Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


S Sekyuritizatsiya (Securitization)


Download 4.26 Mb.
bet90/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

S
Sekyuritizatsiya (Securitization) – dikursiv jarayon bo’lib, uning natijasida muayyan hodisa, voqea yoki jarayon siyosiy hamjamiyat tomonidan xavfsizlik ob’ektining mavjudligiga tahdid sifatida tan olinadi. Sekyuritizatsiya deganda, odatiy siyosiy jarayon chegarasidan chiquvchi chora-tadbirlar qo’llanilishini oqlovchi siyosatni amalga oshirishning keskin shakli tushuniladi. Xususan, «maxfiylik» ostida siyosatni amalga oshirish, muayyan huquq va erkinliklarning cheklanishi, jamiyat va davlat tegishli kuch va vositalarini maxsus vazifalarning bajarilishiga sarf etish va b. Favqulodda choralarning qo’llanilish zaruriyati mavjud muammolarning o’ziga xos tabiati bilan izohlanadi. Mazkur kontseptsiya doirasida tahdidning ob’ektiv tabiati inkor etiladi, va u sub’ektlararo faoliyatning mahsuli sifatida baholanadi. Ta’kidlanadiki, muhimi xavfsizlik ob’ektiga “real” xavf solib turgan qandaydir ob’ektiv tahdidni baholash emas, balki tahdid sifatida nimani tushunish va unga kollektiv javob qaytarish borasida xavfsizlik sub’ektlarining umumiy kelishuvi shakllanishini anglab etishdir. Shu bois, mazkur kontseptsiya tarafdorlariga ko’ra, xavfsizlik «na ob’ektlarda, va na sub’ektlarda, balki sub’ektlar o’rtasida yotadigan» hodisa sifatida ta’riflanadi. Qarang: Desekyuritizatsiya.
BMT Xavfsizlik kengashi (Sovet bezopasnosti OON) – BMTning olti asosiy organlaridan biri bo’lib, ushbu universal tashkilot doirasida yalpi kollektiv xavfsizlik tizimining markaziy elementi hisoblanadi. Ushbu qoida BMT Nizomining 24-moddasida «tezkor va samarali harakatlarni amalga oshirish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning a’zolari Xavfsizlik Kengashiga xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash borasida asosiy mas’uliyatni yuklaydi» shaklida yuridik jihatdan mustahkamlab qo’yilgan. BMT Xavfsizlik Kengashi uning nomidan preventiv va majburlash xarakterdagi kollektiv hatti-harakatlarni amalga oshirish va a’zo-davlatlarga nisbatan yuridik jihatdan majburiy qarorlar qabul qilish huquqiga ega BMT tizimidagi yagona organ hisoblanadi. Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalari xalqaro hamjamiyat tomonidan harbiy yoki noharbiy xarakter kasb etishi mumkin bo’lgan kollektiv xavfsizlik choralarini qabul qilishda yuridik asos bo’lib xizmat qiladi. Zarur hollarda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Xavfsizlik Kengashi BMT Nizomining VIII bobiga binoan kollektiv xavfsizlikning mintaqaviy tizimlariga murojaat qilishi mumkin.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling