Gulistоn dаvlаt univеrsitеti


Download 4.14 Mb.
bet22/75
Sana09.10.2023
Hajmi4.14 Mb.
#1696256
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   75
Bog'liq
portal.guldu.uz-MIKOLOGIYA

Identiv o’quv maqsadlari.
1.1. Diatom suvo’tlarining tallomi va hujayrasini tuzulishini biladi.
1.2. Diatom suvo’tlarini sistematikaga sola oladi.
1.3. Patsimonlar va Sentriklar sinfining asosiy vakillarini farqlay oladi.
1.4. Diatom suvo’tlarini vegetativ va jinsiy ko’payishi. Ularning tarqalishi va axamiyatini biladi.
1-savol bayoni
Diatom suvo’tlar tipiga bir hujayrali va koloniya bo’lib yashovchi organizmlarning 10000 dan ortiq tur kiradi. Ularning hammasi mikroskopik organizmlar. Diatom suvo’tlar yumaloq, tayoqchasimon, qutichasimon kabi shakllarga bo’linib, hujayrasini po’sti pektin moddasidan tashkil topgan. Tashqi tomonidan qum-tuproq bilan qoplangan - (SiO2).
Bu suvo’tlari boshqacha aytganda qum tuproqli suv o’tlari hujayra po’sti 2 palladan iborat bo’lib, talaygina qumtosh moddalar bilan singanligi bilan xarakterlanadi. Po’stining shu pallalari xuddi qutichaning qopqog’i singari bir - birini qoplab turadi. Ularni hujayrasida bitta yadro va xromatofori va protoplazma, vakuolasi bor. Xromotofori sariq bo’ladi, chunki xlorofilga maxsus qo’ng’ir pigment diatomin aralashgan. Kariotin pigmenti ham mavjud. Shu sababli ularning rangi qo’ng’ir - sariqdir. Kraxmal to’planmaydi, zapas oziqa moddasi yog’dir.
Diatom suvo’tlari 2 sinfga bo’linadi:
1. Pallalari ikki tomonlama simmetrik tuzilgan Pennatae - patsimonlar.
2. Pallalari radial tuzilgan Centricae - sentriklar.
Diatom suvo’tlari hujayrasining 2 ga bo’linishi bilan ko’payadi. Bunda hujayrani katta - epiteka va kichik - gipoteka pallalari 2 ga ajralib bir - biridan o’zoqlashadi va xar biri o’z navbatida o’ziga yangi gipoteka hosil qiladi. Hujayra yil davomida bir necha marta bo’linadi. Shu bo’linishlar natijasida organizmlar shunchalik maydalashib ketadiki natijada kichraygan organizm navbatdagi bo’linishga imkoni bo’lmaydi. Shunda ulardan 2 tasi o’zaro qo’shilib auksospora deb ataladigan sporaga aylanadi.
Auksosporalar tinch davrni o’tab o’sa boshlaydi va dastlabki kattalikka yetadi. Shundan keyin yana navbatdagi bo’linish davom etadi.
Diatom suvo’tlaridan - patsimonlar sinfiga vakil qilib - pinulariya - Pinnularia olish mumkin. U chuchuk suvlarda ko’p uchraydi.
Pinulariya bir hujayrali yirik suvo’ti shaklan cho’ziq ellipsga yoki 900 ga burilsa hujayraning 2 tomondan turlicha ko’rinishi umuman diatom suvo’tlari uchun juda xarakterli bo’lib - birinchi xili pallalar tomonidan ko’rinishi deb - ikkinchi xili - chok tomonidan ko’rinishi deb ataladi.
Uni hujayrasi chok tomoni bilan to’rgan bo’lsa, ikki - pallaning ustma - ust to’rganligini ko’rish mumkin. Usha pallaning ustinkisi - epiteka va pastkisi - gipoteka deb ataladi. Hujayra po’stiga palla tomondan qaralsa, o’rta chiziqda 3 ta yaltiroq doiracha ko’rinadi. Ularni biri o’rtada va ikkitasi hujayraning ikki uchiga yaqin joyda turadi. Bular tugunchalar deb yuritiladi va hujayra po’stining ichki tomonidan qalinlashganligi tufayli yuzaga keladi.
Chekkadagi tugunchalardan markaziy tugunchaga chiziq tortilgan, bu chiziq po’stning uzunasiga ketgan yoriqdan iborat bo’lib, chok deb ataladi.
Yadro ko’ndalagiga ketgan protoplazmatik ko’prikchada o’rtada turadi. Xromotoforlar hujayraning chok tomonini egallaydi. Pinulyariya qattiq tayanchga tegib tursa xarakat eta oladi. Chok xarakat organi bo’lib xizmat qiladi. Pinulyariya hujayrasining uzunasiga 2 ga bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Diatomlarda jinsiy yo’l bilan ko’payishi matashuvchilarda bo’ladigan konyugatsiyaga o’xshaydi qisman. Masalan: Surirella bu protsess shu bilan xarakterlanadiki 2 hujayra bir - biri bilan yaqinlashib, pallalari ochiladi va protoplastlari bir - biriga qo’shiladi. Zigota qumtuprq singmagan yupqapo’st bilan qoplanadi va xiyla usadi. Keyinchalik unda kumtuproqli po’st paydo bo’ladi va zigota kattaroq boshqa vegetativ individlar naslini yuzaga keltiradi. Bu individ keyin oddiy yo’l bilan bo’linadi.
2 sinf Tsentriklar - Centrical.
Bu sinf vakillari oldingi sinf vakillaridan shu bilan farq qiladiki chanoklari umuman shaklan doiraga o’xshab, radial tuzilgan bo’ladi. Chanoqlarida chok va tugunlar umuman bo’lmaydi. Shu sababli hujayralar aktiv xarakat qila olmaydi. Ikkinchi tomonidan, ularda ba’zan zoosporalar yuzaga keladi, ular hujayra moddasidan bir nechatadan paydo bo’ladi va xivchinli yalang’och hujayralar ko’rinishida tashqariga chiqadi. Ular bir qancha vaqt xarakat qilib yurganidan keyin xivchinlarini yo’qotadi va qum-
tuproq chanoqli po’st hosil kilib yangi individga aylanadi.
Zoosporalar bilan ko’payish juda kam ko’rinadi. Tsentriklar patsimonlar singari, hujayrani oddiy vegatativ yo’l bilan 2 ga bo’lishi bilan ko’payadi.
Ayni vaqtda hujayralar kichiklashadi va bunga qarshi ularoq ma’lum payt kelganda auksosporalar hosil bo’ladi. Auksporalar ularda faqat bir hujayrani o’zidagina konyugatsiyasiz hosil bo’ladi, lekin auksosporalar hosil bo’layotganida reduksion bo’linish bo’lib o’tadi va hujayrada 4 ta gaploid yadro hosil bo’ladi. Bularni 2 tasi xalok bo’lib, qolgan 2 tasi ya’na qo’shilishadi, natijada auksosporalar undan hosil bo’ladigan kelgusi vegetativ individlar diploid bo’lib qoladi.
Tsentriklar orasida bir hujayrali hamda koloniyali vakillar bor. Bir hujayralilarga chuchuk suv va dengiz planktonlarida uchraydigan tseklotella -Cyclotella vakil bo’la oladi. U pastak yumaloq qutichaga o’xshab ketadi.
Koloniyali diatomlarga chuchuk suvlarimizda ko’p uchraydigan melozira - Melozira misol bo’ladi. Uni iplar shaklidagi koloniyasi tsiklotella hujayrasidan ko’ra cho’ziqroq tsilindrsimon hujayralardan tashkil topgan.
Diatom suvo’tlari juda ko’p turlarni o’z ichiga oladigan va aniq belgilari bo’lib mustakil ravishda vujudga kelgan gruppadir.
Diatom suvo’tlar o’z ichiga 8 mingdan ortiq to’rni oladi. Diatom suvo’tlari dengiz suvlarida ham chuchuk suvlarda ham juda keng tarqalgan. Tsentriklar asosan plankton organizmlar bo’lib, xususan dengizlarda juda ko’p o’sadi va suvdagi hayvonlarga etarli em bo’ladi.
Patsimonlar asosan suv tubida bentos xolda o’sadi, biroq ularning xarakat qilmaydigan ba’zi vakillari planktonda ham keng tarqalgan. Diatomlarning qumtuprq singgan po’stlari hujayra o’lganidan keyin chirimay, kichikroq suv xavzalarining tubidagi balchiqlarda talaygina bo’lib to’plana oladi. Ularning yura davridan boshlab qadimgi geologik davrlardan qolgan ana shunday cho’kma qoldiqlari bor.
Bu qoldiqlar ba’zan trepel va diatomit deb ataladigan butun - butun qatlamlarni hosil qiladi. Bunday g’ovak-g’ovak yumshoq cho’kindilar 3 davr qatlamlarida ko’riladi ba’zan birmuncha keyingi davr qatlamlarida ham uchraydi. Ular asosan SiO2 dan iborat bo’lib sanoatda buyumlarni jilolashda, issiqlik o’tkazmaydigan material o’rnida hamda dinamit tayyorlashda qo’shimcha material tariqasida ishlatiladi.



Download 4.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling