Gulistоn dаvlаt univеrsitеti


Download 4.14 Mb.
bet40/75
Sana09.10.2023
Hajmi4.14 Mb.
#1696256
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75
Bog'liq
portal.guldu.uz-MIKOLOGIYA

Nazorat topshiriklari.
1. Xaltachalilar sinfiga necha ming tur kiradi?
2. Xaltachalilarni asosiy belgilari nimada?
3. Soxta tana deb nimaga aytiladi?
4. Xaltachalilarda qaysi ko’payish muxum ahamiyatga ega?


Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari.
1. Zamburug’laring sinflarga bo’linish sabablarini taxlil qilish.2(29-31 b).
2. Xitridiya sinfi vakillarining tuzilishi chizmalarini rasmlardan taxlil qilish. 2(33-42 b).


Mazuga oid adabiyotlar
1.Tojiboev SH. Tuban o’simliklar.Toshkent «O’qituvchi» 1995 y.
2.Tojiboev SH. O’simliklar sistematikasi. Toshkent 1990y.
3.Kursanov L.I. Botanika II tom. Toshkent 1963 y.
4. Saxobidinov S.S.. «O’simliklar sistematikasi» Toshkent, «O’qituvchi» 1976 y.
9-mavzu: Bazidiomitsetlar sinfi.
Ajratilgan vaqt 2- soat

Mashgulot turi – maruza




Asosiy savollar
1. Bazidiyalilar sinfi va bazidiyalilarni sistematikasi.
2. Xolobazidiomitsetlar kenja sinfi. Geminomitsetlar guruhi. Qalpoqchali va po’kak zamburug’lari, ularning muxim vakillari.
3. Teliobazidiomitsetlar kenja sinfi va bazidiyali zamburug’larning kelib chiqish evolyutsiyasi.
Mavzuga oid tayanch iboralar va tushunchalar: bazidiya, endogen, ekzogen, bazidiyasporalar, dikarion, sterigma, xolobazidiya, fragmobazidiya, ekzobazidiyalar, gimenomitsetlar, gasteromitsetlar, avrikulyarya, geminial, gemenofor, trama, uredospora, teleitospora, spermatsiy, piknidiyaspora, bazal hujayra, etsidiospora, geterotalizm.
1-asosiy savol buyicha o’qituvchi maqsadi. Bazidiyali zamburug’larning umumiy tavsif berish. Bazidiosporalarni hosil bo’lishi xakida tushuncha berish.


Identiv o’quv maqsadlari:
1.1. Bazidiolarning o’ziga xos xususiyatlarini izoxlay oladi.
1.2. Bazidiyalilarda sodir bo’ladigan jinsiy ko’payish jarayonini biladi.


1 – savol bayoni
Bazidiyali zamburug’lar yuksak zamburug’larning 2-sinfi bo’lib, bunga 25000 dan ziyod tur kiradi. Bularning orasida foydali yoki qishloq xo’jaligiga katta ziyon yetkazadigan parazit va zaxarli turlari ham bor.
Bazidiyali zamburug’larni mitseylisi, xaltachali zamburug’larnikiga o’xshash ko’p hujayrali va to’siqli bo’ladi.
Jinsiy spora – bazidiya (grech. Basidion – asos, tub.) ekzogen yo’l bilan mitseliy uchlarida hosil bo’ladi Bazidiya 2 yadroli hujayralardan vujudga keladi. Ularda jinsiy organlar bo’lmaydi.
Jinsiy jarayon bazidiya sporalarining o’sishdan hosil bo’ladigan gaploidli 2 ta vegetativ mitseliyni qo’shilishi asosida ro’y beradi. Gomotalizm turlarda, jinsiy sporaning o’sishdan hosil bo’lgan giflar bir-biri bilan qo’shiladi Ammo ularda geterotalizm ham kuzatiladi. Sirtdan qaraganda bir xil ko’rinsa ham lekin fiziologik jixatdan farq qiladi. Shunga ko’ra (Q) va (-) belgilari bilan belgilanadigan 2 gaploid mitseliy bir-biri bilan uchrashgan taqdirdagina diploid mitseliy hosil bo’ladi. Bunday vaqtda faqat hujayrani sitoplazmasi qo’shilib, yadrolar bir-biriga yaqinlashib dikarion hosil bo’ladi. Keyinchalik dikarionlar ham o’z navbatida bo’linadi. Dikarion bu qo’sh yadrolik demakdir. Dikariotik mitseliylar tuproqda, o’simlik tanasida va bargida uzoq vaqt saqlanishi mumkin.
Dikariotik giflarning uchlarida 2 yadroli hujayradan bazidiya hosil bo’ladi. Bazidiyani rivojlanishi xaltacha rivojlanishiga o’xshab ketadi. Bazidiyada ham xaltachada ham 2 yadroli dikarionlarning bir-biri bilan qo’shilishidan diploid kapulyatsion yadro vujudga keladi, keyinchalik u reduksion bo’linib, bazidiyada 2-4 (ko’pincha 4) ekzogen sporalar hosil bo’ladi. Bazidiya sporalar rivojlanib, bazidiya yuzasida 4-ta o’simta paydo bo’ladi. Bu o’simtalarning uchi sharga o’xshab o’sib chiqadi, keyin ularga 1 tadan yadro o’tadi. Shunday qilib bazidiosporalar bazidiya yuzasidagi ingichka o’simtalar-stigmalar uchida joylashadi. Bazidiyalar tuzilishi jixatdan 3 xil bo’ladi.
1. Xolobazidiya deb ataladi - bir hujayrali silindrik shaklda bo’ladi. Bunday bazidiyada bazidium sporalari bir xil tekislikda joylashadi,shunga ko’ra ularni auksospora tipidagi bazidiumlar deyiladi.
Bu sporalar etilgan bazidiyada ortib ketgan osmatik bosim kuchi bilan faol xolda otilib chiqadi. Bazidiomitsetlarning ayrim vakillarida meva tana ichida oval yoki notug’ri shaklda bazidiosporalar hosil bo’ladi. Ular faol xolda otilib chiqmaydi. Bularga plevrospora deb aytiladi.
2. Ba’zan bazidiyalar 2 qismdan iborat bo’ladi. Uni ostki kengaygan qismi- gipobazidiya va ustki qismi- epibazidiya deyiladi. Epibazidiya ham ko’pincha 2 qismdan iborat bo’ladi. Bunday murakkab bazidiyalar geterobazidiyalar deb ataladi.
3. Ba’zi bazidiomitsetlarda yadrosi bo’lingach bazidiya hujayrasi ham bo’linadi, natijada bazidiya 4ta hujayradan tashkil topadi. Ularning xar biridan 1tadan bazidiyasporalar etiladi. Ularga fragmobazidiyalar yoki telobazidiyalar deb ataladi. Fragmobazidiya tinim davridagi qalin devorli hujayradan hosil bo’ladi bunga geliospora deb ataladi.
Bazidiomitsetlarni meva tanasi shilimlik yoki yumshoq parenximatik to’qimalardan tuzilgan bo’lib, shakli xar xil, ko’zidumbada-qalqonsimon, pupaklarda-tuyoqsimon, uy zamburug’larida-pardasimon va xokazo bo’ladi. Meva - tana bazidiya va parafizalardan iborat geminiy qatlamini hosil qiladi. Bu qavat sodda tuzilgan vakillarda mevatanani ustki qismida, rivojlangan vakillarda esa ostki yoki ichki satxidan chiqqan turli tikanakli o’simtalar, burmalar va naychalar ichida joylashadi. Mevatanani geminial qatlam joylashgan satxi geminifor deb ataladi.
Geminiy - bazidiya va bazidiospora yoki bazidial qismdan iborat bo’lib, ularning o’rtasida yirik hujayradan tashkil topgan tsistidlar bo’ladi. Tsistidlar geminial qatlamni ximoya kilish vazifasini bajaradi. Tsistidlarni shakli xar xil bo’lgani uchun sistematik ahamiyatga ega.
Bazidiomitsetlar sinfi bazidiyaning tuzilishi va rivojlanishi xususiyatiga qarab 3ta kenja sinfga bo’linadi.
Xolobazidiomitsetlar kenja sinfi. Ularning bazidiyalari tsilindrsimon bir hujayralidir. Teliobazidiomitsetlar kenja sinfi. Ularning bazidiyalari ko’p hujayrali (asosan 4 hujayrali) bo’ladi.



Download 4.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling