Kerakli jixozlar. Mikroskop, tablitsa, mulyajlar.
Ishning bajarilish tartibi.
Po’kak zamburug’lar mevatanalarining umuiy ko’rinishini ko’zdan kechiring va rasmini chizib oling. Mevatana yuzasining rangi, shakli va naysimon gimenoforiga e’tibor bering. Gimenoforda xosil bo’lgan sporalardan preparat tayyorlab mikraskop ostida ko’ring.
Qalpoqchali zamburug’ namunalarini umumy ko’rinishni va plastinka shaklidagi gimenoforlarini ko’zdan kechiring, rasmini chizing va nomini yozing.
Qorakuya zamburug’i bilan zararlangan o’simliklarda makkajo’xori so’tasi, bug’doy va suli qorakuyalarini ko’zdan kechiring va shu ekinlarnning kasallangan organlari umumiy ko’rinishi rasmini chizib oling. Ular sporalaridan preparat tayyorlab mikroskop ostida ko’ring va rasmini chizing.
10- mashg’ulot. Nomukammal zamburug’lar.
Dars maqsadi. Vertitsill, fuzarium va trixoderma zamburug’lari tuzilishi bilan tanishtirish.
Identiv o’quv maqsadlari;
Vertitsill va fuzarium zamburug’i xaqida ma’lumot bera oladi.
Kerakli jixozlar. Mikroskop, tablitsa, mulyajlar.
Ishning bajarilish tartibi.
Vertitsill va fuzarium zamburug’i bilan zaralangan g’o’za tupi, poyasi va bargini ko’zdan kechiring. Poyaning ko’ndalang kesimidagi qo’ng’ir dog’larga e’tibor bering va ularning umumiy ko’rinishi hamda konidiya bandlarini chizib oling.
11- mashg’ulot. Lishayniklar.
Dars maqsadi. Kollema va bug’i lishaynigi tuzilishi bilan tanishtiradi.
Identiv o’quv maqsadlari;
Kolema lishaynigi tuzilishini biladi
bug’i lishaynigi tuzilishini izoxlay oladi.
Kerakli jixozlar. Mikroskop, tablitsa, spirt lampasi
Ishning bajarilish tartibi.
Yopishqoq, plastinkasimon va butasimon lishaynik namunalarini ko’zdan kechiring. Ularning substratga birikish xarakteriga va rangiga e’tibor bering. Lishayniksimonlar vakillarining umuiy ko’rinishini rasmini chizing.
Lishaynik tolomining ko’ndalang kesmidan preparat tayyorlab mikroskop ostida ko’ring. Buning uchun tollomni suv bilan namlab, bir oz bo’kkandan so’ng, uning ozgina bo’lagini buzina probkasi orasiga qo’yib o’tkir ustara bilan yupqa kesma tayyorlang. Agar kesmada xavo pufakchalari ko’p bo’lib, ko’rishga xalaqit bersa, uni bir necha sekund davomida spirt lampasiga tutib, so’ngra mikroskop ostida kuzating. Rasmini chizib oling.
Do'stlaringiz bilan baham: |