8- mashg’ulot. Oomitsitlar va zigomitsitlarning vakillari bilan tanishish.
Dars maqsadi. Oomitsitlar va zigomitsitlarning vakillari bilan tanishish.
Identiv o’quv maqsadlari;
8.1. oq pupanak, mukor zamburug’larining tuzilishi to’g’risida ma’lumot oladi.
Kerakli jixozlar. Mikroskop, ko’lmak suvidan 20mm suv, tablitsa, gerbariy.
Ishning bajarilish tartibi.
Mukordan preparat tayyorlash o’ziga xos xususiyatga ega. Undan nina uchida ozgina substrati bilan kuchirib oling. Ob’ektni buyum oynasiga extiyotlik bilan qo’yib, qoplag’ich oynasiz bevosita mikroskopning kichik ob’ektivi ostida ko’ring. Bunda sporabandlar va ularning uchida qoramtir sporangiylar ko’rinadi. So’ngra preparatga extiyotlik bilan bir-ikki tomchi suv tomizing, qoplag’ich oyna bilan asta yopib mikroskopning katta ob’ektiviga oling va ko’ring. Preparatda sprangiy po’sti yorilib undan tashqariga chiqqan sharsimon, ellips yoki silindrsimon shakldagi rangsiz, ba’zan sarg’ish sporalarni ko’rasiz. Ish oxirida mukor mitseliysining sporangiybandi va sporangiy bilan birgalikda ko’rinishi rasmini chizib oling.
Echimini kutayotgan ilmiy muammolar
Tabiatda doimiy parazit zamburug’lardan zang zamburug’iga qarshi kurashish choralarini ko’rib chiqish.
Mavzuga oid adabiyotlar.
J.Tadjibaev. Tuban o’simliklar.Toshkent «O’qituvchi» 1995 y.
Sh. Tojiboev O’simliklar sistematikasi. Toshkent 1990y.
3. Kursanov L.I. Botanika II tom.
4. S.S.Saxobidinov. «O’simliklar sistematikasi» Toshkent
«O’qituvchi» 1976 y.
9- mashg’ulot. Bazidiyali zamburug’lar.
Dars maqsadi. Bazidiomitsitlar. Po’kak zamburug’i, oq qo’ziqorin, shampinon, muxomor, oq poganka, yomg’ir qo’ziqorini tuzilishi bilan tanishish. Qorakuya zamburug’lari tuzilishi bilan tanishtirish.
Identiv o’quv maqsadlari;
Po’kak zamburug’i, oq qo’ziqorin, shampinon zamburug’lari xaqida ma’lumot bera oladi.
Muxamor, oq pagonka, yomg’ir qo’ziqorni tuzilishi tushuntira oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |