Nazorat savollari.
1.Evglenalar hujara tuzilishini tushintirib bering.
2.Evglenalarning tabiatda qanchaga yaqin turi uchraydi.
A. 500 V. 400 S. 450 D. 300 E. 150
3.Traxelomonasning hujara tuzilishini izoxlang?
4.Evglenofitlar suv xovzalarini tozalashda qanday axamiyaga ega.
Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari.
Kriptofitlar va dinofitlar sinfi, tekanang tuzilish tasvirini taxlil qiling 1 (194-196 b).
Mavzuga oid adabiyotlar.
1.Tojiboev SH. Tuban o’simliklar.Toshkent «O’qituvchi» 1995 y.
2.Tojiboev SH. O’simliklar sistematikasi. Toshkent 1990y.
3.Kursanov L.I. Botanika II tom. Toshkent 1963 y.
4. Saxobidinov S.S.. «O’simliklar sistematikasi» Toshkent, «O’qituvchi» 1976 y.
6- mavzu. Shilimshiqlar bo’limi. – Myxomycota
Ajratilgan vaqt - 2 soat.
Mashg’ulot turi - ma’ruza.
Asosiy savollar.
Oddiy tanasimonlar sinfi.
Haqiqiy shilimshiqsimonlar sinfi.
Mavzuga oid tayanch iboralar va tushunchalar: plaodiy, psevpodiy, sporakarp, tseraktsiomiks, etaliy, kapilitsiy, fizarium, stemonitis, diktiostellium.
Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar:
1. Shilimshiqlarda plastidalarning xlorofil pigmentlari bo’lmaydi. Sizningcha plastidalardan qaysi biri shilimshiqlarda uchraydi deb o’ylaysiz?
1-asosiy savol buyicha dars maqsadi: Oddiy tanasimonlar sinfiga umuiy tushuncha berish.
Identiv o’quv maqsadlari.
1.1. Shilimshiqlar bo’limini xarakterlay oladi
1.2. Oddiy tanasimonlar sinfini ta’rifla oladi.
1 – savol bayoni.
Bu bo’limga xlorofillsiz organizmlardan 450 turi kirib, ularning tuzilishi va hayot tarzi nihoyatda turli-tumandir. Ular ichida tuproqda erkin yashaydigan vakillari ham bo’lib, chirigan organik moddalar hisobiga oziqlanadi. Ayrim vakillari suvo’tlar, zamburug’lar va yuksak o’simliklar tanasida yashab parazitlik qiladi.
Shilimshiqlarning vegetativ tanasi mikroskopik bo’lib, bir xujayrali va bir yadroli yoki ko’p yadroli amyoboid shakldadirlar. Ularning vegetativ tanasi plazmodiy deb ataladi. Plazmodiy ayrim hollarda bir necha santimetrgacha boradi. Ayrim turlarida haqiqiy plazmodiy hosil qilmasdan psevdopodiy-soxta oyoqlar chiqarib, amyobasimon harakat qiladi.
Shilimshiqlarning ko’pchilik vakillarida tanasi vegetativ stadiyasida amyoboid xujayradan iborat bo’lib, bunday hujayra bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Ba’zi turlarida plazmodiy mayda bo’laklarga bo’linib, ikki xivchinli zoosporalarga o’xshab harakat qiladi.
Shilimshiqlarning ayrim vakillaridan hayot tsikli o’ziga xos xususiyatiga ega bo’ladi. Chunonchi, erkin yashovchi plazmodiy ma’lum bir vaqtda noqulay sharoitga tushib qolsa, mevatana hosil qiladi. Mevatana qattiq po’st bilan o’ralgan bo’lib, ichida sporalar joylashgan. Parazitlik qilib yashaydigan vakillarida mevatana hosil bo’lmaydi, lekin plazmodiy ho’jayin o’simlik hujayrasida bo’laklarga bo’linib, spora hosil qiladi.
Sroralar yetilgach qulay sharoitga tushgandan so’ng po’sti yoriladi va undan bir-biriga teng bo’lmagan silliq, ikki xivchinli zoospora chiqadi yoki amyoba oddiy bo’linish yo’li bilan ko’payadi, keyin ular bir- biri bilan qo’shilib, diploid xujayra xosil qiladi, ulardan plazmodiy rivojlanadi.
Shilimshiqlar tuzilishhi va taraqqiy etish xususiyatlariga asoslanib quyidagi sinflarga bo’linadi:
oddiy tanasimonlar – Profesteliomycetes,
haqiqiy shilimshiqsimonlar-Myxogasteromycetes
plazmodiforsimonlar- Plasmodiophoromyctes
hujayrali shilimshiqsimonlar- acrasiomycetes
Do'stlaringiz bilan baham: |