Gulistоn dаvlаt univеrsitеti


-asosiy savol bo’yicha dars maqsadi


Download 4.14 Mb.
bet47/75
Sana09.10.2023
Hajmi4.14 Mb.
#1696256
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75
Bog'liq
portal.guldu.uz-MIKOLOGIYA

2-asosiy savol bo’yicha dars maqsadi. Lishayniklar tanasini anotomik tuzilishi, sistematikasi hamda lishayniklarni xalq xo’jaligida va tabiatdagi ahamiyati xaqida tushincha berish.


Identiv o’quv maqsadlari.
2.1. Gomeomer va Geteromer lishayniklarni farqlay oladi.
2.2. Lishayniklarning tana tuzilishini izoxlay oladi.
2.3. Lishayniklarning sinfi va sinflarning xususiyatlarini tushuntira oladi.
2.4. Lishayniklarning ahamiyatini biladi.
3 - savol bayoni.
Lishayniklarning uzoq tarixiy taraqiyoti natijasida zamburug’lar bilan suvo’tlarning simbioz yashashidan hosil bo’lgan organizm ekanligi ularni anatomik tuzilishida aks etgan. Lishayniklar anatomik tuzilishiga va suvo’tlarni zamburug’ to’qimasida joylanishiga qarab 2 guruhga ajratamiz: gomeomer va geteromer lishayniklarga bo’linadi.
Gomeomer tuzilgan lishayniklarga g’oyat sodda tuzilgan lishayniklar kiradi. Bunga bizda toshli erlarda, tekislik va adirlarda uchraydigan (collema) - kollema misol bo’ladi.
Kollema tallomining kundalang kesimi mikroskopda karalganda, uning bir qator hujayralardan tuzilganligi, ustki va ostki po’stlog’i borligi, ular o’rtasida joylashgan va xar tomonga ketgan giflar orasida bir tekisda teng nostok hujayralarining yoki iplarini tarqalganligini ko’rish mumkin.
Geteromer lishayniklar murakkab, uning kundalang kesimi mikroskopda qaralsa quyidagilarni ko’rish mumkin.
1. Ustki po’stloq qatlam - 1 ta yoki 1 necha qator parenximatik hujayralardan tuzilgan bo’lsa ham, aslida chuvalgan zamburug’ giflarini zichlanishidan hosil bo’lgan.
2. Gonidial qatlam suvo’tning ustki po’stloq ostida joylashgan ensiz yashil qatlamdir. Gonidial qatlam suvo’tni turiga qarab bir-biridan shaklan ancha farq qilish mumkin.
3. O’zak qatlami - chuvalgan va g’ovak zamburug’ giflarining qo’shilishidan hosil bo’lib, gonidiy qatlami ostida hosil bo’ladi.
4. Ostki po’stlok qatlami. Bu ham ustki qatlam singari tuzilgan.
Ostida gifsimon o’simtalar to’plami chiqqan bo’lib, lishaynik tallomini substratga biriktiradi suv va unda erigan oziq moddalarni olishi uchun xizmat qiladi.
Lishayniklarni ko’pchilik turlari geteromer tuzilishga ega bo’lgan guruhga kiradi. Ko’p lishayniklarni ustki po’stloq qatlami, hamda ostki po’stloq qatlami to’qimalari ham suvda erimaydigan faqat shu guruh o’simliklariga xos bo’lgan lishaynik kislotasi to’plandi.
Kislotalarning rangi xar xil bo’ladi, shunga qarab lishayniklarni tallomi kulrang, och sariq, qizil, qo’ng’ir va boshqa ranglarda bo’ladi.
Gonidiy qatlamida zamburug’ giflari suvo’t hujayrasiga yopishib oladi. U suvo’tdan oziq modda - uglevod oladi. Lishayniklarni ichki qismi suvo’tlarni quyosh nurida ko’rib qolishdan saqlanaydi. Suvo’t erda bemalol ko’payaveradi. Suvo’tni ko’ndalang kesimidan, simbioz muxitda zamburug’dan suv va mineral moddalar oladi deb o’ylash mumkin.
Ba’zan lishaynik komponentlaridan zamburug’ning kuchsizlangan va xalok bo’lgan suvo’tlar xisobiga oziqlanadi deyish ham mumkin. Bu esa lishaynik tallomini bir qismi zamburug’ni parazitlikka o’tganligidan darak beradi, bu xol juda kam uchraydi. Lishayniklar tarkibidagi zamburug’lar ko’pchilikni tashkil etsa ham, lekin mustaqil oziqlanish imkoniyatiga ega emas. Umuman lishaynik tarkibidagi zamburug’ni xayoti ko’prok suvo’tga bog’liq.
Rus botanik P.A.Gennelning keyingi tadqiqotlariga ko’ra lishaynik tarkibiga zamburug’ va suvo’tdan tashqari 3-chi komponent azot to’plovchi bakteriyalar ham kiradi.
Azotobakteriyalar faoliyati natijasida hosil bo’lgan aminokislotalardan zamburug’ va suvo’tlar lishayniklar tarkibida ovqat sifatida foydalanadilar. Lishayniklar tanasi boshqa tuban o’simliklar singari, tallom yoki qattana deb ataladi. Lishayniklarni turli belgilariga qarab turli guruhlarga bo’lish mumkin. Tashqi ko’rinishiga qarab ular 3 gruppaga bo’linadi.
1. Yopishqoq lishayniklar. Bu eng sodda, hamma erda tarqalgan, tallomi yupqa, kukunsimon, tariqsimon, yoki yupqa qobiqsimon bo’ladi va substratga maxkam yopishgan bo’ladi. Ma’lum lishayniklarning 80% shu turga kiradi. Ular koyalarda, toshlarda, daraxt qobig’ida o’sadigan tosh xina, it xina shularga kiradi.
2. Bargsimon lishayniklar. Bularni tallomi plastinkasimon bo’lib, substratga ostidan chiqqan ingichka rizoidsimon o’simtasi bilan birikadi. Uni substratdan butunligicha ajratib olsa bo’ladi. Bunga adirlarda, tog’larda o’sadigan parmeliya - Parmelia va archazorlardagi shoxlarda o’sadigan peltigera kiradi.
3. Butasimon lishayniklar. Ularni tallomi murakkab tik o’sadi. Butaga o’xshab shoxlaydi va substratga rizoidlari bilan birikib, substratdan yuqoriga tik ko’tariladi.
Bizlarda tog’larda uchraydigan kladoniya fibrionta, klodoniya xlorofea, mamlakatni shimolida qalin bo’lib usuvchi bug’i lishaynigi va boshqalar daraxtlarni shoxlarini o’rab olib pastga osilgan xolda shimoliy o’rmonlarda o’sadigan yolli lishaynigi shularga kiradi.
Lishayniklar tarkibiga kirgan zamburug’ning qanday spora hosil qilishi, ularni sistematikasida katta ahamiyatga ega, chunki lishaynikni klassifikatsiyasi zamburug’ sporalarini xiliga asoslangan. Lishaynik-simonlar tarkibidagi zamburug’lar qaysi tartibga mansub ekanligiga qarab, avval ular 2 sinfga bo’linadi.
1-sinf. Xaltachali lishayniklar. Lishayniksimonlarning qariyib hammasi shu sinfga kiradi. Bu sinfga mansub lishaynik turlarini vujudga kelishida suv utning komponenti sifatida xaltachali zamburug’ vakillari ishtirok etadi. Bu sinf o’z navbatida 2 ta tartibga bo’linadi:
1- tartib Diskomitsetli lishayniklar;
2-tartib Perinomitsetli lishayniklar.
Diskomitsetli lishayniklarning tarkibidagi zamburug’lar ochiq mevatana hosil qiladi. Ular turlarga juda boy bo’lib tabiatda keng tarqalgan 1500 turdan iborat letsidiya. 1100 dan ortik lekopora, 810 turdan ziyod parmeliya, 300 dan ortik - klodoniya. 70 ga etadigan - tsetrariya shularga kiradi. Perinomitsetli lishayniklar tarkibiga kiradigan zamburug’lar yopiq meva tana hosil qiladi.
Qoyalarda o’suvchi yopishqoq lishayniklardan - verrukariya avlodiga mansub turlar bunga misol bo’ladi.
2- sinf. Bazidiyali zamburug’lar. Bu sinfga bazidiomitsetlar sinfi, geminomitsetlar kenja sinfining temfora avlodini turlari bilan ko’k-yashil suvo’tlarni simbioz yashashidan vujudga kelgan va faqat tropiklarda tarqalgan. Bu sinfga 150 tur kiradi. Lishayniklarda hosil bo’ladigan askospora va bazidiasporalar tashqariga chiqib o’sadi va giflarga aylanadi. U o’ziga yaqin turgan suvo’t bilan uchrashib, uni o’rab olib rivojlanadi, lishaynikni yangi tallomini hosil qiladi.
Lishayniklar turli substratlarda o’sadi va erda organik moddalar tuplaydi, yuksak o’simliklarni o’sishi uchun zamin tayyorlaydi. 2 chidan lishayniklar tuprq hosil qiluvchi hisoblanadi, chunki ularning faoliyati natijasida vujudga keladigan kislota xar qanday toshlarni tog’ jinslarini quritib tuprqqa aylantiradi. Bug’i lishaynigining katta ahamiyati bor. U shimoldagi bug’ichilikda asosiy em-xashakdir. Tsetrariya islandika lishaynigini tarkibida kraxmalga o’xshash uglevodlar to’planadi. Uni shu sababli istimol qilsa ham bo’ladi. Bu lishaynik istimol qilishdan oldin yuvib tashlanadi shunda uni tarkibidagi kislota ketib, tozalanadi va achchig’i yo’qoladi.
Stetrariya islandika lishaynigi meditsinada ham ishlatiladi. Dorivor xususiyatli lishayniklarga parmeliya va paltigeriyalar ham kiradi. Shimoliy tundrada o’suvchi tsetrariya ko’kulatadan "S" vitamin olinadi.
"Dub shoxi" deb ataladigan everniya prunastriy lishaynigida xushbuy m oddalar ko’p bo’lganidan u parfimeriya sanoatida efir moy olish uchun xom a shyo sifatida ishlatiladi. Undan "Shipr" atiri va odekoloni tayyorlanadi. Bu lishaynik Turkiya va Misrda konni xushbuy qiluvchi vosita sifatid a ishlatadi.



Download 4.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling