Gulistоn dаvlаt univеrsitеti


Download 4.14 Mb.
bet31/75
Sana09.10.2023
Hajmi4.14 Mb.
#1696256
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   75
Bog'liq
portal.guldu.uz-MIKOLOGIYA

Nazorat savollari


1.Shilimshiqlarning vegetativ tanasini tushintiring?
2.Shilimshiqlar tuzilishi va taraqqiy etish xususiyatlariga asoslanib qaday sinflarga bo’linadi
3.Oddiy tanasimonlarning sporakrp xosil bo’lish jarayonini tushuntirib bering.


2-asosiy savol bo’yicha dars maqsadi: Xaqiqiy shilimshiqsimonlar sinfiga umuiy tushuncha berish.


Identiv o’quv maqsadlari.
1.1. Xaqiqiy shilimshiqsimonlar sinfiga tushuncha bera oladi
1.2. Xaqiqiy shilimshiqsimonlar sinfining tarqalishini biladi.


2 – savol bayoni.
Xaqiqiy shilimshiqsimonlar sinfi
Bu shilimshiqlar bo’limining eng katta sinfga bo’lib, 400 dan ortiq turni birlashtiradi. Ular o’rmonlardagi chiriyotgan daraxt to’ngaklarida, nam erdagi o’simlik chirindilarida va organik moddaga boy erlarda yashaydi.
Vegetativ tanasi plazmodiy, ya’ni ko’p miqtordagi diploid yadrolarga ega. Plazmodiy xar xil kattalikda bo’lib, ba’zi turlarida bir necha millimetr, ayrimlarida 15 –20 sm va undan xam katta bo’lishi mumkin. Plazmodiy tarkibida suv 30% oqsil, glyukogen, yog’, xar xil rang beruvchi pigmentlar, fermentlar, vitamin, sterol va boshqa organik moddalar bo’ladi, ba’zilarida 30% gacha oxak to’planadi. Plazmodiy substratdan qattiq oziq bo’lakchalarini va organik modda qoldiqlarini, amyoba, bakteriya, zamburug’larning sporasini, umurtqasiz mayda hayvonlarni yutib xazm qiladi. Ular juda tez katta bo’ladi.
Sporangiy xosil qilish oldidan plazmodiy yorug’iga tomon siljib xarakatdan to’xtaydi. Tanasidagi suvni yo’qotb, quruq uyushma mevatanaga aylanadi. Eng sodda tuzilishga ega bo’lgan mevatana (sporangiy) plazmodiokarp deb ataladi. Bunday plazmodiy shaklini o’zgartirmagan xolda pardasimon kemirchak-peridiy deb ataladigan po’st bilan o’raladi. Plazmodiokarpning sitoplazmasi bo’linib, qalin po’stli sporalarga aylanadi. Ba’zi shilimshiqlarda sporalar shunday yo’l bilan hosil bo’ladi. Lekin ko’pchilik vakillarida yakka-yakka hosil bo’lgan ko’plab sporakaplar periydi bilan o’ralagn, o’troq yoki ustuncha (oyoqcha) yordamida substratga birikkan bo’ladi. Ba’zi shilimshiqlarda sporakarplar taraqiyot davrida boshlanishida umumiy po’st bilan o’raladi. Bunday sporakarp to’dasiga etaliy deb ataladi. (5- rasm A.)

5-rasm. Lycogala. A-etaliy; B- voyaga etgan etaliyning kesmasi; V-soxta kapillyatsiya ipi; G-sporalari


shilimshiqlar noqulay sharoitga tushsa, tezdan shu sharoitga moslashadilar. Masalan, qattiq sovuqda, ovqat bo’lmay qolgan vaqtda plazmodiy quyuqlashib, pishiq massaga-sklerotsiyga aylanadi. Sklerotsiy bir necha o’n yil davomida hayyotchanligini saqlaydi. Shuningdek spora ham uzoq vaqtgacha o’smasdan, hayyotchanligini saqlash hususiyatiga ega Zoospora va miksoamyoba noqulay sharoitga tushsa, vaqtincha o’sishdan to’xtaydi va qulaylik sodir bo’lganda qaytadan o’sishni davom ettiradi.
Sinfning eng muhim artiblari; litselilar Licsales, trixolilar Trichiles, fizarlilar Physarales va stemonitlilar Stemonitales dir.

Download 4.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling