Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Preventiv choralar (Preventivno’e mero’)


Download 4.26 Mb.
bet84/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Preventiv choralar (Preventivno’e mero’) – BMT Nizomi asosida tinchlikka tahdid, tinchlikning buzilishi yoki agressiya aktini bartaraf etishga qaratilgan davlatlar hamjamiyati tomonidan amalga oshiriluvchi chora-tadbirlar. Preventiv choralar BMT Nizomining VII bobida qayd qilingan.


Preventiv zarbalar (Preventivno’e udaro’) – Qarang: Oldini oluvchi zarbalar.


Uti possidetis printsipi – davlat mustaqilligi qo’lga kiritilgunga qadar amalda bo’lgan ma’muriy yoki kolonial chegara chiziqlarini saqlab qolishni ifodalovchi xalqaro huquq printsipi. Odatda, ma’muriy yoki kolonial chegaralarni belgilovchi shartnomalar mavjud bo’lmagan, boz ustiga u yoki bu hududning kimga tegishli ekanligini aniqlashda avvalgi davlatning huquqiy hujjatlari doimo ham yuridik asos bo’la olmas edi. Shuning uchun ham yuridik faktlar bilan bir qatorda hududni amaliy jihatdan taassaruf etish hudud va chegaraga nisbatan huquqiy vorislikni tashkil etuvchi muhim element hisoblangan. Dastlab, uti possidetis printsipi Lotin Amerikasi davlatlari amaliyotida sobiq Ispaniya imperiyasining chegaralarini tan olish va delimitatsiya qilish jarayonida qo’llanildi. So’ngra «Lotin Amerikasi g’oyasi» xalqaro darajada e’tirof etildi. 1963 yilda Afrika birligi tashkiloti (2003 yildan Afrika Ittifoqi) mazkur printsipni birinchi marotaba mintaqa darajasida Tashkilotning Nizomida yuridik jihatdan mustahkamlab qo’ydi. AIning a’zo-davlatlari o’rtalaridagi hududiy muammolarni hal etishda ushbu printsipga sodiq qolishlari haqida bayonot berdilar. Uti possidetis printsipi qoidalarining yanada rivojlanishi hamda xalqaro-huquqiy jihatdan mustahkamlanishida BMT Xalqaro sudi ijobiy rol o’ynadi. Burkino Fasoning Mali Respublikasiga qarshi ishi bo’yicha qabul qilgan qarorida Xalqaro sud ushbu printsipni xalqaro huquqning «umumiy printsipi» sifatida baholadi. Mazkur printsipning qo’llanilishi mustaqillikni qo’lga kiritgan paytda mavjud hududga egalik huquqining muzlatilishi («hududni su’ratga olinishi») effektiga ega bo’ldi. Xalqaro sud amaliyoti uti possidetisni qo’llanilish amaliyotini kengayishiga olib keldi va davlatlararo munosabatlarda barqarorlikni taminlashda uning ahamiyatiga urg’u berdi. Jumladan, Xalqaro sud quyidagi bayonotni berdi: «printsip keng qo’llaniladi va u mantiqan mustaqillik hodisasi bilan bog’liq, zero u yangi davlatlarning mustaqilligi va barqarorligini himoya qilish uchun yuzaga kelgan».



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling