Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Download 4.26 Mb.
bet45/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

1947 yil 15 avgustda mamlakatni ikki davlatga bo’linishi yakunlandi. Dehlida, Qizil fort ustida Hindistonni birinchi Bosh vaziri Javoxarlal Neru milliy bayroqni ko’tardi. Hindiston ozod bo’ldi.
(Yangi Hindistonning bunyodkori, uning birinchi Bosh vaziri Javoxarlal Neru (1889-1964) bu lavozimda o’n etti yil turdi. Uning rahbarligi ostida mamlakatning qoloqligini tugatish sohasida katta tadbirlar amalga oshirildi. 1966 yildan boshlab J.Neruning qizi - Hindiston milliy kongressi partiyasining lideri Indira Gandi (1917-1984) hukumat boshlig’i bo’ldi.)
1950 yil yanvarda Hindistonda yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Unga ko’ra Hindiston suveren demokratik respublika deb e’lon qilindi. Qabul qilingan konstitutsiya umumiy saylov huquqini, majlis, namoyish va din erkinliklarini ham e’lon qildi. Tabaqalar (kasta) va qullik man etildi.
Mamlakat Angliya hukmronligidan ozod bo’lganidan keyin ham sanoatning eng muhim tarmoqlari, banklar va ekinzorlarning ko’pchilik qismi avvalgidek ingliz va boshqa chet el sarmoyadorlari ixtiyorida edi. Qoloq qishloq xo’jaligi mamlakatni oziq-ovqat bilan ta’minlay olmas edi. Dehqonlarning asosiy ishlab chiqarish qurollari o’tmishdan qolgan eski edi. Hindiston dehqonlari yirik er agalari (pomeshchik) lar asorati ostida edi.
Xo’jalik qiyinchiliklarini engish va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga asos solish maqsadida hukumat eng avvalo qishloq xo’jaligini ko’tarishga intildi. Ko’pgina shtatlarda (viloyat) "Er - uni ishlaydiganlarga" tamoyilini amalga oshirishni nazarda tutuvchi agrar islohotlar to’g’risida qonunlar qabul qilindi. Lekin yirik er egalarining qattiq qarshilik ko’rsatishi bu ishlarni amalga oshirishga to’sqinlik qildi. Dehqon oilalarining ko’pchiligi hali ham oilani boqishga etarli bo’lmagan kam erga ega yoki umuman er mulkidan mahrum edi. Dehqonlarning mana shu ikki qatlami bir bo’lib, Hindistondagi barcha dehqonlarning 75 % ni tashkil etadi. Ular zamindorlardan erni og’ir shartlar bilan ijaraga olishga majbur bo’ldilar.
Urushdan keyingi yillarda mustaqil Hindiston milliy sanoatni rivojlantirishda yirik muvaffaqiyatlarga erishdi. Sobiq SSSR yordamida bir necha yirik korxonalar qurildi. Bular orasida Bxilan va Bokarodagi qudratli metallurgiya kombinatlari va boshqalari bor.
Iqtisodiy rejalarni amalga oshirish sanoat ishlab chiqarishning deyarli to’rt barobar o’sishiga olib keldi. Qishloq xo’jalik mahsulotining hajmi ham ikki barobardan ziyod ko’paydi. Hindiston agrar mamlakatdan agrar-industrial mamlakatga aylandi.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling