Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Davlat chegaralarining daxlsizligi printsipi (Printsip neprikosnovennosti gosudarstvenno’x granitso’)


Download 4.26 Mb.
bet86/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Davlat chegaralarining daxlsizligi printsipi (Printsip neprikosnovennosti gosudarstvenno’x granitso’) – joyda (na mestnosti) davlat chegarasi chizig’ini bir tomonlama o’zgartirish hamda tegishli xalqaro shartnomalar va davlatning ichki qoidalarini buzish orqali davlat chegaralarini kesib o’tishni ta’qiqlovchi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan printsipi. Joyda o’rnatilgan davlat chegarasi chizig’i qat’iy rioya qilinishi kerak. Chegara chiziqlarini belgilovchi chegara belgilari bir tomonlama o’zboshimchalik bilan o’zgartirilishi mumkin emas. Davlat chegarasi to’g’risidagi norma va qoidalar chegaralarning buzilmasligi va davlatlar hududining yaxlitligi printsiplariga tayanadi hamda xalqaro amaliyotga keng qo’llanadi. Chegara chizig’ini har qanday o’zgartirishlar chegaradosh davlatlarning kelishuvi va xalqaro huquqqa muvofiq tarzda amalga oshirilishi kerak.


Chegaralarning buzilmasligi printsipi (Printsip nerushimosti granits) – zamonaviy xalqaro huquqning nisbatan yangi printsipi. Mazkur printsip mintaqaviy darajada ilk bor 1975 yilda EXHKning Yakunlovchi aktida o’z aksini topdi. Bu birinchi navbatda urushdan keyingi Evropa chegaralarining huquqiy maqomini belgilash zaruriyati bilan izohlanar edi. Bugun ushbu printsip Evropa (mintaqaviy) va xalqaro xavfsizlikni ta’minlashning muhim asoslaridan birini tashkil etadi. 1991 yil dekabr oyida EIga a’zolari sobiq ittifoqdosh respublikalarni xalqaro huquqning umume’tirof etilgan norma va printsiplarini, shuningdek, chegaralarning buzilmasligi printsipini ta’minlash borasida majburiyatlarni bajarishga sodiq qolsalargina, ularning mustaqilligini tan olishlarini ta’kidladilar. Chegaralarning buzilmasligi printsipining mohiyati quyidagi uch holat bilan belgilanadi: 1) mavjud chegaralarni xalqaro huquqqa muvofiq yuridik jihatdan o’rnatilgan deb tan olish; 2) ayni paytda va istiqbolda har qanday hududiy da’volardan voz kechish; 3) ushbu chegaralarga har qanday tajovvuzdan, jumladan, kuch ishlatish va kuch bilan tahdid qilishdan voz kechish. Shunday qilib, chegaralarning buzilmasligi printsipining yuridik imkoniyatlari uti possidetis printsipidan nisbatan kengroq. Uning qoidalari nafaqat mavjud ma’muriy chegaralarning tan olinishi, balki istiqbolda hududiy da’volar va ushbu chegaralarga nisbatan tajovvuzlarning oldini olishga qaratilgan.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling