Guliston davlat universiteti «tasdiqlayman»
Download 137 Kb.
|
Zuhra dastur (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy-metodologik dastur metodologiyaning umumiy konsepsiyasi va
- II. O’quv fanining maqsad va vazifalari
Metodologik bo‘lim:
ma’lumotlarni yig‘ish uchun qo‘llaniladigan usullarning tavsifi; ma’lumotlarni qayta ishlash usuli; tadqiqotning ishchi dasturi. KIRISh Mazkur metodologik dastur O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida” gi 304-son Qarori bilan tasdiklangan “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim to’g’risidagi Nizom”da belgilangan vazifalarga muvofiq ishlab chiqilgan. Ushbu nazariy-metodologik dastur ilmiy rahbar tomonidan tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilarning 1 (birinchi) o’quv yilida ta’lim va tarbiya nazariyasining nazariy asoslari bo’yicha bilimlarini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. Nazariy-metodologik dastur metodologiyaning umumiy konsepsiyasi va masalalari, “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” fanining nazariy asoslari va ilmiy izlanish metodlarini o’z ichiga olgan. Mazkur nazariy-metodologik dastur tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilar tomonidan ilmiy rahbari yordamida 1 (birinchi) o’quv yilida o’zlashtiriladi. Mustaqil izlanuvchilar uchun 1 (birinchi) o’quv yilida nazariy va ilmiy-izlanish yuklamasi haftaga 12 soatni tashkil etadi, shundan 4 soatdan ko’p bo’lmagani auditoriya mashg’ulotlari uchun ajratilgan. Dasturni o’zlashtirish natijasida mustaqil izlanuvchi pedagogika nazariyasi va tarixi sohasida asosiy tushuncha, izlanish metodlarini o’zlashtirishi va kasbiy faoliyati natijalarini o’rganishi kerak. II. O’quv fanining maqsad va vazifalari Nazariy-metodologik kurs o’quv dasturi talabgorga “Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” fani o’qitish jarayonining asosiy qonuniyatlarini, metodlari va vositalarini, shuningdek ta’lim nazariyasini boshqa fan asoslari bilan aloqadorlik xususiyatini o’rgatadi va asosiy kursning maqsadi – talabgorning fanni o’qitishning umumiy konsepsiyasi va metodologik masalalari, o’qitish bo’yicha nazariy masalalar va ilmiy tadqiqot usullari bo’yicha kasbiy tayyorgarligini hosil qilish hamda metodik ko’nikma va malakalarini rivojlantirishdan iboratdir. Nazariy-metodologik kursning vazifasi – talabgorni “Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” fanini o’qitish mazmunini takomillashtirishda pedagogik sinergetik yondashuvning nazariy va amaliy asoslari bo’yicha ko’nikma va malakalarini rivojlantirish va amaliyotda foydalanish metodlari, texnologiyalari bilan tanishtirishdir. Download 137 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling