Gulistоn dаvlаt univеrsitеti


Download 4.14 Mb.
bet26/75
Sana09.10.2023
Hajmi4.14 Mb.
#1696256
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75
Bog'liq
portal.guldu.uz-MIKOLOGIYA

Nazorat savollari.
1. Qo’ng’ir suvo’tlarning tallomini tuzilishi aytib bering.
2. Qo’ng’ir suvo’tlarini hujayra tuzilishini ayting.
3. Qo’ng’ir suvo’tlari qanday sinflarga bo’linadi?
4. Izogeneratnomalar sinfiga xarakteristika bering.
Geterogeneratlar sinfini asosiy belgilari va vakillarini aytib bering.


Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari.
Qizil, qung’ir, diatom suvo’tlarining filogenetik aloqalarini taxlil qiling 1(34-56 b).
Arafinalar yoki choksizlar tartibini taxlil qiling.tablitsalardan sinedra, fragilariya, tabellariyalaring rasmlarini kuzatib taxlil qiling. 2(118-120 b)


Mavzuga oid adabiyotlar


1. J.Tadjibaev. Tuban o’simliklar.Toshkent «O’qituvchi» 1995 y.
2.Sh. Tojiboev O’simliklar sistematikasi. Toshkent 1990y.
3.Kursanov L.I. Botanika II tom. Toshkent 1963 y.
4.S.S.Saxobidinov. «O’simliklar sistematikasi» Toshkent «O’qituvchi» 1976 y.
5 - mavzu: Pirofita va evglena suvo’tlari bo’limi

Ajratilgan vaqt - 2 soat.


Mashg’ulot turi - ma’ruza.


Asosiy savollar.

  1. Pirofit suvo’tlar bo’limi –Pyrrophyta

  2. Evglena suvo’tlar bo’limi – Euglenophyta



Mavzuga oid tayanch iboralar va tushunchalar: Tsaretsum, kriptofit, dinofit, peredinum, gidrirus.


Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar:
1.Pirofit suvo’tlarida hayvon belgilari bor deb qaraladi. Bu qarashga qo’shilasizmi? Yoki boshqacha fikrdamisiz?


1-asosiy savol buyicha dars maqsadi: Pirofit suvo’tlar bo’limi haqida to’liq tushuncha berish.


Identiv o’quv maqsadlari.
1.1. Pirofit suvo’tlar bo’limini ta’riflay oladi.
1.2. Kriptofitsimonlar va dinofitsimonlar sinfini to’liq xarakterlaydi.


1 - savol bayoni.
Bu bo’limga mansub suvo’tlar mikroskopik, asosan bir hujayrali, ko’pincha ikki xivchinli, suvda erkin suzib yuradi. Hujayrasi dorzoventral tuzilgan. Uning sirtidan bo’yiga va eniga qarab ketgan egatchalarning bir-birini kesishgan joyidan har xil uzunlikda 2 tadan xivchin chiqadi. Hujayrasi po’stsiz yoki sellyulozali po’st bilan, ko’pchiligida esa suvo’tga o’xshash naqshdor qumtosh moddalar bilan qoplangan.
Xramotofori xujayraning chetlarida joylashgan, tarkibidagi xlorofill, karotin va ksantofil pigmentlari hujayraga och jigarrang, qo’ng’ir, ba’zan sarg’ish, tillarang qizg’ish tus beradi. Zapas oziq moddalar sifatida kraxmal va moy xosil bo’ladi. Oddiy bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Naqshdor sovutli formalarda bo’linish natijasida hosil bo’lgan qiz hujayralar sovutli po’stni yarimtadan bo’lib olishadi va etishmagan qismini keyinchalik hosil qilishadi. Pirrofit suvo’tlarda jinssiz ko’payish xam uchrab, bunda ikki xivchinli zoospora yoki xarakatlanmaydigan aplanasporalar yuzaga keladi. Noqulay sharoitda tsistaga aylanishi mumkin. Jinsiy ko’payish ro’y bermaydi. Pirrofitlar turli ekologik sharoitli suv xavzalarida keng tarqalgan. Ular suv xavzalarida sapropel xosil bo’lishda ishtirok etadi. Pirrofit suvo’tlar sistematika jixatidan 1100 dan ortiq turini o’z ichiga olgan: 2 ta kriptofitlar (Cryptophyceae) va dinofitlar (Dinophyceae) sinflariga bo’linadi.
Kriptofitsimonlar sinfi. Bular ko’pincha hovuz va ifloslangan halqob suvlarda tarqalgan bo’lib, ba’zan katta suv havzalari hamda ko’llarda ham uchraydi.
Bu sinf vakillari –bir hujayrali monand shaklda, ba’zan kokkoid, palmelloid shakllari ham kuzatiladi. Hujayra dorzoventral tuzilishda, periplast bilan o’ralgan. Hujayraning old qismida bitta qo’ng’ir tusli chuqurchasi bo’ladi. Ba’zilarida bo’g’iz ham uchraydi. Hujayraning old qismidan ikkita lentasimon, deyarli bir-biriga teng bo’lgan xivchin o’tadi., ikkala xivchinda mastigonema bo’lib, bitasida ikki qator joylashgan. Xramotoforlari bitta, ikkita yoki ko’p bo’lishi mumkin. Ularning rangi har xil, chunki xlorofildan tashqari tilakoid ichida xlorofill «a» va «s» bo’lib, uning tarkibida karotin, ksantofill, ba’zilarida fikobilin bo’ladi.
Kriptosimonlar xujayraning oddiy bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Eng ko’p tarqalgan vakili kriptomanas (Cryptomonas, 4- rasm) dir.

4- rasm. Cryptomonas, xujayrasining tuzilishi: Ya- yadro:
XF- xramotoforlari: E-ediktasollari: Xv- xarakatchan vakuola: X-xalqum



Download 4.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling