Gulistоn dаvlаt univеrsitеti


Download 4.14 Mb.
bet44/75
Sana09.10.2023
Hajmi4.14 Mb.
#1696256
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75
Bog'liq
portal.guldu.uz-MIKOLOGIYA

Identiv o’quv maqsadlari:
1.1. Deyteromitsitlarning tuzilishi xilma xilligini izoxlay oladi.
1.2. deyteromitsitlarning axamiyatini biladi.


1 – savol bayoni.
Deyteromitsitlar yoki takomilashmagan zamburug’lar, askomitsitlar va bazidiyasimonlar sinfiga mansub turlar bilan bir qatorda yuksak zamburug’larning yirik sinflardan birini tashkil qiladi. Bu zamburug’larning xayotiy tsikli gaploid stadiyali mitseliylarida o’tadi. Jinsiy ko’payish ro’y bermaydi. Faqat jinsiz – konidiyalar xosil qilish bilan ko’payadi.
Deyteromitsitlarning vegetativ tanasi yaxshi rivojlangan, tarmoqlangan, ko’p yadroli gaploid hujayralardan tuzilgan mitseliydan iborat. Konidiyalar gaploid yadroli konidiyabandlarda yuzaga keladi. Ko’pchilik deyteromitsitlarning konidiyabandlari birikib konidiyabandlar to’plami-koremiya hosil qiladi. Ayrim deteromitsitlarda konidiyabandlar to’planib yostiqcha ko’rinishni hosil qiladi. Bunday to’plamga sporodoxiya deb ataladi.
Loja tipidagi konidiyabandlar to’plami sporodoxiyga o’xshaydi, ammo yostiqcha shaklda bo’lmay, u biroz yassi holdagi mitseliy chigalidan iborat.
Birmuncha murakkab konidial struktura bu-piknidiyalar. Ular sharsimon yoki ko’zasimon shaklda, qalin oqish yoki to’q rangli qobiqli, tepasida teshikchasi bo’ladi. Piknidalar ichi tig’iz joylashgan kalta konidiyabandlardan iborat bo’lib, ularning uchida konidiyalar yuzaga keladi.
Deyteromitsitlarning konidiyalari tuzilishiga ko’ra xilma xil bo’ladi. Ular bir xujayrali yoki ko’pgina to’siqlar bilan ajralgan, ba’zan spiralsimon buralgan ko’rinishda bo’lishi mumkin. Deyteromitsitlar tabiatda juda keng tarqalgan. Ularning ko’pchilik vakillari saprofit holda tuproq zamburug’larining asosiy qismini tashkil qiladi. Xilma xil o’simlik substratlarida uchrab, ularni parchalashda va tuproq hosil bo’lish protsesslarida ishtirok etad. Ba’zi saprofit deyteromitsitlar oziq ovqat va sanoat maxsulotlarini mog’or bosishga sababchi bo’ladi.
Deyteromitsitlarning katta bir guruxi yuksak o’simliklarda parazitlik qiladi. Qishloq xo’jalik ekinlarini kasallantirib katta iqtisodiy zarar keltiradi. Bu sinfning ba’zi vakillari hayvonlar va odamlarda kassalik tug’diradi. Don va boshqa oziq-ovqatlar maxsulotlarida rivojlangandi zaxarli moddalarni ajratib, bunday don bilan hayvonlarni oziqlantirganda yoki shunday oziq ovqatni odamlar iste’mol qilganlarida zaxarlanish hollari yuz beradi.
Deyteromitsitlar orasida ishlab chiqarishda foydalaniladigan antibiotiklar (masalan, penitsilin, grizeofulvin, fumagilin), turli fermentlar va organik kislotalar hosil qiladigan zamburug’lar ham ko’p.
Deyteromitsitlarning klassifikatsiyasi konidiyalarning hosil bo’lishiga va konidiyabandlar to’plamlarining tuzilishiga ko’ra tuzilgan. Ular 3 ta tartibga bo’linadi: Gifomitsitlar-tartibi yakka yoki koremiya va saprodoxiy ko’rinishdagi konidiyabandlardan hosil qiluvchizamburug’ turlarni o’z ichiga olib, Melankoniyalar-tartibiga loja hosil qiluvchi zamburug’lar, Sferopsidlar-tartibiga esa piknidalar hosil qiluvchi zamburug’lar kiradi.
Deuteromitsetlar yoki takomillashmagan zamburug’lar sinfi 25-30 mingdan ortiq turni o’z ichiga oladi.
Deyteromitsetlarni konidiyalari morfologik jixatdan xar xil: sharsimon, ipsimon, elyoshssimon, yuldo’zsimon, bir hujayrali, bugimli bo’ladi. Konidiyaranglari yaltirok, qo’ng’ir koramtir bo’lishi mumkin. Konidiya kuruk bo’lsa shamol, shirali bo’lsa xashoratlar yoki suv vositasida tarkaladi.
Deyteromitsetli zamburug’lar sistemasini o’tgan asrida olim P.A.Sakkardo tomonidan tuzilgan. Lekin bu sistema sun’iy sistema hisoblanadi. Shunday bo’lsa ham ularni aniqlashni osonlashtiradi.
Nazorat topshirig’i.
1. Deyteromitsetlar o’z ichiga necha ming to’rni oladi?
2. Deyteromitsetlar qanday ko’payadi?
3. Deyteromitsetlarda sodir bo’ladigan ko’payish turlarini aytib bering?
4. Ulardagi jinssiz ko’payish qanday sodir bo’ldi?
5. Deyteromitsetlarni sistematikasiga kim asos solgan?

Download 4.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling