Gulistоn dаvlаt univеrsitеti


- savol bo’yicha dars maqsadi


Download 4.14 Mb.
bet45/75
Sana09.10.2023
Hajmi4.14 Mb.
#1696256
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75
Bog'liq
portal.guldu.uz-MIKOLOGIYA

2- savol bo’yicha dars maqsadi deyteromitsitlarning klassifikatsiyasi xaqida ma’lumot berish.


2- savol bayoni
Deyteromitsetlar konidiya bandlarini tuzilishiga karab 3 ta tartibga ajratiladi:
1 tartib gifomitsetlar - Hyphomycetales.
2 tartib melankoniyalar - Melanconiales.
3 tartib sferopsidlar - Sphaeropsidales.
Gifomitsetlarni - konidiya bandlari yakka - yakka yoki bir - biri bilan birlashib ingichka dasta - koryoshiya hosil qiladi.
Melankoniyalarni - konidiya bandlari loje.
Sferopsidlarda - konidiya bandlari piknidiyalar uchida joylashadi.
Keyingi yillarda bir qator mikologlar P.A.Sakkardo sistemasini talabga javob bermasligini ko’rsatib yangi sistema tuzishga xarakat kilishdi.
S.D.Xyuz, K.V.Subramaniani, K.Tubaki, S.Nilson va boshqalar.
Bu olimlar deyteromitsetlarning konidiya sporalarning morfogyosheziga asoslanib ularni 5 ta gruppaga ajratdi:
1. blastosporalar
2. alevrosporalilar
3. fialosporalilar
4. porasporalilar
5. artrosporalilar.
Lekin bu sistemani ham mukamal sistema deb bo’lmaydi. Chunki konidiyasporalarning morfogyoshezi fakat gifomitsetsimonlarda o’rganilgan.
Deyteromitsetlarni vakillari tabiatda keng tarqalgan bo’lib, ko’plari saprofit oziqlanadi. Ular tuprqda boshqa tur zamburug’lar ichida ko’pchilikni tashkil etadi. Shular ichida trixodesma katta ahamiyatga ega. U tuprqdagi qoldiqlarni, tsellyuloza va ligninni chiritishda muxim rol o’ynaydi. Deyteromitsetlarni ayrim vakillari yuksak o’simliklarda parazitlik qilib, katta ziyon etkazadi. Masalan, vertitsillium va fuzarium g’o’zada uchraydigan so’lish - vilt kasalini tug’diradi.
Deyteromitsetlarning 3 ta asosiy tarkibini xayot tsikli va asosiy vakillari bilan tanishib chiqamiz.
1-tartib Gifomitsetlilar.
Bu tartib deyteromitsetlarning eng katta tartibi hisoblanadi. Konidiya bandlari vegetativ mitseliyda 1 tadan joylashadi yoki ular qo’shilib-ensiz bog’lam korelliyani hosil qiladi. Ular tabiatda keng tarqalgan bo’lib, inson hayotida muxim ahamiyatga ega.
Saprofit vakillari, tuprqda, xovo’z, ko’l, daryo suvlarida uchrab, tuprq va suvtarkibidagi organik moddalarni, o’simlik qoldiqlarini chiritishda faol ishtirok etadi.
Parazit gifomitsetlilar o’simlik, hayvon va zamburug’ organimizda yashab, ayniqsa ekinlarga katta ziyon yetkazadi.
Eng muxim turkumlari: vertitsilium, fo’zarium, albternatiya va kondida.
1-turkum Vertitsilium - Vertillum. Ularning konidiya bandlari xalqa shaklida shoxlangan bo’lib, uch qismida yakka - yakka konidiyalar rivojlanadi.
Muxim vakillaridan V. bahliae juda xafli parazit bo’lib, g’o’zada vilt (so’lish) kasalligini keltirib chiqaradi.
2-turkum. Fuzarium - Fuzarium.
Bo’larda 2 xil konidiya rivojlanadi: Makrokonidiya va mikrokonidiya. Mikrokonidiya urchuksimon yoki uroksimon shaklda bo’lib 4-10 ta xujay radan tashkil topgan. Mikrokonidiya kichik va bir hujayrali, bir yoki 2 to’siqli konidiyalardan iborat.
Fuzarium zamburug’i vakillari tabiatda keng tarqalgan bo’lib, tuprqda va o’simlik qoldiqlarida saprofit yashaydi. Ular madaniy o’simlik ildizlarida yashab, so’lish kasalligini ko’zg’atadi.
Masalan.Foxysporum - g’o’za, zig’ir, sabzavot va manzarali o’simliklar ildizlarida yashab fuzarin kislotasi ajratadi. Bu kislota o’simlik to’qimalarini zaxarlab turgor bosimini buzadi va o’simlik so’lib qoladi.
Alternariya - Alternaria.
Ularning vakillari saprofit va parazitdir. Ular kartoshka, tamaki va boshqa o’simliklarda parazitlik qiladi. Kandida - Candida chaqaloqlarda til, teri po’stini yallig’lab til oqarish, kasalligini chaqirishga sabab bo’ladi bu kasallik kandidalikoz deyiladi.
2-tartib bu melankoniyalar tarkibi-Melanconiales bu tartibga kiruvchi deyteromitsetlarning konidiyabandlari mitseliy uchlarida joylashgan bo’lib unga loja yoki stroma deb ataladi.
Loja xujayin o’simlik epidermisi hujayralari ostida joylashadi. Ularning vakillari tabiatda keng tarqalgan, bir necha yuz turdan iborat, asosan saprodofit va parazitlik xolda xayot kechiradi.
Dog kasali - antraknozni vujudga keltiradi.
Masalan Gliosporium - tok bargi navda va mevalarida uzum antraknozini. Kolletotrixum - tsitrus va loviya antraknozini vujudga keltiradi.
3-tartib Sferopsidlilar-Sphaeropsidales - ularni konidiyalari piknidiya ichida rivojlanadi. Piknidiya sharsimon, noksimon va cho’ziq bo’lib konidiya bandlari uchidagi konidiyagen hujayralardan shilliqli konidiyasporalar hosil qiladi. Ular xar xil ekologik sharoitda yashaydi. Saprotroflari, tuprqda, o’simlik qoldiqlarida va yuksak o’simlikda parazitlik qilib xar xil olachipor izlar qoldiradi.
Septoriya turkumini konidiyasi sharsimon yoki cho’ziq shakldagi piknidiya ichida ipsimon, urchuqsimon to’siqli konidiya sporalari rivojlanadi. Bular evvoyi va madaniy o’simliklarda parazitlik qilib yashaydi.
Masalan g’alla septoriyasi – S.graminis kanopda, pamidorda, nokda parazitlik qiladi. Askoxita Ascochita –turkumi ularni konidiyasporalari to’g’ri yoki bilinar - bilinmas qayrilgan bir to’siqli bo’ladi. Hamma vakillari parazit. Hammasi madaniy va yovvoyi o’simliklarda parazitlik kilib askaxitoz kasalini keltirib chiqaradi. Ko’p tarqalgan vakillari: A. pisi - nuxatda; A. cucumeris - bodringda parazitlik qiladi.
Sferopsitlar tarkibini saprofit vakiliga foma - Phoma turkumi kiradi. Uni piknidiyalari to’p-to’p joylashgan qora dog’lardan iborat.
Ular asosan qurigan o’simlik navdalarini chiritishda faol qatnashadilar.
Nazorat topshirigi.
1. Deyteromitsetlarda konidiyalar nimalar hosil qilib ko’payadi?
3. Deyteromitsetlar qaysi belgilariga qarab sistematikaga
solingan?
4. Deyteromitsetlar qanday asosiy tartiblarga ajratiladi



Download 4.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling