Gulistоn dаvlаt univеrsitеti


Download 4.14 Mb.
bet38/75
Sana09.10.2023
Hajmi4.14 Mb.
#1696256
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75
Bog'liq
portal.guldu.uz-MIKOLOGIYA

1-asosiy savol bo’yicha dars maqsadi: Xaltachali zamburug’larni tuzilishi xaltacha va sporalarni rivojlanishi. Meva-tanalarining hosil bo’lishi va ularning xillari xakida bilim berish.


Identiv o’quv maqsadlari.
1.1. Xaltachali zamburug’lar sinfiga xos xususiyatlarni biladi.
1.2. Xaltachalilarning vegetativ tana tuzilishini izoxlay oladi.


1- savol bayoni
Bu sinf 20 ming to’rni o’z ichiga oladi. Ular asosan xaltachalar yordamida spora hosil kilish bilan xarakterlanadi.
Ko’pgina vakillari jinssiz yo’l bilan xar xil konidial sporalar xosil qiladi va xatto rivojlanish tsiklida ustunlik qiladi. Bo’larda mitseliy bir yoki ko’p yadroli va hujayralarga bo’lingan bo’ladi.
Sporalar asosan xaltachalarda etiladi. Eng oddiy vakillarida (spora) xaltachalar to’g’ridan to’g’ri zigotadan hosil bo’ladi; mitseliyni 2 ta hujayrasi bir biriga qo’shiladi shu bilan birga ularni yadrolari ham qo’shiladi. Shunday hosil bo’lgan zigota to’g’ridan to’g’ri xaltachaga aylanadi.
Ayni vaqtida zigotaning kopulyatsion yadrosi reduktsion bo’linadi. Ketma-ket bo’lib qo’shgan 2 ta yoki 3 bo’linishidan keyin 4 yoki 8 ta gaploid yadro verjuda kelib, atrofida yadrolar nechata bo’lsa o’shancha askospora hosil bo’ladi. Bunda zigotdan 1 ta xaltacha hosil bo’ladi va xaltachalar mitseliyda 1 ta 1 ta bo’lib joylashadi.
Jinsiy organlar mitseliy ustida to’p-to’p bo’lib yuzaga keladi. Xar bir to’pi bir-biriga yondoshgan otalik va onalik organlaridan tashkil topgan. Meva tana shulardan vujudga kelgan. Bu erda: arxikarpiy deb ataladigan onalik organ 2 ta hujayradan: sharga o’xshab qavarib turadigan va askogen - deb ataladigan pastki hujayra, trixogina - deb yuritiladigan tsilindrsimon ustki hujayradan tuzilgan.
Otalik organi - anteridiy - 1ta tsilindrsimon hujayradan iborat.
Jinsiy organlardan shu hujayralarni hammasi ko’p yadrolidir, lekin ularning moddasi zigomitsetlardagidek alohida gametalarga bo’lingan emas.
Otalanish vaqtida anteridiy trixoginani uchiga egilib keladi va o’z moddasini yadrolari bilan birga uning ichiga quyadi.
Trixogina bilan askogen orasidagi to’siqli teshik orqali trixoginadan anteridiy yadrolari bilan juft-juft bo’ladi yaqinlashadi lekin bir-biriga qo’shilmaydi. Shundan keyin askogendan tezgina askogen giflari shoxlangan ko’rishida o’sib chiqadi. Juftlashgan bir-biriga yaqinlashgan yadrolar askogen giflariga o’tadi va usha giflar tarmoqlarining uchlarida xaltachalar hosil bo’ladi. Shu xaltachalar ichida 8 tadan askospora etiladi. Natijada shoxlangan askogen giflari vositasida otalangan 1ta askogendan bir talay xaltachalar hosil bo’ladi. Shu bilan birga jinsiy organlar hosil qiladigan mitseliy giflari o’sha xaltachalar atrofida bir-biriga o’ralib meva tanasini kigizga o’xshagan to’qimasini hosil qiladi.
Jinsiy organlar ham askogen giflari ham shu to’qimada joylashgan bo’ladi. Askogen giflari keyin yana o’sar ekan, shu erda shaklan taqsimchaga o’xshab turadigan meva tanasining ustki yuzasiga etib boradi, xaltachalar ochiq xolda joy oladi va o’zidagi askosporalari etilgan sari oshib chiqarib tezradi.
Pironema va boshqa askomitsetlarning xaltali meva tanasi morfologik tabiati jixatdan 2 xil tuzilmadir. Otalanishdan keyin meva tanasida hosil bo’lib, bir-biriga yaqin turgan otalik va onalik yadrolari bor askogen giflarining xar bir jufti diploid yadroga to’g’ri keladi - (bunday yadrolar dikarionlar deb yuritiladi) va rivojlanishning diploid davri deb hisoblanadi.
Xaltali zamburug’lar asosan meva tanalarini tuzilishga va qisman xaltachalarning shakliga qarab sitematik gruppalarga bo’linadi. Ko’pchilik askomitsetlarda askosporalar pishib etilgandan keyin ularni xaltalarning o’zi aktiv ravishda tarqatadi.
Ulardagi xaltachalarning shakli o’z navbatida askosporalarni tarqalish usuliga bog’liq. Sporalarning sochilishiga sabab shuki, sporalar yetilganidan keyin xaltachalardagi glikogen fermentlar ta’sirida qandga aylanadi. Natijada osmatik bosim oshib, xaltacha namlikni tortib oladi, po’sti chizilib oxiri uchidan yoriladi. Shu vaqtda xaltacha ichidagi narsalar kuch bilan otilib chiqadi va askosporalar bir necha sm masofaga borib tushadi va askosporalarni shamol uzoqqa olib ketadi.
Zamburug’ xaltachalari shu funktsiyalariga yarasha cho’ziq yoki silindr shaklda bo’lib, erkin uchi bilan yuqoriga qarab turadi va meva tanasida birmuncha ochiq joydan o’rin oladi. Boshqa askomitsetlarda askosporalar bu xilda aktiv sochilmaydi. Ularning xaltachalarni muayyan bir shaklda bo’lmay, yumaloq bo’ladi va meva tanasi ichida tartibsiz xolda joylashadi. Ularning po’sti uncha cho’zilmaydi va barvaqt erib ketadi.
Askosporalarning shu tariqa tarqalishi bu zamburug’larning ancha ko’payshiga ko’proq yordam bergan.



Download 4.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling