Lux City Houses
Download 6.84 Kb.
|
Lux City Houses
- Bu sahifa navigatsiya:
- BILDIRISHNOMA Hurmatli Jamshid Raupovich, Siz
- M.B.Ubaydullayev
BILDIRISHNOMA Hurmatli Jamshid Raupovich, Siz bilan 2022 yil 29-martda ko‘p qavatli turar-joy binosini birgalikda qurishda ishtirok etish uchun tuzilgan 256-sonli shartnomada ko‘rsatilgan ayrim bandlarining noto‘g‘ri tashkil qilinganligi hamda ushbu shartnomada ko‘rsatilgan shartlarning o‘z vaqtida bajarilmayotganligini ma’lum qilaman. Ushbu shartnoma bandlarida keltirilgan barcha shartlar ulushdor (ulushdor turar-joy binosining kadastr hujjatlari bankka taqdim qilingunga qadar olingan kreditni yillik 22.5-% stavkasidagi to‘lovni 13 oy davomida amalga oshirib kelmoqda) tomonidan vaqtida bajarilgan. Shartnoma predmetining 2.3 bandida qurilish yakunlashining dastlabki muddati 2022 yil iyul oyi deb ko‘rsatilgan. Lekin, hamon ajratilgan turar joy binosi ulushdorga ko‘rsatilgan shartlar asosida topshirilmagan. Shuningdek, Turar-joy qurilishi yakunlash muddati ko‘rsatilgan vaqtda tugatilmasa, shartnoma predmetida turar-joy binosini qurishni tugatish muddati bir tomonlama tartibda o‘zgartirilishi mumkinligi hamda ulushdorga xabar berish shartligi ko‘rsatilgan bo‘lsada, ulushdorga xabar berilmagan hamda quruvchi tomonidan uzaytirilgan muddat aniq ko‘rsatilmagan. Bundan tashqari shartnomada ko‘rsatilgan yana 6 ta band bo‘yicha ulushdorga nisbatan shartnoma shartlari buzilgan. Hurmatli Jamshid Raupovich, agarda shartnoma predmetida keltirilgan shartlar 2023 yil 05-maygacha bajarilmasa, ushbu masala yuzasidan batafsil, tegishli davlat organlariga shikoyat xati bilan murojaat qilishimni hamda holat yuzasidan to’plangan ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalariga taqdim qilishni ma’lum qilaman. Shu vaqtgacha uyga egalik qilish huquqini beradigan hujjatlar taqdim qilinmaganligini ushbu turar-joy binosidan xonadon sotib olgan fuqarolarning barchasi tasdiqlagan. M.B.Ubaydullayev Download 6.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling