Gulistоn dаvlаt univеrsitеti


Download 4.14 Mb.
bet32/75
Sana09.10.2023
Hajmi4.14 Mb.
#1696256
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   75
Bog'liq
portal.guldu.uz-MIKOLOGIYA

Litselilar tartibi- Bu tartib vakillari sporangiysi ichida haqiqiy kapilitsiy bo’lmaydi. Ularga daraxt likogalasi Licogala epidendrum misol bo’la oladi. Ular hamma erda, ayniqsa, chiriyotgan daraxt tanalarida, to’ngaklarda ko’p tarqalgan (5-rasm A). Plazmodiy va mevatanasi qizil rangda. Tuxumsimon sporangiysi o’troq, to’da-to’da bo’lib, dm. 1,5 sm ga etadigan etaliy hosil qiladi. Etaliyning rangi boshda plazmodiyga o’xshash bo’lib, sporalar etilganda pushti-qo’ng’ir tusga kiradi. Peridiy yupqalashadi va juda ham osonlik bilan yorilib, uchida teshikcha hosil qiladi, undan sporalar otilib chiqadi (5-rasm B,G). Etaliy ichida soxta kapilitsiy bo’lib, uning shakli shoxlangan ipga o’xshaydi. (5-rasm V).
Trixolilar tartibi-bu tartib vakillari likogala singari daraxtlarda tarqalgan. Hamma turlari o’ziga xos tuzilishli haqiqiy kapiltsiyga ega. Eng ko’p tarqalgan vakil tarixiya Trichia dir
Fizarlilar tartibi- turlar soni jixatidan eng katta hisoblanadi. Sporangiy, peridiy va kapilitsiy ustida kristallanmagan ohak donachalari bo’ladi.
Fizarium turlarning o’zgaruvchanlik amplitudasi juda keng bo’lib. Har xil substratga tarqalgan, hatto tirik o’simlik tanasida ham uchraydi. Eng oddiy va keng tarqalgan vakili fiziarumdir. Bu turkumning sodda tuzilgan yana bir turi ko’p boshli fizarumdir. Uning sariq yoki yashil-sariq rangli plazmodiysi zamburug’larning yumshoq mevatanasiga o’rnashib, spora va qalpoqcha shirasini so’rib oziqlanadi.
Stemonitlilar tartibi- mazkur tartibning plazmodiysi juda nozik va tiniq. Spora hosil qilish sporangiy yoki etaliy vositasida sodir bo’lad. Peridiy po’st bilan o’ralgan, lekin tezda yo’q yuo’lib ketadi. Peridiy va kapilitsiyda ohak donachalari to’planmaydi. Bu tartibning keng tarqalgan turkumi stemonitisdir.


Nazorat savollari.
1.Plazmodiy deb nimaga aytiladi?
2.Shilimshiqlar tuzilishi va taraqqiy etish xususiyatlariga asoslanib qanday sinflarga bo’linadi?
3.Oddiy tanasimonlar sinfiga ta’rif bering?
4.Haqiqiy shilimshiqsimnlar sinfining eng muxim tartiblari qaysilar?
5.Stemonitlilar tartibiga izox bering?

Download 4.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling