Gulistоn dаvlаt univеrsitеti
Download 4.14 Mb.
|
portal.guldu.uz-MIKOLOGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2- savol buyicha dars maqsadi.
- 2- savol bayoni.
Nazorat topshiriqlari.
1. Bazidiyali zamburug’larni qanday turldari mavjud? 2. Bazidiya qanday yo’l bilan hosil bo’ladi? 3. Dikarionlar qanday hosil bo’ladi? 4. Dikariotik mitseliy qaerlarda saqlanadi? 5. Bazidiyalarni rivojlanishi qanday sodir bo’ladi? 6. Bazidiyalar tuzilishi jixatdan necha xil va qaysilar nomlari va tuzilishi bilan aytib bering. 7.Bazidiomitsetlarni meva tanasini tuzilishini aytib bering. 8.Geminofor nima? 2- savol buyicha dars maqsadi. Xolobazidiomitsetlar kenja sinfining xayot tarzi, hujayraviy tuzilishi, shu kenja sinf tartib va guruhlarining asosiy vakillari bilan tanishtirish. Identiv o’quv maqsadlari. 2.1. Xolobazidiomitsetlar kenja sinfining o’ziga xos xususiyatlari va xolobazidiomitsetlar kenja sinf tartib va guruhlari xaqida biladi. 2.2. Geminomitsetlar guruhi ularning asosiy vakillariga izox bera oladi. 2.3. Qalpoqchali va po’kak zamburug’lar ularning asosiy vakillarini sanay oladi. 2- savol bayoni. Xolobazidiomitsetlar kenja sinfiga mansub zamburug’larning bazidiyalari bir hujayrali,shakli tsilindrsimon, tugnagichsimon bo’ladi. Bunga quyidagi tartiblar kiradi: 1. Ekzobazidiyalilar – Exobasidiales. 2. Geminomitsetlar- Hymenomycetidae. 3. Gastiromitsetkabilar- Hasteromycetales. 4. Dakriomitsetlar- Dacriomycetales. Ekzobazidiyalilarni bazidiyalari bevosita mitseliyda hosil bo’ladi. Geminomitsetlilarda - bazidiyalari mevatanani yuzasida geminiy qatlam bilan tutashgan tsilindrsimon uchlarida bazidiosporalar etiladi. Gasteriomitsetlarda bazidiyalar etilguncha qadar mevatana ichida bo’ladi. Xolobazidiomitsetlarni ayrim tartib va guruhlarini vakillari bilan tanishib chiqamiz. Masalan asosiy tartiblardan geminomitsetkabilar Symenomycetales. Bu tartib zamburug’lar orasida eng katta xisoblanib, o’z ichiga 16 mingga yaqin turni oladi. Bu tartibni ko’pchilik vakillari saprofit bo’lib, asosan tuprqda o’simlik chirindi va qoldiqlarida yashaydi. Bazilari daraxt tanasida parazitlik qiladi. Ularni saprofitlari tuprq yuzasida yirik mevatanalar hosil qiladi. Bu meva tanalari axoli o’rtasida zamburug’ (qo’ziqorin) deb ataladi. Meva tanalarda bazidiyalar yuzaga keladi, bazidiyalar ustunsimon to’qimalardan tashkil topgan bo’ladi. Geminiy silindrsimon yoki tug’nagichsimon shaklda bo’lib, bazidiya, bazidiospor va bazidiollar bilan navbatlatadigan parafiz deb ataluvchi hujayralardan iborat. Parafiz hujayralar egiluvchan xususiyatga ega bo’lib geminiy qatlamini bazidiyalardan ajratib turadi. Bundan tashqari geminiomitsetlarning geminiy qatlamida tsistid deb ataladigan hujayra juda ham kam bo’ladi. Bu hujayra ximoya vazifasini bajaradi. Mevatanani geminal qatlam joylashgan satxi geminofor deb ataladi. Geminofor xar xil shaklda-silliq, tishli, naychali trubkasimon bo’ladi. Geminomitsetlarni oilalarga bo’lishda geminoforni shakli asos qilib olinadi. Mevatanalarni shakli, kattaligi, zichligi va rangi xar xil: u ostida o’sadigan mevatana qo’ng’ir, sariq. Tuprq ustida o’suvchi mevatana oq, qizil rangda bo’ladi. Tuprqda o’suvchilarni markaziy oyoqcha, qalpoqchadan tashkil topgan go’shtdor mevatanaga ega. Ular daraxt tanalarida o’sib qattiq shaklli tanaga o’xshash meva tana hosil qiladi. Mevatanalar bazidiosporalar etilganvaktda ochiq bo’ladi. Bir yillik mevatana ko’pincha qalpoqchali zamburug’larda uchrab xayot siklini bir vegetatsiya davrida o’tkazadi. Ko’p yillik mevatana po’kak zamburug’larda uchraydi. Biroq geminiy ularda aksariyatida vegetatsiya davrida yashaydi. Kelgusi yili baxorda eski naychalar qatlami ustida yangi qatlam hosil bo’laveradi. Bu qatlamni soniga qarab mevatanani yoshi aniqlanadi. Undan sakson yashargacha mevatana uchraydi. Meva tanasini diametri 0,2-0,5 sm dan 72 gacha bo’ladi. Geminomitsidlar tarkibini vakillari tuprqda o’simlik chirindisi va qoldiqlarida yashaydi. Ba’zilari daraxt tanasida parazitlik qiladi. Ular o’rmonlarda, dasht va cho’llarda tarqalgan, masalan, cho’l oq zamburug’i, taqir cho’llarda esa Bernara shampinoni uchraydi. Bu tartibni asosiy oilalari: 1. Klavariyadoshlar - Clavariaceal 2. Po’kakdoshlar - Polyporaceal 3. Plastinkalilar- Agaricaceal hisoblanadi. Klavariyadoshlarni mevatanasi erning betida bo’lgan bir necha saprofit va ba’zan parazit zamburug’ turlari kiradi. Ularni meva tanalari er betiga tikka chiqqan, etli, oqimtir, sarg’ish, to’qmoqsimon yoki marjonsimon shoxlangan butacha shaklida bo’ladi. Bular tog’larda, o’rmonlarda va ayniqsa nina bargli o’rmonlarda va aralash o’rmonlarda ko’p uchraydi. Clavaria botritis, C.flava, sparassis romosa va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Klavariya va sparassis turlarini yoshligida ovqatga ishlatish mumkin. Pupakdoshlar oilasi. Bu tartibning yirik oilalaridan biri bo’lib, daraxtlarning xo’l, tirik va qurib qolgan o’lik yog’och qismida yashaydi hamda mevatanasi er betida substratdan ko’tarilgan xolda chirindiga boy tuprqda o’sadi. Bu oilaga 2000 ga yaqin saprofit va parazit zamburug’lar kiradi. Ularni mevatanasi 1 yillik yoki ko’p yillikdir, tuzilishi jixatdan yumshoq etli yoki yog’ochlangan bo’ladi. Mevatanasi ba’zan juda yirik bo’lib diametri 1mga etadi. Shakli xar xil, buyraksimon, qalpoqsimon bo’ladi. Mevatanani ostki tomonida bir-biriga tutashgan qat-qat bo’lib ketgan naychalardan tashkil topgan geminofori bor. Ular shu naychalar yonlari bilan bir-biriga birikan va ichki yuzasi geminiy bilan qoplangan bo’ladi. Geminoforlarning ko’ndalang kesimi naycha yoki katakcha shaklida ko’rinadi. Bazidiosporalar bazidiyalardan otilib naychalar bo’shlig’iga o’tadi va u erdan pastga tushib, tashqariga chiqadi hamda shamol yordamida daraxtlar tanasiga tarqaladi. Bazidiyasporalar daraxtlarning yog’och qismida endogen o’sib mitseliy hosil qiladi. Bu oilaning muxim turkumlaridan biri Fomes-Fomis dir. Fomes daraxtlarda parazitlik qilib, ko’p yillik mevatana hosil qiladi. Mevatanasi sariq-qo’ng’ir rangda. Geminofori naycha shaklida, mevatanani ostida joylashadi va kat-kat qatlam hosil qiladi. Shu qatlamlarga karab mevatanani yoshini aniqlash mumkin. Shu oilaning chin po’kak (F. Fomentaris) turi ham keng tarqalgan bo’lib, oq qayin, dub, tol kabi daraxtlarda o’sadi. Mevatanasi tuyoqsimon, tanasi konussimon, usti kulrang, qat-qat silliq, ichi sariq-jigar rang, kukun xolida bo’ladi. Oilaning boshqa turlari tut, qayin kabi daraxtlarda parazitlik qilib yashaydi. O’rmonlarda turkumning yalpoq po’kak (G.applanatum) turi uchraydi. Zamburug’ning mevatanasi jigarrang, ba’zan shikolad rang bo’ladi. Kavkaz, O’rta Osiyo o’rmonlarida laklangan po’kak- G.lucidium zamburug’i daraxt to’ngaklarida o’sadi. Ildiz bulut – F.annosus U daraxtlarni o’zaklari ichida o’sadi, daraxt sirtidan hech qanday g’ubor sezilmaydi. Ko’p daraxtlarni ichini chiritadi. Ko’p yillik mevatanalarini plastinkasimon qirralari ko’tarilgan bo’ladi. Ildiz bulutini usti jigar rang, ost qismida joylashgan geminal qatlami esa oqimtir bo’ladi. Bu zamburug’lar ta’sirida chirigan o’zaklar sarg’ish, so’ngra oq dog’li qizg’ish-qoramtir ranga kiradi. Po’kak - Polyporus. Bu avlod po’kaklar avlodidan meva tanasining 1 yillik bo’lishi bilan ajraladi. Mevatanasi avval yumshoq bo’lib keyin yog’ochlanadi. Ko’pincha daraxtlarda parazitlik qilib xayot kechiradi. Tut po’kagining mitseliysi daraxt tanasini ichida, tutda yashab spora berish davrida po’stloqning ustida sirti sarg’ish rangli baxmalga o’xshash yumshoq mevatana hosil qiladi. U qalpoqchadan va yoki oyoqdan iborat bo’lib po’stloqqa qattiq yopishib o’sadi. Odamlar tut pukagidan sariq bo’yoq oladilar. Qayin pukagi- Polyporus. Qayinda yashaydi. Meva tanasi oq konussimon bo’lib qayinning tanasida qizil rangli chirik hosil qiladi. Pupakdoshlar oilasiga ovqat sifatida iste’mol qilinadigan xushxur zamburug’-boletus - Botelus avlodi ham kiradi. Bularni mitseliysi ko’p yillik bo’lib xuddi o’rgimchak po’kanagiga o’xshaydi va tuprqda substrat ichida o’sadi. Bular ham turli daraxtlar ildizlari bilan birga o’sib mikoriza hosil qiladi. Meva tanasi bir yillik bo’lib qalpoqcha va markaziy oyoqchadan iborat bo’ladi. U juda etli va yumshoq bo’lib o’zoq saqlanmaydi. Geminofori naycha shaklida bo’lib qalpoq ostida o’rnashadi. Bu avlodga iste’mol qilinadigan oq zamburug’-borovik- Botelus edulis qizil zamburug’-podosinovik- Botelus versipelis podberezovik- Botelus scaber, maslenok - Botelus lutcus va boshqalar misol bo’ladi. Bu saprofit zamburug’lar o’rmonlarda keng tarqalgan. Buning sababi bu zamburug’ni b’azi tur daraxtlar bilan simbioz hayot kechirishidir. Ularni nomlari ham shu daraxtlar bilan bog’liqligini ko’rsatadi. Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling