Fan bo’yicha bilimga, ko’nikma va malakaga qo’yiladigan talablar
“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabgor:
“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” fan sifatidagi nazariy asoslarini; uning tadqiqot metodlarini; maktabgacha ta’lim o’qitish metodlarini va texnologiyalar tarixini; maktabgacha ta’limni o’qitishda didaktik tamoyillarni bilishi;
Ma’lum sharoitlarda egallagan bilimlarni ijodiy qo’llash va ta’limning optimal variantlarini tanlay olish; ilmiy-metodik izlanishlar olib borish; pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim jarayonini loyihalashtirish va uni amalga oshirish; o’zining metodik bilimlarini doimiy ravishda takomillashtirib borish, ilg’or pedagogik tajribalar va usullarni egallay olish ko’nikmalariga ega bo’lishi;
Texnologik vositalarni foydalanish va ular bilan muomala qila olish; maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi fanning umumiy konsepsiyasi va metodologik masalalari, o’qitish bo’yicha nazariy masalalar va fan bo’yicha ilmiy tadqiqot usullarini to’liq o’zlashtirish bo’yicha malakalariga ega bo’lishi lozim.
Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Kurs bo’yicha o’quv mashg’ulotlarida ta’limning zamonaviy texnologiyalari – milliy pedagogik texnologiya va zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalaniladi. Amaliy va seminar mashg’ulotlari talabgorning o’quv faoliyatini faollashtirish, mustaqil ta’limini tashkil etish va nazorat qilish metodlari asosida tashkil etiladi. Har bir pedagogik texnologiyaning o’ziga xos jihatlari ishlab chiqilib yetarli darajada tajriba to’planadi. Shuningdek, atroflicha bilim olishni ta’minlash maqsadida talabalarga mustaqil ish mavzulari ham beriladi. Fanni zamonaviy pedagogik uslublar “Klaster”, “BumYerang”, “Debatlar” tarzida o’tish ham ko’zda tutilgandir. Ma’lumotlar ko’rgazmali o’quv qurollari, multimedia vositalari yordamida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |