ASOSIY QISM
Kursning nazariy mashg’ulotlari mazmuni
Birinchi modul
Ilmiy metodologiyaning roli (o’rni)
Ilmiy metodologiya roli (o’rni) va mazmuni. Ta’limiy metodologiya yo’nalishi. Metodologiyaning ilmiy asoslar va ilmiy bilim quroli sifatida ahamiyati. Izlanish ob’yekti, predmeti, prinsiplari, metodlari, usullari, maqsadlarini asoslash.
Ikkinchi modul
Ilmiy-pedagogik izlanishlar metodologiyasi va metodlari
Ilmiy-pedagogik izlanishlar metodlarining umumiy tavsifi. Izlanish metodi va usuli haqida tushuncha. Umumiy va lokal metodlar. Maxsus va universal metodlar: analiz, sintez, ilmiy mavxumlik, induksiya va deduksiya.
Uchinchi modul
Ilmiy-pedagogik izlanishlarining iqtisodiy usullarining mazmuni va shakllari
Ilmiy-pedagogik izlanishlar metodlarining umumiy tavsifi. Ilmiy-pedagogik izlanishlar turli metodlari qo’llanishining shartlari. Ilmiy-pedagogik izlanishlarni rejalashtirish. Ilmiy izlanish rejalari.
To’rtinchi modul
Ilmiy izlanishning tashkiliy-metodik asoslari
Adabiyot manbalari bilan ishlash metodikasi. Dissertatsiyaning tashkiliy qismlarini tayyorlash metodikasi: kirish, asosiy qism, xulosa.
Beshinchi modul
Dissertatsiya kirish bo’limining zaruriy qismlarini tayyorlash metodikasi va qoidalari
Dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, izlanish predmeti va ob’yekti, ilmiy yangiligi, metodologik va amaliy ahamiyati, izlanishning axborot bazasi, ilmiy izlanishlar metodlari.
Oltinchi modul
Izlanishning statistik metodlari
Taqqoslash: tushuncha, maqsad va turlari. Qiyosiy-tahlil metodi. O’rta kattaliklar. Dinamika qatorlari. Indeks usuli. Guruhlash metodi.
Yettinchi modul
Ilmiy izlanishning matematik-statistika usullari.
Qo’llashning mazmuni va sohasi. Chiqish ma’lumotlarning shakllanishi. Korrelyatsiya analizi: mazmun va metodika. Regression analiz: mazmun va metodika.
Do'stlaringiz bilan baham: |