralari muaffaqiyatsiz tugadi. O’zaro da’volarni muhokama qilish va sulh shartnomasini uzil-kesil tuzib chiqish uchun konferentsiya chaqirish haqida Sovet hukumatining 1921 yil oktyabrida qilgan taklifini Angliya, Frantsiya, Italiya, Germaniya hukumatlari va boshqalar qabul qildilar. 1922 yilning aprel-may oylarida Italiyaning Genuya shahrida Evropa davlatlarining moliyaviy-iqtisodiy konferentsiyasi bo’ldi. Konferentsiyada sovet delegatsiyasiga memorandium topshirildi. Memorandumda quyidagi asosiy talablar, ya’ni: chor hukumatining, burjua Muvaqqat hukumatining va fuqarolar urushi vaqtida Rossiya territoriyasida bo’lgan har xil oq gvardiyachi «hukumatlar»ning hamma moliyaviy majburiyatlarini tan olish, chet el kapitalistlarining milliylashtirilgan korxonalarini o’zlariga qaytarib berish, tashqi savdo monopoliyasini bekor qilish va hokazo talablar bayon qilingan edi. Sovet delegatsiyasi bu og’ir talablarni qat’iyan rad qildi. Genuya konferentsiyasi hech qanday qaror qabul qilmadi. Genuya konferentsiyasi vaqtida kurort shaharchasi Rapalloda (Genuyaga yaqin joyda) 1922 yil 16 aprelda RSFSR bilan Germaniya o’rtasida diplomatik va iqtisodiy munosabatlarni tiklash, urush xarajatlarini to’latishdan ikkala tomonning ham voz kechishi haqida shartnoma tuzildi. Germaniya nemis fuqarolarining Sovet hokimiyati tomonidan milliylashtirilgan mulklari uchun haq da’vo qilmaydigan bo’ldi. Bu narsa sovet diplomatiyasining jiddiy muvaffaqiyati edi, yirik kapitalistik davlatlarning Sovet Rossiyasiga qarshi qaratilmish birlashgan frontiga bu shartnoma bilan raxna solingan edi. Rossiya va Germaniya taqdirida 1922 yili Genuyada imzolangan Rapallo bitimi katta ahamiyatga ega bo’ldi. U ikki mamlakat o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatdi. Ushbu bitim G’arb davlatlarining SSSRga nisbatan siyosiy qamalini barbod qildi. Rappalo bitimidan so’ng boshqa davlatlar ham SSSRni tan ola boshladilar. 1924 yilda Angliya va Frantsiya bilan diplomatik aloqalar o’rnatildi. Xuddi shu yili Evropadagi ko’plab davlatlar sovet davlatini diplomatik jihatdan tan olishi va u bilan diplomatik aloqalar o’rnatishini bildirdi. 1925 yil yanvarda sovet-yapon bitimi imzolandi. 1921-1925 yillarda SSSR chet mamlakatlar bilan jami 40 dan ortiq turli bitim va shartnomalar tuzdi. 1924-1925 yillarda Sovet Ittifoqi Angliya, Italiya, Avstriya, Gretsiya, Norvegiya, Shvetsiya, Xitoy, Daniya, Meksika, Frantsiya va Yaponiya bilan diplomatik munosabatlar o’rnatdi. Xitoy bilan tuzilgan shartnomaga binoan Sovet hukumati podsho hukumatining Xitoy bilan tengsizlik asosida tuzgan hamma shartnomalarini bekor deb e’lon qildi. 1932 yilda SSSR Polsha, Latviya, Estoniya va Finlyadiya bilan bir-biriga hujum qilmaslik haqida shartnoma tuzdi. O’sha yiliyoq Sovet-Frantsiya munosabatlarida burilish yasaldi. Natijada 1932 yil noyabrida SSSR bilan Frantsiya o’rtasida hujum qilmaslik haqida shartnoma tuzilishiga olib keldi. 1933 yilda SSSR bilan Italiya o’rtasida hujum qilmaslik haqida shartnoma tuzildi. Sovet hukumati hujum qilmaslik haqida ahdnoma tuzishni Yaponiyaga ham taklif qildi. Biroq, Yaponiya hukumati, SSSRga nisbatan agressiv niyatlari bo’lgani uchun, bunday shartnomani imzolashdan bosh tortdi. 1931 yildayoq Yaponiya Xitoyning shimoli-sharqiy viloyatlarini (Manchjuriyani) bosib oldi va u erda Sovet Ittifoqiga hujum qilish uchun, Xitoyga hamda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga hujumni davom ettirish uchun platsdarm vujudga keltirdi. Shu tariqa, Uzoq Sharqda jahon urushining birinchi o’chog’i vujudga keldi. Jahon urushining ikkinchi o’chog’i Germaniya fashistlarining hatti-harakatlari natijasida Evropaning markazida vujudga keldi. Fashistlar Italiyasi ham agressiya yo’liga kirdi. 1935 yilda u Efiopiyani (Xabashistonni) bosib oldi. Shundan keyingi yilda har ikkala fashistlar davlati Ispaniyada general Franko isyonini uyushtirdilar, so’ngra esa Ispaniya respublikasiga qarshi harbiy interventsiya boshlab, bu respublikani bo’g’ib tashladilar. Fashistlar Germaniyasi bilan fashistlar Italiyasi 1936 yilda «Antikommintern pakti» deb atalgan o’zaro harbiy ittifoq tuzdilar, 1937 yilda Yaponiya ana shu ittifoqqa qo’shildi va shu yili Xitoyda jinoyatkorona, bosqinchilik urushini boshlab yubordi. Yangi jahon urushini boshlab yuborishga intilgan «Berlin-Rim-Tokio» agressiv qaroqchilik bloki tashkil topdi. Ana shunday bir paytda, 1933 yil noyabrida SSSR bilan AQSh o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatildi. 1935 yilda Sovet Ittifoqi Frantsiya va Chexoslovakiya bilan o’zaro yordam haqida paktlar tuzdi. Chexoslovakiya bilan tuzilgan shartnomada, ayni vaqtda Frantsiya ham yordam ko’rsatgan taqdirda, o’zaro yordam, shu jumladan, harbiy yordam ko’rsatish ko’zda tutilgan edi. 1936 yil martida SSSR bilan Mongoliya Xalq Respublikasi o’rtasida tuzilgan o’zaro yordam haqidagi shartnoma yapon imperialistlari uchun jiddiy ogohlantirish bo’ldi. 1937 yilda Yaponiya Xitoyga hech bir vajsiz navbatdagi hujumni boshlagan paytda Sovet Ittifoqi Xitoy xalqiga yordam qo’lini cho’zdi. 21 avgustda SSSR bilan Xitoy o’rtasida hujum qilmaslik haqida shartnoma imzolandi. Chexoslovakiyaning taqdiri hal qilinayotgan kunlarda, Chexoslovakiya bilan tuzilgan o’zaro yordam ahdnomasiga Sovet Ittifoqi, Agar Chexoslovakiya va Frantsiya rozi bo’lishsa, ularga yordam qilishga tamomila tayyor ekanligini bildirdi. Sovet hukumati agressorga zarba berishning konkret tadbirlarini muhokama qilish uchun SSSR, Frantsiya va Chexoslovakiya Bosh shtablari boshliqlarining kengashini chaqirishni taklif qildi. Ammo Angliya-Frantsiyaning hukmron doiralari Chexoslovakiyani himoya qilishda birlashib harakat qilish imkoniyatidan foydalanmadi. Sovet hukumati Germaniya va Chexoslovakiya o’rtasida urush chiqqan taqdirda, Frantsiyaning qanday pozitsiya tutishidan qat’iy nazar, Chexoslovakiya hukumatiga yordam qilishga tayyor ekanligini izhor qilishiga qaramay, Chexoslovakiyaning, prezidenti Eduard Benesh boshchiligidagi burjua hukumatining o’zi ham o’z davlatining mustaqilligini himoya qilishga istak bildirmadi. Fashistlar Germaniyasi bundan foydalanib, 1938 yilning oktyabrida Chexoslovakiyani parchalab yubordi, 1939 yilning martida esa Chexiyani Germaniyaga qo’shib oldi. Sovet hukumati 1939 yil 18 martdagi notasida Germaniya hukumatiga bu bosib olish eng qo’pol agressiya ekanligini aytdi va Chexiyaning Germaniya imperiyasi sostaviga kiritilishini tan olishdan bosh tortdi. Yaponiya imperialistlari haqiqatan ham SSSRga xujum qilishga zo’r berib tayyorgarlik ko’rmoqda edi. Ular to’g’ridan-to’g’ri harbiy ig’volar uyushtirish yo’liga o’tib oldi va 1938 yil iyulda yapon qo’shinlari Vladivostokka yaqin joydagi Xasan ko’li rayonidagi Sovet territoriyasiga bostirib kirdi. 6-11 asgustda sovet qo’shinlari yapon agressorlarga qarshi zarba berdilar va uni SSSR territoriyasidan uloqtirib tashladilar. Lekin yapon bosqinchilari bu voqealardan o’zlariga tegishli saboq chiqarmadi. Mongoliyani bosib olish, sovet territoriyasiga yorib kirish, Sibir temir yo’l magistralini kesib o’tish va Uzoq Sharqni qirqib qo’yish maqsadida 1939 yil 13 mayda ular Xalxin-Gol daryosi rayonida Mongoliya Xalq Respublikasiga hujum qildi. Yaponiyaning piyoda askarlar va tanklardan iborat katta kuchlari ko’plab harakat qilayotgan aviatsiya yordami bilan uch oy davomida hujumga o’tishga urinib ko’rdi. Ammo ularning barcha xujumi qaytarildi, bunda ular juda katta talofatlar ko’rdi. 20 avgustda sovet va mongol qo’shinlari qarshi hujumga o’tdilar. Dushman qo’shinlari qurshab olindi va sakkiz kunlik jangda deyarli tamomila qirib tashlandi. Angliya va Frantsiya hukumatlari agressiyaga qarshi birgalashib kurashish masalasi yuzasidan 1939 yilning bahorida SSSR hukumati bilan muzokara olib borishga kirishdi. Muzokaralar 4 oy chamasi davom etdi va natijasiz tugadi. Sovet hukumati fashistlar agressiyasiga qarshi barcha uchun barobar asosda o’zaro yordam haqida samarali va amaliy natija beradigan bitim tuzishga bor kuchini sarf qildi. U urush bo’lib qolgan taqdirda kuchli armiya qo’yishga, Polsha, Frantsiya, Angliyaga fashistlar Germaniyasi xujum qilgan taqdirda Evropaga qo’shin yuborishga tayyor ekanligini aytdi. Lekin Angliya o’z ustiga bunday majburiyatlar olishni istamadi. Bu masalada Angliya va Frantsiya hukumatlari tomonidan qo’llab-quvvatlanayotgan Polsha, agar sovet qo’shinlariga Angliya va Frantsiyaga yordam berish uchun yo’lga tushish zarur bo’lib qolsa, sovet qo’shinlarini o’z hududidan o’tkazmasligini aytdi. Ana shularning hammasi bir tomondan, SSSR bilan, ikkinchi tomondan, Angliya va Frantsiya o’rtasidagi muzokaralarning muvaffaqiyatsiz tugashiga olib keldi. Ayni bir vaqtda Angliya hukumati Germaniya bilan eng muhim siyosiy, harbiy va iqtisodiy masalalar yuzasidan keng bitim tuzish haqida maxfiy muzokaralar olib bormoqda edi. Ro’y bergan xalqaro vaziyatni e’tiborga olib, Germaniyaning hujum qilmaslik to’g’risida shartnoma tuzish haqidagi taklifini qabul etishga qaror qildi. Shartnomaga 1939 yil 23 avgustda imzo chekildi. Bu bilan Sovet Ittifoqi bir yarim yil tinch yashash va avj olib borayotgan ikkinchi jahon urushi sharoitida o’z mudofaa qobiliyatini mustahkamlab olish imkoniga ega bo’ldi. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling