Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Xalqaro huquqda regionalizm (Regionalizm v mejdunarodnom prave)


Download 4.26 Mb.
bet89/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Xalqaro huquqda regionalizm (Regionalizm v mejdunarodnom prave) – xalqaro huquqda regionalizmning yuridik jihatdan mustahkamlanishi Millatlar Ligasi Statuti va BMT Nizomi kabi universal hujjatlarda o’z ibtidosiga ega. Millatlar Ligasi Statutida regionalizmga kamtarona o’rin ajratilgan. Xususan, Statutning 21-moddasida konfliktlarni hal etish va tinchlikni saqlanishda mintaqaviy bitimlarni amalda qo’llanishining mumkinligi ta’kidlab o’tilgan. Shunday bo’lsada, mazkur holat tadqiqotchilar tomonidan «mintaqaviy-global hamkorlikka urinishning ibtidosi sifatida» baholanadi. BMT Nizomini ishlab chiqish jarayonida regionalizm keskin tortishuvlar predmetiga aylandi. Lotin Amerikasi va arab dunyosi davlatlari – «regionalistik front» – regionalizm g’oyalarini, ya’ni uchinchi dunyo mamlakatlari manfaatlarini amalga oshirishda imkoniyat beruvchi va inobatga oluvchi g’oyalarni BMT Nizomida ifoda etilishini qo’llab-quvvatladilar. Chunki, ushbu guruh davlatlari regionalizmni « buyuk davlatlarning hukmronligi va veto huquqini tiyib turish vositasi» sifatida talqin qildilar. Xalqaro huquqqa oid aksariyat tadqiqotlarda regionalizm mintaqaviy tashkilotlar faoliyati bilan aynan ko’riladi. Bu holatni shuningdek, BMT Nizomining mintaqaviy tashkilotlarni xalqaro-huquqiy maqomini belgilovchi qoidalarida ham kuzatish mumkin. Ushbu mazmunda regionalizm «mintaqa asosida davlatlararo uyushmalarning shakllanishi» sifatida ta’riflanadi. Xususan, ilmiy muomalaga kiritilgan «yangi regionalizm» tushunchasi «sovuq urush» tugaganidan so’ng tuzilgan ko’p maqsadli mintaqaviy tashkilotlarni ifoda etish qo’llaniladi.
Mintaqaviy xalqaro tashkilotlar (Regionalno’e mejdunarodno’e organizatsii) – dunyoning muayyan geografik mintaqasi davlatlari tomonidan mintaqaviy tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, mintaqaviy muammolarni o’zaro hal etish va hamkorlikni rivojlantirish maqsadida shartnomaviy asosda tuziladigan uyushma. Mintaqaviy xalqaro tashkilotlarning tashkil topishi suveren davlatlarning mintaqa darajasida tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashning ko’p tomonlama diplomatik asoslarini shakllantirish zaruriyatini anglab etishlarining oqibatidir. Mintaqaviy xalqaro tashkilotlar zamonaviy xalqaro huquqning muhim sub’ektiga aylandi. «Mintaqaviy tashkilot» atamasi xalqaro-huquqiy muomalada tomir otib ulgurdi. Vaholanki, BMT Nizomida «mintaqaviy tashkilot» iborasi o’zining bugungi talqinida mavjud emas. Mintaqaviy tashkilotlarning xalqaro-huquqiy maqomini tahlil qilishda havola etiladigan Nizomining VIII bobi «mintaqaviy bitimlar» deb nomlanadi. Shunday bo’lsada, ayni paytda mintaqaviy xalqaro tashkilotlarga nisbatan muayyan kelishuvga erishilgan. BMT amaliyotida mintaqaviy birlashma va uyushmalarga quyidagilarning kirishi takidlab o’tiladi: shartnoma asosida tuzilgan tashkilotlar; o’zaro xavfsizlik va mudofaa maqsadida tashkil topgan mintaqaviy tashkilotlar; biror-bir faoliyat sohasi bo’yicha umum mintaqaviy rivojlanish yoki hamkorlikni ta’minlash maqsadida tuzilgan tashkilotlar; dolzarb ahamiyatga ega bo’lgan muayyan siyosiy, iqtisodiy yoki ijtimoiy masalani hal etish maqsadida tuzilgan guruhlar. Bugungi kunda mintaqaviy tashkilotlar imkoniyati xalqaro xavfsizlikni ta’minlashda BMT tomonidan faol ravishda qo’llanib kelinmoqda. Xalqaro xavfsizlikni ta’minlashda «mehnat va mas’uliyat taqsimoti» BMT va mintaqaviy tashkilotlar hamkorligida markaziy o’rinni egallaydi. Bosh Kotib – Mintaqaviy tashkilotlar hamda Xavfsizlik Kengashi – Mintaqaviy tashkilotlar formatidagi ikki tomonlama hamkorlikning o’rnatilishi ular hamkorligining burilish pallasi bo’ldi.
Risk – bu sub’ektning o’z faoliyati natijasida noqulay va ko’ngilsiz vaziyatlarning yuzaga kelish ehtimolidir. Risk doimo qandaydir ehtimollikdir. Sub’ektning (sub’ektlarning) biror-bir harakati yoki harakatsizligi yangi shart-sharoitlar majmui ta’sirida u yoki bu holatga o’tishi mumkin. Risk muayyan qarorning natijasi bo’lib, nafaqat tanlovchi, balki ehtimoldagi voqealar imkoniyati va u bilan bog’liq yo’qotishlarni ham baholovchi (masalan, Atom elektrostantsiyasining qurilishi) sub’ekt bilan bog’liq.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling