Gulistоn dаvlаt univеrsitеti


Download 4.14 Mb.
bet46/75
Sana09.10.2023
Hajmi4.14 Mb.
#1696256
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75
Bog'liq
portal.guldu.uz-MIKOLOGIYA

11-Lishayniklar bo’limi.
Ajratilgan vaqt - 2 soat.
Mashg’ulot turi - ma’ruza.


Asosiy savollar.
1. Lishayniklarni umumiy tavsifi, ular tallomidagi suvo’tlar va zamburug’larni munosabatlari.
2. Lishayniklar tallomining anatomik tuzilishi va tabiat, xalq xujalikdagi ahamiyati.


Mavzuga oid tayanch iboralar va tushunchalar: Gaploidli davr, konidiyasporalar, geterokariozsizli deuteromitsetlar, sklerotsiy, sporadoxiya, loje otservul, piknidi, konidiogen, artrospora geotrixum alevriospora, blastokonidiy, blastospora, protokonitsiy, konidiogen, porasporalar, filokonidiy, fialospora, gifomitsetlar, melankonidiya, sferopsid, septoriya, askoxita, antragnoz.


Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar.
1.


1-asosiy savol buyicha dars maqsadi: Lishayniklarning o’ziga xos xususiyatlari, taksonomik guruhlari, tallomini anotomik tuzilishi va morfologik xillari xaqida tushuncha va bilim berish.
Identiv o’quv maqsadlari
1.1. Lishayniklarni o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida ma’lumot bera oladi.
1.2. Lishayniklarda zamburug’ va suvo’tlarning o’zoro munosabatlari izoxlay oladi.
1.3. Lishayniklarning ko’payishi va tarqalishini bir – biridan farqlay oladi.
1- savol bayoni.
Lishayniklar o’simliklar dunyosida orginal tuzilgan, tabiiy bir gruppa bo’lib, tuban o’simliklar orasida alohida o’rin tutadi. Lishayniklarni xozircha 400 avlodi va 20000 ga yaqin turi tasvirlangan va aniqlangan.
Lishayniklar aslida yolg’iz o’simlik emas, ular xar xil o’simlik turlarining qo’shilib yashashidan paydo bo’lgan, o’ziga xos tuzilgan simbioz organizmlardir. Ular zamburug’lar va suvo’tlarni qo’shilishidan hosil bo’lgan. Ular 2 xil komponentdan: ya’ni avtotrof fikobiont (suvo’tlar) geterotrof mikobiont (zamburug’lardan) tashkil topgan.
Ular birgalikda morfologa - anatomik, fiziologik, bioximik, ekologik va sifat jixatdan mustaqil xayot kechiruvchi zamburug’lar va suvo’tlardan farq qiladigan , yagona simbioz organizm hosil qiladi.
Bu simbioz organizmlarni birinchi bo’lib 1867 yil rus olimlari A.S.Famintsan va O.V.Baranenskiy aniqlagan. Undan keyin ularni 2 xillik tabiatini XIX asr 60 yillarida nemis botanigi S.Shvendener tomonidan ochildi. Bunday tuzilish isboti sifatida quyidagi belgilar olindi:
1. Lishayniklarni morfologik - anatomik tuzilishi shuni ko’rsatadiki, ularning fikobiontlari, suvo’tlardan, orasidagi rangsiz iplar, mikobiontlar esa zamburug’ giflaridan iboratdir.
2. Fikobiontlar bilan mikobiontlar o’rtasida xech qanaqa genetik aloqa yo’qligi.
3. Lishayniklar tarkibidagi suvo’tlar yoki zamburug’larni ajratib olish mumkinligi.
4. Sun’iy muxitda litayniklar tarkibidagi zamburug’ sporalaridan va alohida suvo’tlardan lishaynik tallomini hosil qilish mumkin.
Lishayniklarni orasidagi simbiontlar o’rtasidagi munosabatlarni xarakteri tug’risida xozirgi vaqtda 3 xil fikr mavjud.
1. Zamburug’ni suvo’tidagi parazitligi.
2. Ilotizm - ustunlik.
3. Mutialistik birga yashash, ya’ni mumualizm simbiozni bir ko’rinishi.
Birinchi fikr yorug’lik va elektron mikroskopda olib borilgan kuzatishlar natijasiga asoslangan. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki zamburug’ suvo’t hujayrasi devorini qisib qo’yuvchi apressoriylar va fikobion hujayraning ichiga kirib boruvchi hamda uni nobud qiluvchi gaustorinlar hosil qiladi.
Gaustoriylarni hosil qilinishi obligat xisoblanmaydi ayrim hujayralarda seziladi. Nobud bo’lgan hujayralar lishaynik qattanasining o’zak qismida va po’stloq qatlamida sezilib turadi.
Ba’zan lishaynik po’sti rangining o’zgarishiga olib keladigan netral zona hosil bo’ladi. Ana shu o’zaro munosabat natijasida zamburug’ fikobiontining tirik hujayralari xisobiga parazitlik qilishi yoki o’lik hujayralar xisobiga va uning shilimshiq ajratmalari almashuv maxsulotlari xisobiga saprotrof oziqlanishi mumkin.
Lishayniklarda zamburug’larni 2 xil oziqlanish imkoniyatiga 30-yil olimlaridan: A.A.Elenkin va A.N.Danilov etibor berdilar. Ular lishayniklardagi zamburug’ bilan suvo’t orasidagi munosabatni endioparazitosaprofitizm deb atashni taklif qildilar. Lishayniklar orasidagi mikobiont va fikobiont o’rtasidagi murakkab o’zaro munosabatlar o’zoq evolyutsiya davomida taraqiy etib borgan. Lishayniklar simbiozining shakllanishi 2 xil yo’l bilan borgan bo’lishi mukin. 1 - yo’l - simbionlar o’rtasidagi turlicha befarq munosabatlardan boshlanadi, bunda zamburug’ faqat suvo’tlarning shilimshiqlari ajratmalari hisobiga yashashdi, ya’ni oziqlanadi. Keyinchalik bu jarayon murakkablashib, sof saprotrof oziqlanish usuliga parazitlik elementlari qo’shiladi. Mikobiont tirik hujayra metobolizmi, jarayoning ba’zi bir maxsulotlari hisobiga oziqlanadi. Nixoyat, bevosita parazitlikka o’tadi. Bunda zamburug’ suvo’t hujayrasi ichiga kirib boruvchi gaustoriylar hosil qiladi. Gaustoriylar hamma vaqt ham hosil bo’lavermaydi. Bu erda bir simbiontning ikkinchisi tomonidan siqish jarayoni bormi yoki yo’qmi bu xaqda fikr yuritish qiyin.
Lishayniklar simbionti shakllanishini 2- yo’nalishi shundan iboratki, zamburug’ suvo’tida keskin parazitlik qiladi, bunda zamburug’ giflari suvo’t koloniyasini qurshab oladi va mikrobion o’zining gaustoriylari orqali suvo’tni tirik hujayralari xisobiga oziqlanadi.
Lishaynik ontogenezida xar 2 la komponent simbiozi ham rivojlanib boradi va tashqi muxit sharoiti hamda fikobiont bilan mikobiont o’rtasida shakllanayotgan o’zaro munosabatlar ta’sirida gox birinchi, gox 2 chining ustunligi sezilib turadi.
Lishayniklarni ko’payishi turli yo’llar bilan boradi. Tabiiy sharoitda ular vegetativ yo’llar bilan ko’payadi. Lishayniklarni turli tallomlari ko’rib oson uvalanadi. Uvoq zarralari shamol va hayvonlar vositasida uzoq yerlarga tarqaladi, tushgan yerida yangi tallomiga aylanadi.
Lishayniklar bir butun organizm bo’lganidan, ular maxsus vegetativ ko’payish organi - soridiy va izidiylar vositasida ko’payadi.
Soridiy - g’oyat kichik o’simta bo’lib, gonidial qatlamda etiladi. U zamburug’ giflari bilan o’ralgan, bir-ikki yoki bir necha suvo’t hujayrasidan iborat bo’lib, ko’proq bargsimon va butasimon lishayniklarda vujudga keladi. Soridiy tallomning po’stloq qatlamini yorib chiqadi va uni betini changdek qoplab oladi, so’ngra xavo va yomg’ir suvlari bilan hamma yoqqa tarqaladi. Ba’zan, lishaynik tallomining hamma qismi ham soridiylardan iborat kukunsimon massaga aylanadi.
Izidiylar - oddiy yoki marjonsimon shoxlangan o’simta bo’lib, tallomni ustida hosil bo’ladi. Izidiyni o’zilgan yoki singan qismlari ajralib chiqadi va o’sib yangi tallomga aylanadi. Lishayniklarni komponentlari suvo’t faqat bo’linish yo’li bilan zamburug’ esa vegetativ ko’payishdan tashqari jinssiz, jinsiy yo’llar bilan ko’payadi.
Nazorat topshiriklari.
1. Lishayniklarning 2 xil oziqlanishiga qaysi olimlar qachon e’tibor berishdi?
2. Ilotizm - nima.
3. Mutalizm - nima.
4. Lishaynik simbiozining shakllanishi necha xil va qaysi shakllarini izoxlang?
5. Lishayniklarni ko’payish organlarini aytib bering?
6. Izidiylarni hosil bo’lishi va yangi tallomga aylanishini izoxlang?

Download 4.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling