Gulistоn dаvlаt univеrsitеti


ODDIY TANASIMONLAR SINFI –PROTOSTELIOMYCETES


Download 4.14 Mb.
bet30/75
Sana09.10.2023
Hajmi4.14 Mb.
#1696256
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75
Bog'liq
portal.guldu.uz-MIKOLOGIYA

ODDIY TANASIMONLAR SINFI –PROTOSTELIOMYCETES
Bu sinf vakillari keng tarqalgan bo’lishiga qaramasdan, ularning ko’pchilik vakillari faqat bizning asrimiz o’ralaridagini aniqlangan va tasvirlangan. Ularni chirigan o’simlik qoldiqlaridan, eski darxt po’stloqlaridan, go’ngdan, uzilib tushmagan mevalardan va chirindiga boy tuproqlardan ajratib olish mumkin.
Hozirgi vaqtda ularning o’nga yaqin turkumi va ko’pgina turlari tasvirlangan. Ko’pchilik vakillarida amyobasimon vegetativ tanasi morfologik jihatdan sodda tuzilgan bo’lib, mikroskopik maydadir. Ayrim vakillarida vegetativ tana ko’p yadroli, to’rsimon plazmodiy shaklda.
Oddiy tanasimonlarning ba’zi vakillarida amyobalaridan substratga birikkan mevatan –s p o r a k a r p hosil bo’ladi. Boshqalarida shoxsimon o’siqlar vujudga keladi. Ular ingichka ipning ustida bitta, ikkitadan va ko’p sonda boshcha shaklda taraqqiy etadi. Har qaysi boshcha (sporakarp) dan ikkita yoki ko’p sonda spora etiladi. Sporalar etilgandan keyin boshcha uziladi va qulay sharoitga tushganda, undan sporalar to’kiladi. Sporaning o’sishidan to’rtta yoki sakkizta bir yadroli harakatchan hujayra spora taraqqiy etadi, undan amyoboidlar rivojlanadi va hayot tsiklini qaytadan boshlaydi. Plazmodiy shakliga ega bo’lgan turlarning hayot tsikli amyoboid hujayradan boshlanadi.
Bizda bo’tachasimon tseratsiomiks (Seratiomyxa friticulosa) ning ikkita turi uchraydi. Ular o’rmonlarda chiraiyotgan daraxt tanalarida, to’kilgan barg chirindilarida yashaydi. Vegetativ tanasi makroskopik mayda bo’lib, morfologik jixatdan murakkab tuzilgan. Plazmodiysi tiniq oynasimon, deyarli oq yoki sariq shilimshiq massadan iborat, ba’zan och qizil, yashilroq rangda bo’ladi. Plazmodiy shakli tubdan o’zgargan, u xuddi asalari uyasi singari taram xosil qiladi. Taramning yuzasidan ingichka ustuncha (oyoqchalar) o’sib chiqadi va uning ustidan rangsiz bir sporali sporangi taraqiy etadi.
Oddiy tanasimonlar sinfi vakillaridan xivchinli stadiyaning saqlab qolganligi ularni evolyutsiya davomida erkin yashagan xivchinlilar Flagellatae guruhidan kelib chiqqanligidan dalolat beradi. qadamgi xivchinlilar orasida bo’yalmagan rangsiz plazmodiy bo’lgan, u shubxasiz quruqlikka chiqishini engillashtirgan. Keyinchalik moslashib yashyash natijasida spora xosil qiluvchi organ rivojlangan.



Download 4.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling